Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

4.1.– jadval 
Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash tizimi
№ 
Koʻrsatkich 
Hisoblash funksiyasi 
Baholashning maqsadi 

Xomashyo uchun renta 
R = X
0
-X

+∑
∆R
t
K
t
Xomashyo toʻlovini 
aniqlash 

Resurs uchun renta 
T =

R
x
R
b
Resurs toʻlovini aniqlash

Resurs birligiga yillik 
muhofaza va ijtimoiy 
samara 
Samarani oʻsishini hisobga 
olib, yuqorida keltirilgan 
formula boʻyicha 
Himoya qilish va ijtimoiy 
samarani hisobga olish 

Resursni baholash 
B = 

T
t
-K

+∑
S
t
K
t
-FK
t
Tabiiy 
boyliklarni 
va 
resurslardan foydalanish va 
yaxshilash 
boʻyicha 
tadbirlar 
samarasini 
aniqlash 

Tabiiy obyektni 
baholash 
B
0
= BN+

∆R
x
X
x
+A
f
Resurslarni foydalanishdan 
chiqarganda 
nobudgarchilikni hisobga 
olish 
Renta imkoni boricha ijtimoiy zaruriy xarajatlar bilan (X) xomashyo 
uchun faktik holga keltirilgan xarajatlar (X
f
) oʻrtasidagi farq plyus uning 
iqtisodiy bahosining t yilda oʻsishi (∆R) ushbu koʻrsatkichning dastlabki 
davrga keltirish koeffitsenti (K
t
) orqali hisoblanadi. Xomashyoni ishlab 
chiqarish uchun ijtimoiy zarur va faktik xarajatlar ularning sifatini hisobga 
olib qabul qilinishi, yaʼni bir xil sifatga ega boʻlgan xomashyoni olish uchun 
ketadigan xarajatlarga asoslanib hisoblanishi lozim.
Tabiiy resurslarga renta (T) resurs birligidan (R
b
) kelib chiqadigan 
xomashyo rentasi (R
x
)
yigʻindisi sifatida hisoblab chiqiladi. Xomashyoni 
yoki tabiiy resursga renta ulardan foydalanganlik uchun toʻlovni belgilashga 
imkon beradi. Resurs birligini hisoblash (B) resurs yoki xomashyoga renta, 
resurslarni ekspluatatsiya qilish davri vaqtini (V
1
) hisobga olib, ularni 
muhofaza qilish va ijtimoiy funksiyasidan olinadigan samara (S
t
) yigʻindisi 
minus asosiy fondlarning (F) muddatidan oldin ishdan chiqqan 
amortizatsiyalanmagan qismi sifatida hisoblab chiqiladi. Ulardan tabiiy 
boyliklarni baholashda va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish, ularni 
asrash 
va 
yaxshilash 
tadbirlarining 
samaradorligini 
aniqlashda 
foydalaniladi.


67 
Tabiiy resurslarni baholashda (B
o
) tabiiy resurs birligining yillik 
normativga nisbatan baholash yoki undan foydalanish hajmini (N) baholash 
(B) tabiiy resurslarni baholash, xomashyo rentasi (R
x
), xomashyo hajmini 
(X
x
) biologik resurslar uchun toʻplangan zaxiralarni baholash, yangi 
baholash yigʻindisi plyus resurslarning ekspluatatsiya qilish boʻyicha asosiy 
fondlarning (A
f
) eskirishini yoʻqotilishi, baholash sifatida hisoblab 
chiqiladi. Bunday baholash tabiiy resurslarni ekspluatatsiyadan chiqarishda 
qoʻllaniladi va loyiha ishlarida hisobga olinadi. Umumlashtirilgan baholash 
tizimi asosida tabiiy resurslarning har bir turi uchun ularning xususiyatlarini 
hisobga olib, oʻzlarining baholash tizimi ishlab chiqiladi.
Tabiiy resurslarning haqiqiy baholari bozor mexanizmida samarali 
dastak vazifasini oʻtashi mumkin. Tabiatdan oqilona foydalanmaslik 
natijasida ularni hisobga olish, ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining pasayib 
ketishiga olib keladi va bu moliyaviy natijalarga oʻzining salbiy taʼsirini 
koʻrsatadi. Tabiiy resurslar va xizmatlarni iqtisodiy baholashda hozirgi 
kunda mavjud yondashuvlar orasida quyidagilarni alohida koʻrsatib oʻtish 
mumkin:
• bozordagi baholanish;
• renta;
• xarajat boʻyicha yondashuv;
• muqobil qiymat;
• umumiy iqtisodiy qiymat.
Bu yondashuvlarning hammasi ham yaxshi ishlab chiqilmagan, 
ularning oʻzaro zid boʻlgan jihatlari mavjud, biroq ular asosida birinchi 
urinishda, hech boʻlmaganda, tabiatning iqtisodiy qiymatini hisoblash 
mumkin.
Tabiiy resurslarning bozordagi baholanishi ularning kamyobligiga 
muvofiq tarzda ulardan foydalanishga asoslangan. Nazariy jihatdan neft, 
gaz, oʻrmon va boshqalarning bozordagi baholanishi ulardan foydalanish 
samaradorligini tartibga solish imkonini beradi. Lekin tabiiy muhit 
degradatsiyasi, tabiiy resurslar zaxirasining kamayib ketishi, ifloslanish va 
shu kabi omillar bozor mexanizmidagi nosozliklardan dalolat beradi. 
Tajribalarning koʻrsatishicha, tabiiy resurslar bozorida yuzaga kelgan 
narxlar har doim ham ularning haqiqiy bahosini aks ettiravermaydi, chunki 
ular resurslardan oqilona foydalanmaslik natijasida yuzaga keladigan 
ijtimoiy-iqtisodiy va tabiatni muhofaza qilishga oid oqibatlarning haqiqiy 
bahosini deyarli hisobga olmaydi. Shunga bogʻliq tarzda, tabiiy 
resurslarning bozordagi baholanishi, asosan, jamiyatning muayyan turdagi 
resurslar bilan taʼminlanish ehtiyojini aks ettiradi. Bozor tizimida 


68 
yashashning 
eng 
muhim 
ekotizimli 
funksiyalari 
(chiqindi 
va 
ifloslanishlarning singib ketishi, tabiiy resurslar bilan taʼminlash) oʻzining 
maqbul inʼikosini topa olmayotgani haqiqatdir.
Tabiiy resurslarning rentaga asoslangan iqtisodiy baholanishi 
tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti nazariyasida yaxshi ishlab chiqilgan. 
Renta yondashuvi uchun resurslarning cheklanganligi va oʻziga xosligi 
jihatlari juda muhim hisoblanadi. Iqtisodiy renta koʻpincha miqdori 
cheklangan tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan qiymat 
(yoki ijara toʻlovi) sifatida belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, renta 
tabiiy resurslarning umumiy taklifi cheklanganligi, elastik boʻlmaganligi 
holatida amal qiladi. Renta yondashuvi yer resurslari, foydali qazilmalarni 
baholashda keng qoʻllaniladi. Bu holda, yer (tabiiy resurs) bahosi (R)ning 
asosiy formulasi quyidagicha ifodalanadi:
𝑃 =
R
r
Bu yerda: R-yillik renta qiymati; r-koeffitsent.
Formulada keltirilgan yer bahosi “kapitallashgan” yer rentasi 
hisoblanadi. Bu oʻrinda, renta R noaniq muddat davomida hosil boʻlishi 
koʻzda tutiladi. r koeffitsiyent esa birdan kichik olinadi va uning qiymati 
koʻpincha bank (ssuda) foiziga bogʻliq boʻladi. Mazkur holatda yer/tabiiy 
resurs bahosini renta kattaligiga teng boʻlgan, bankka qoʻyilgan va foiz 
koʻrinishidagi yillik daromad olib keluvchi pul kapitaliga oʻxshatish 
mumkin.
Shunday qilib, renta yondashuvidan foydalanishda tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanishga dastak boʻluvchi quyidagi jihatlar hisobga olinadi: 
eng yaxshi resurs katta qiymatga baholanadi (xarajatlar bir xil boʻlganda 
undan foydalanish nisbatan koʻproq daromad keltiradi); qandaydir oʻrtacha 
darajaga moʻljallangan, tabiiy resurslarni oʻzlashtirish uchun qilinadigan 
xarajatlar, shunga bogʻliq ravishda ularni baholash ancha xolis boʻladi. 
Renta baholashlari tabiiy resurslarning cheklanganligidan kelib chiqadi.
Agar tabiiy resurslarni tayyorlash va ulardan foydalanishga ketgan 
xarajatlarni jamlaydigan boʻlsak, bu kattalikni resurs bahosini aniqlashdagi 
boshlangʻich nuqta sifatida foydalanish mumkin boʻladi. Xarajat boʻyicha 
yondashuv biror tabiiy boylikni yoʻqotish yoki degradatsiyaga uchrashidan 
keyin uni tiklash qiymatini baholashda keng qoʻllaniladi. Bu holda 
yoʻqotilgan yoki zarar koʻrgan resursni ushbu yoki muqobil joyda ayni 
resurs bilan almashtirishga zarur boʻlgan qoplanadigan potensial 
xarajatlarga tayaniladi. Masalan, foydali qazilmalarni qazib olish natijasida 
unumdor tuproq qatlami olib tashlansa yoki buziladigan boʻlsa, mazkur 


69 
hududning unumdorligini tiklash (qayta kultivatsiya qilish) yoki birinchi 
hududning yoʻqotilishini qoplash maqsadida boshqa hududning 
unumdorligini oshirish uchun ketadigan xarajatlar yoʻqotiladigan yoki 
degradatsiyaga uchraydigan tuproqning minimal iqtisodiy bahosi boʻlib 
xizmat qiladi. Bunday yondashuv noyob turdagi oʻsimlik va hayvonlarni 
baholashda ham qoʻllanilishi mumkin, mazkur holda ushbu turdagi oʻsimlik 
yoki hayvonni tiklash va bir maromda hayot kechirishi uchun ketadigan 
barcha xarajat turlari jamlanadi.
Xarajat boʻyicha yondashuvning nisbatan oddiyligi va keng 
foydalanish imkoniyati borligiga qaramay, uning tarkibida umumiy ziddiyat 
mavjud: tabiiy resursning sifati qancha yaxshi boʻlsa, xarajat tamoyiliga 
muvofiq u shuncha kam qiymat oladi. Paradoks yuzaga keladi: resurs sifati 
qancha yuqori boʻlsa, undan foydalanish shuncha oson. Buning uchun 
xarajatlar past boʻladi, shundan kelib chiqib, uning iqtisodiy baholanishi 
shuncha kamayadi. Bu ziddiyat tabiatni iqtisodiy baholashda xarajat 
boʻyicha yondashuvni qoʻllashni sezilarli darajada cheklab qoʻyadi. 
Neoklassik iqtisodiy nazariyada tabiatdan foydalanish uchun tegishli toʻlov 
yoki bahoni ilmiy asoslash uchun, koʻpincha, muqobil qiymat nazariyasidan 
foydalaniladi. Muqobil qiymat deganda atrof-muhitdan foydalanishning 
muqobil yoʻllari qiymati tushuniladi. Bu mazkur hududdagi atrof-muhitning 
fazoviy jihatdan cheklanganligi va tabiatdan foydalanishning muqobil 
yoʻllari raqobatdoshligi bilan bogʻliq. Zamonaviy sharoitlarda koʻpincha 
atrof-muhitning iqtisodiy funksiyalardan birining bajarilishi qolganlarining 
amalga oshirilishi uchun toʻsqinlik qiladi. Masalan, dengiz yoki daryo 
boʻyida sanoat korxonalarini ochish yoki foydali qazilmalarni qazib 
chiqarish mazkur hududdagi rekreatsiya sharoitlarini yomonlashtirib 
yuborishi mumkin. Va, aksincha, atrof-muhitdan jamoat boyligi sifatida 
foydalanish barobarida, boshqa barcha funksiyalarni qurbon qilishga toʻgʻri 
keladi. Bundan tashqari, tabiiy resurslardan foydalanishning zamonaviy 
sxemalari, koʻpincha, avlodlar manfaatlari ixtiloflariga olib keladi, chunki 
kelgusi avlodlar uchun resurslarni asrab qolish ehtiyoji hozirgi avlodlarning 
oʻz iqtisodiy tizimining rivojlanishini taʼminlash ehtiyoji bilan toʻqnash 
keladi.
Shunday qilib, iqtisodiy nuqtayi nazarga koʻra, ekologik 
muammolarning yechimlaridan biri atrof-muhitning undan foydalanishning 
muqobil yoʻllari oʻrtasida optimal tarzda taqsimlanishidir. Natijada esa 
atrof-muhit boylik va xizmatlarini iqtisodiy baholashga asoslangan 
muammo yuzaga keladi. Aynan mana shu bosqichda “barqaror” yoki 
“beqaror” boʻlishi mumkin boʻlgan jamiyat rivojlanishi yoʻlini tanlash roʻy 


70 
beradi. Tabiiy resurslar va ekologik zararlarni yetarlicha baholamaslik 
iqtisodiy koʻrsatkichlarning buzilishiga olib keladi va u rivojlanishning 
samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishini tanlashni keltirib chiqaradi.

Download 2,87 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish