99
Qizilqumda joylashgan. Bu erda Muruntau oltin koni mavjud.
Qoʻllanilayotgan texnologiya “toʻrtta toʻqqiz” tozaligidagi oltin olish
imkoniyatini beradi. Uzoq yillardan buyon Muruntauda zavod ishlab
chiqarishi balansidan tashqari boʻlgan oltinga
ega minerallashtirilgan
qoldiqlarni qayta ishlashga chet el investori va yangi texnologiya jalb
qilingan. Shuni taʼkidlash kerakki, oltin zaxiralari boʻyicha respublikamiz
dunyoda 4-oʻrinni, uni qazib olish boʻyicha 9 oʻrinni egallaydi. Oltin konlari
Toshkent, Jizzax, Namangan (Marjonbuloq, Zarmiton, Chodoq va
boshqalar) viloyatlarida ham mavjud. Topilgan oltin konlarining 20
foizi
qazib olingan. Bularning hammasi qimmatbaho metallarni qazib olish va
ishlab chiqarishni oshirish salohiyati borligi toʻgʻrisida gap yuritish
imkonini beradi.
Oltin qazib olish sohasi 5 ta oltin qazib olish konidan, 3ta oltin ajratib
olish fabrikasi va bitta mis ishlab chiqarishi uchun flyus xomashyosini
ishlab chiqaruvchi maydalash-shixtalash qurilmasidan iborat. Yuqorida
aytib oʻtilgan konlardan tashqari oltin qazib oluvchi korxonalar Qochbuloq,
Qizilolmasoy, Pirmirob, Goʻzaksoy, Kuloldidagi konlardan foydalanishadi.
Oʻzbekistonda qimmatbaho metallarni qazib olish
va ishlab chiqarish
bilan bir qatorda uran qazib olinadi va u uchun yirik mineral-xomashyo
bazasi tashkil etilgan. Respublikamiz uran bazasining asosi Qizilqumdagi
zaxiralardan iborat. Uranning mavjud zaxiralari uni bir necha oʻn yil qazib
olish imkonini beradi.
Oʻzbekistonda rangli metallarning topilgan konlari mavjud. Faoliyat
yuritayotgan karyerlar mis va qoʻshimcha metallar ishlab chiqarilishini yana
40 yilga taʼminlaydi. Rudani qayta ishlashni asosan respublikaning eng yirik
sanoat korxonalaridan biri “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”
ochiq
aksiyadorlik jamiyati amalga oshiradi. Bundan tashqari, mis, molibden,
oltin, reniy, tellur, selen va oltin gugurt konlari mavjud,
ushbu konlarga
qazib olish tannarxi va foydali qazilmalar olinishi darajasi boʻyicha MDH
davlatlarida tengi yoʻq. Qoʻrgʻoshin-sink konlari asosan Jizzax viloyatining
Uchquloq va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida joylashgan.
Oʻzbekiston reniy zaxiralariga ega, u Olmaliq mis konlaridan qazib
olinadi. Molibden konsentratida reniy mavjudligi boʻyicha ularga butun
dunyoda teng keladigani yoʻq. Sanoatda undan aviatsiya va kosmik texnika
uchun issiqqa chidamli qorishmalarni, elektr asboblar, neftni krening qilish
uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalanadi.
Noyob va tarqoq
metallarning ajoyibligi, ulardan foydalanish sohalarining kengligi hamda
yangi mahsulot turlari ishlab chiqarilishining yoʻlga qoʻyilishi chet el
100
investorlarini jalb qilish va qoʻshma korxonalar
tuzish uchun keng
imkoniyatlar ochib bermoqda.
Bugungi kunda Qizilqum hududidagi Sautboy volfram konidan
foydalanish mamlakatimiz korxonalarini xomashyo bilan taʼminlaydi va
mahsulot eksportini oshirishga imkon beradi. Respublikada turli rangdagi
va tabiat moʻjizasiga ega marmar, granit, gabbro konlari bor. Bunday
qudratli xomashyoga ega Oʻzbekiston MDH mamlakatlari oʻrtasida toshga
ishlov berish boʻyicha yetakchidir. Bezak toshlarining
asosiy zaxiralari
Gʻozgʻon, Nurota, Zarband konlarida mavjud. Respublika fosforit konlariga
ham boy, ular asosan Jaroy-Sirdaryo, Qorakatin va Shimoliy Yettitogʻ
konlaridadir, ammo juda koʻp topilgan konlar hozirgi kunda ishlatilmayapti.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda fosfor, azot-fosfor oʻgʻitlarini ammofos va
ammonlashtirilgan superfosfatni — ishlab chiqaruvchi yirik zavodlar ishlab
turibdi. Mamlakatimizda kaliy tuzlarining ham yirik konlari mavjud, ular
taxminlar boʻyicha 100-yilga yetadi. Ular asosan Qashqadaryo viloyatining
Tepagʻaton va Surxondaryo viloyatining Hojaikon konlaridadir. Tuzlarni
majmuali tarzda qayta ishlash
natijasida bromli temir, magnezit, gips va
boshqa materiallar olish imkonini bermoqda.