148
zamin yaratadi. 2020–2021-yillarda Oʻzbekiston paxta yetishtirish va meva-
sabzavotchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni faol qoʻllab-
quvvatlay boshladi. Paxta yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarga
investitsiyalarni qoʻshma moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan
2019-yilda 120 mlrd soʻm, 2020-yilda 132 mlrd soʻm, 2021-yilda 199 mlrd
soʻm, shuningdek, 2020-2021-yillarda meva-sabzavotchilikda suv tejovchi
texnologiyalarni joriy qilish uchun 90 mlrd soʻm mablagʻlar yoʻnaltirildi.
Intensiv bogʻlar uchun tomchilatib sugʻorish va boshqa suv tejovchi
texnologiyalarni investitsiya paketiga kiritish boʻyicha meʼyoriy talablar
qabul qilindi. Natijada suv tejovchi texnologiyalar bilan sugʻoriladigan
maydonlar 2018-yildagi 1,7% dan 2021-yilda 19,6% ga keskin oshdi (6.5-
rasm).
Poliz ekinlari yetishtirish hajmi 2019-yildagi 2 068,7 ming tonnadan 2021-
yilda 2 281 ming tonnaga yoki 10,3% ga oʻsdi. Shu bilan birga, kartoshka -
6,6% ga, sabzavot - 6,3% ga, uzum - 5,7% ga, meva va ziravorlar - 3,6% ga
oʻsdi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda sezilarli darajada oʻsish
qayd etildi, goʻsht (tirik vaznda) - 6,7% ga, sut - 5,3% ga, tuxum - 3,6% ga.
Qayd etish joizki, Global Food Security Index (GFSI) reytingida
Oʻzbekiston 2019-2022-yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash
sohasida eng ilgʻor 10 ta davlatlar orasida birinchi oʻrinni egalladi va bu
davrda oʻz koʻrsatkichlarini 6,1 ballga yaxshilab olish bilan bir qatorda
umumiy reytingda 85-oʻrindan 73-oʻringa koʻtarildi.