-jadval  Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan davrda




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

5.2-jadval 
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan davrda 
barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalardan 
koʻchirma 
Milliy maqsadlar 
Milliy vazifalar 
2-maqsad. 
Oziq-ovqat 
xavfsizligini 
mustahkamlash, 
ovqatlanish 
ratsionini 
yaxshilash 
hamda 
qishloq 
xoʻjaligining 
barqaror rivojlanishiga 
koʻmaklashish
2.3-vazifa. 2030-yilgacha qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat 
mahsulotlari yetishtirishning oʻrtacha samaradorligini hamda 
qishloq 
xoʻjaligi 
oziq-ovqat 
yetishtiruvchilarining 
daromadini ancha oshirish. 
2.4-vazifa. 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarishning barqaror tizimlari yaratilishini taʼminlash 
hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini 
oshirish imkonini beradigan qishloq xoʻjaligini yuritish 
usullarini joriy qilish. 
2.5-vazifa. Urugʻ va madaniylashtirilgan ekinlarning, 
shuningdek, qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarining hamda 
ularning tegishli yovvoyi turlarining genetik rangbarangligi 
saqlanishini, jumladan urugʻ va 
ekinlarning turli-tuman zaxiralarini tegishli tarzda saqlash 
orqali,taʼminlash. 
2.a-vazifa. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasidagi 
salohiyatni 
mustahkamlash 
maqsadida 
qishloq 
infratuzilmasi, 
qishloq 
xoʻjaligi 
tadqiqotlari 
va 
agrotashviqot, texnologiyalarni rivojlantirish hamda 
oʻsimlik va hayvonlarning genetik zaxiralarini yaratishga 
sarmoya kiritilishini, jumladan, xalqaro hamkorlikni 
faollashtirish yoʻli bilan, koʻpaytirish. 
2.b-vazifa. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 
jahon 
bozorlarida savdo cheklovlari kiritilishi va xatolar yuzaga 
kelishini bartaraf etish hamda bunga yoʻl qoʻymaslik. 


125 
2.c-vazifa. Oziq-ovqat mahsulotlari va ularni qayta ishlash 
mahsulotlari bozorlarining tegishli tarzda faoliyat yuritishini 
taʼminlash choralarini koʻrish, oziq-ovqat narxlarining 
keskin oʻzgarishini cheklashga yordam berish maqsadida 
bozor maʼlumotlaridan, jumladan oziq-ovqat zaxiralari 
haqidagi 
maʼlumotdan 
oʻz 
vaqtida foydalanishga 
koʻmaklashish. 
Qishloq xoʻjaligini “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojlantirish 
uchun quyidagilarni taklif etamiz:
- xarajatlarni (shu jumladan, issiqxona gazlarini, ekotizim 
xizmatlarini, suv resurslari va boshqalarni) bozor strukturasiga 
inkorporatsiya qilinishi;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ikki hissa 
koʻpaytirishni, bunda suv va yerlardan foydalanish koʻpaymaydi;
- tanazzulga uchragan yaylovlarni tiklash va yaylovlarni barqaror 
boshqarish mexanizmlarini joriy etish;
- organik qishloq xoʻjaligi uslublarini joriy etish;
- haydaladigan yer maydonlari yuzasining doimiy qoplanib turishini 
ta’minlash maqsadida ekinlarni takror ekish;
- ekinlarni diversifikatsiya qilish (koʻp yillik daraxtlar va koʻp yillik 
oʻtlar ekilishini kengaytirish);
- ishlab chiqarish va qayta ishlashga investitsiyalarni jalb etish, 
shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qoʻshilgan 
qiymat zanjirini yaratish;
- chorvachilikning organik chiqindilarini toʻgʻri saqlash va qayta 
ishlash;
- suv manbalarining qishloq xoʻjaligi chiqindilari bilan 
ifloslanishining oldini olish;
- shoʻrlanish, qurgʻoqchilik va boshqa xavfli hodisalar va xatarlarga 
bardoshli yuqori mahsuldor chorva mol va oʻsimlik navlari genofondini, 
shuningdek, madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari genofondini 
saqlash.

Download 2,87 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan davrda

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish