58
a, v, v, p – tuzatish koeffitsentlari; yiriklashtirilgan schyot (hisoblash)
metodi bilan aniqlangan ziyon koʻrsatkichlari va toʻgʻri schyot (hisoblash)
usuli bilan aniqlangan ziyon koʻrsatkichlari oʻrtasidagi nisbat sifati
aniqlanadi.
Yer resurslarining degradatsiyasi (buzilishi) oqibatida iqtisodiy ziyon
yiriklashtirilgan schyot (hisoblash) usuli bilan quyidagi formula yordamida
baholanadi:
I
yer
= (I
atm
+I
suv
+I
0
)*B
yer
, (3)
Bunda: I
atm
– yerning buzilishi oqibatida atmosferaning ifloslanishi
ziyoni (soʻm, ga/yil);
I
suv —
yerning buzilishi oqibatida suv havzalarining ifloslanishi ziyoni,
(soʻm, ga/y);
I
0
- yerning olib qoʻyilishi oqibatidagi ziyonlar, (soʻm, ga/yil);
I
yer
– buzilgan yerlar maydoni, (ga).
Yer osti boylik (foydali qazilmalar) larining yillik buzilishi va ifloslanishi
oqibatida ziyon quyidagi schyot (hisoblash) usuli bilan iqtisodiy ziyon
quyidagi formula boʻyicha baholanadi:
I
f
= I
buz
+I
ifl
(4)
Bunda: I
buz
– yer osti boyliklarining buzilishi oqibatida iqtisodiy ziyon
(soʻm/y);
I
ifl
— yer osti boyliklarining ifloslanishi oqibatida iqtisodiy ziyon.
(soʻm/y);
Yiriklashtirilgan usullarda bajarilgan hisoblar shuni koʻrsatadiki, xalq
xoʻjaligiga umumiy iqtisodiy ziyonning 50 %ga yaqini atmosfera
havosining ifloslanishiga, 20% ga yaqini qattiq chiqindilar bilan
ifloslanishiga (jami 100%) toʻgʻri keladi.
Iqtisodiy ziyonni toʻgʻri schyot (hisoblash) usuli bilan aniqlash koʻplab
birlamchi materiallarni talab qiladi, ular esa korxonalar va ularning taʼsir
zonasini muhandislik-iqtisodiy tekshirish yoʻli bilan olinishi mumkin.
Tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samarasi ushbu tadbirlar
natijasida muhit ifloslanishining yillik iqtisodiy ziyonini bartaraf etish
miqdori yoki tabiat muhofazasi tadbirlari oqibatida bartaraf etilgan
ziyonning summasi va ishlab chiqarish natijalarini yaxshilash asosida
daromadning yillik oʻsishi bilan ifodalanadi.
Atrof-muhit ifloslanishining bartaraf etilayotgan iqtisodiy ziyonning
miqdori bilan ushbu tadbirlarni oʻtkazadigan keyingi qoldiq ziyon
oʻrtasidagi farqqa tengdir.