131
I.Gomes va L.Tivantlarning keltirishicha “Alimentarius Kodeksi”ning
oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha standartlariga koʻra
organik qishloq
xoʻjaligi tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:
- qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining yaxlit tizimida biologik xilma-
xillikni saqlab qolish;
- tuproqning biologik faolligini oshirish;
- tuproq unumdorligini uzoq muddat davomida saqlab turishga
erishish;
- tuproq unumdorligini tiklash maqsadida oʻsimlik va hayvon
chiqindilaridan qayta (ikkilamchi) foydalanish orqali tabiiy ozuqa
moddalarini tuproqqa qaytarish;
- ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan resurslardan foydalanishni
oshirish;
- tuproq, suv va havoni muhofaza qilishga koʻmaklashish hamda
ifloslanishning barcha koʻrinishlarini minimallashtirish;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashning barcha texnologik
bosqichlarida mahsulotning
tabiiy xususiyatlari, minerallari va boshqa
foydali elementlarini saqlash qolishga erishish.
Organik qishloq xoʻjaligi harakati Xalqaro Federatsiyasi (IFOAM)
organik qishloq xoʻjaligi yuritishning quyidagi tamoyillarini eʼtirof etgan :
salomatlik tamoyili. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini
ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va isteʼmolga yetkazib berish
jarayonlarining barcha bosqichlarida organik qishloq xoʻjaligi ekotizim,
bioxilma-xillik va insoniyat sogʻligini saqlashga yoʻnaltirilgan. Shu tufayli
bu tizimda sogʻliqqa zarar yetkazuvchi mineral oʻgʻitlar, zaharli ximikatlar,
veterenariya preparatlari va ozuqa qoʻshimchalarini ishlatish taʼqiqlanadi;
ekologik musaffolik tamoyili. Organik qishloq xoʻjaligi jonli
ekologik tizim musaffoligini saqlashga, resurslardan qayta foydalanish
orqali ularni tejashga, mineral oʻgʻitlar va zaharli ximikatlardan
foydalanishni qisqartirish va taʼqiqlash orqali atrof-muhit tozaligini saqlash
hamda ifloslanishini oldini olishga yoʻnaltirilganligi bilan ajralib turadi. Bu
yoʻnalishdagi har qanday faoliyat xoʻjalik joylashgan muayyan hududning
oʻziga xos shart-sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olishi shart. Hech
qanday holatda qishloq xoʻjaligi
landshaftini, iqlimni va umuman atrof-
muhitni tubdan oʻzgartirmasligi kerak. Shundan kelib chiqib, organik
qishloq xoʻjaligi organik (tabiiy) moddalardan foydalanishga qaratilgan;
adolatlik tamoyili. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish,
qayta ishlash. Saqlash va sotish jarayonlarida
ishtirok etuvchi barcha
shaxslar oʻzaro munosabatlarni shakllantirishda adolatlilik tamoyiliga rioya
132
etishlari, texnologik zanjirning barcha bosqichlarida oʻzaro teng huquqlilik
va manfaatlar uygʻunligini taʼminlashga eʼtibor qaratishlari talab etiladi.
Shuningdek, oʻsimliklar va hayvonot dunyosida yashovchi barcha jonzotlar
uchun ularning tabiiy yashash muhitiga mos keluvchi qulay shart-sharoitlar
yaratilishi joiz. Qishloq xoʻjaligi barcha mamlakatlar uchun munosib
turmush darajasini va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashi, qashshoqlikni
yengishi kerak. Har bir inson yuqori sifatli mahsulotlarga ega boʻlishi kerak.
Shu bilan birga hayvonlar fiziologik ehtiyojlari va instinktlarini inobatga
olgan holda munosib yashash sharoitiga ega boʻlishi kerak. Nihoyat, tabiiy
resurslarni taqsimlash kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda
amalga oshirilishi kerak;
gʻamxoʻrlik tamoyili. Organik mahsulotlar
yetishtirish barcha
ishtirokchilardan maʼlum masʼuliyat va javobgarlik hissini, oʻsimlik va
hayvonot dunyosi vakillariga gʻamxoʻrlik bilan yondashishni talab etadi.
Bunday yondashish sogʻliqni asrash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va
farovonlikka eltishga asos boʻlishi kerak. Mavjud ekotizimni asrab-avaylash
va uni kelgusi avlodlarga bus-butun yetkazish barchaning burchi sanaladi.
hamkorlik tamoyili. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining
samaradorligi va unumdorligini oshirish odamlarning ham, tabiatning ham
sogʻligʻi va farovonligi hisobiga boʻlmasligi kerak. Shu nuqtayi nazardan,
ham yangi, ham eski texnologiyalarga birdek tanqidiy qarash lozim.
Texnologiya va ish usullarini tanlashda asosiy koʻrsatmalar ehtiyotkorlik va
masʼuliyatli yondashuv hisoblanadi. Organik ishlab chiqarish keraksiz
xatarlardan va oqibatlarini toʻliq hisoblab boʻlmaydigan texnologiyalarni
keng qoʻllashdan qochish kerak. Bu shuni anglatadiki, qishloq xoʻjaligida
nafaqat organik oʻgʻitlar kimyoning oʻrnini
bosishi kerak, balki gen
muhandislik natijalaridan ham foydalanish mumkin emas.
Organik qishloq xoʻjaligi yuritish BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan 2030-yilgacha qabul qilingan
“Barqaror rivojlanish
maqsadlari”ning quyidagi uchta jihatlariga mos kelishi zarur:
1.
Ekologik barqarorlik:
1.1. Organik qishloq xoʻjaligi almashlab ekish tizimini qoʻllash,
organik oʻgʻitlardan foydalanish, tuproqni tabiiy oziqlantirish uchun qator
oralariga dukkakli ekinlar ekish orqali tuproq tarkibini yaxshilaydi;
1.2. Aralash ekinlar ekish orqali tuproq erroziyasi va zichlanishini
oldini oladi.
1.3. Tabiiy chiqindilardan (somon, goʻng va boshq.)
qayta
foydalanishni nazarda tutadi.
133
1.4. Zararkunandalar, kasalliklar va boshqa favqulodda vaziyatlar
bilan kurashishda tabiiy usullardan (biologik kurash usullari, tabiiy vositalar
va boshqa) foydalanish vositasida biologik xilma-xillik va sogʻlom
ekotizimni saqlashni ragʻbatlantiradi.
1.5. Energiyaning qayta tiklanadigan turlaridan (quyosh energiyasi,
bioyoqilgʻi, daraxtlar oʻtini va boshq.) foydalanishni ragʻbatlantiradi.