Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

2.5. Yashil transformatsiya
Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish amalga oshirilayotgan 
islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsadli rasmiy 
maʼmuriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat 
dasturlariga yashil rivojlanish tamoyillarini joriy etish, iqlim oʻzgarishi va 
gazlar chiqindilariga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga oʻtishni 
jadallashtirishda oʻz ifodasini topmoqda.
Ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning asosiy natijalari:
- soʻnggi yillarda iqtisodiyotni yashil transformatsiyalashga qaratilgan 
154 dan ortiq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi 20 dan ortiq rasmiy hujjat 
qabul qilindi. “2019-2030-yillarga moʻljallangan yashil iqtisodiyotga oʻtish 
strategiyasi” (04.10.2019-y.), “Oʻzbekiston Respublikasining 2030-
yilgacha 
“yashil” 
iqtisodiyotga 
oʻtishga 
qaratilgan 
islohotlar 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezidentning 
Qarori, “Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining energiya 
samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha jadal chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori shular jumlasidandir.
Kelgusi vazifalar:
- 2026-yilgacha iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga 
oshirish va yashil iqtisodiyotni joriy etish orqali zararli gazlar emissiyasini 
20 foizga kamaytirish;
- yopiq siklni, yaʼni xom ashyodan tayyor mahsulotgacha va chiqindisiz 
texnologiyadan foydalanishga (paxta xom ashyosi, rangli metallar, sabzavot 
va mevalar, qurilish materiallari va boshqalar) asoslangan iqtisodiyot 
modelini jadal joriy etishga oʻtish;


48 
– 2019-yilda Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida Yashil oʻsish global 
institutining birinchi aʼzo davlati boʻldi.
Ushbu institut bilan 2022-yilda Orolboʻyi hududini yashillashtirishni 
moliyalashtirishga qaratilgan qoʻshma loyiha (5,65 million dollar) amalga 
oshirildi;
— 2019–2021-yillar uchun Orol dengizining qurigan tubida choʻl 
oʻsimliklaridan 1,5 million gektar maydonda himoya oʻrmon plantatsiyalari 
yaratildi;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ulushi oxirgi uch yilda 2 barobarga 
oshdi. Ugom-Chotqol qoʻriqxonasi, Xorazm milliy tabiat bogʻi, Janubiy 
Ustyurt, Markaziy Qizilqum, Oqtov-Tomdi, Sudoche-Akpetki davlat 
qoʻriqxonalari tashkil etildi;
- ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasiga (2019-yil) muvofiq 
maktabgacha taʼlim muassasalarida “Ekolog bola” va “Ona tabiat” 
dasturlarini joriy etish, “Eng yaxshi ekologik toza maktab” va “Eng yaxshi 
maktab” tanlovlarini oʻtkazildi va tamoyili umumtaʼlim maktablarida 
“Ekolog 
talaba” 
joriy 
etildi. 
Shahar, 
tuman, 
mahallalarda 
koʻkalamzorlashtirish boʻyicha “yashil makon” umummilliy loyihasi 
amalga oshirilmoqda.
- kompleks boshqaruvni joriy etish natijasida suv resurslarini tejash va 
undan oqilona foydalanish indeksi 2019-yildagi 49 foizdan 2021-yilda 55 
foizga koʻtarildi. Suv hisobining shaffof tizimi joriy etildi, 13 mingga yaqin 
suv xoʻjaligi obyektlari raqamlashtirildi, 16 ta yirik nasos stansiyalari 
muqobil energiya manbalariga oʻtkazildi;
- 2019-yilda Jahon bankining “Quyosh energiyasini masshtablash” 
dasturi doirasida Navoiy viloyatida loyiha amalga oshirildi, 2021-yilda 
Samarqand va Jizzax viloyatlarida yana ikkita quyosh elektr stansiyasini 
qurish loyihasi hamda ragʻbatlantiruvchi imtiyozlarni joriy etish orqali 
davlat binolari va uy-joy imoratlarida quyosh batareyalarini oʻrnatish 
boʻyicha chora-tadbirlarni keng koʻlamli amalga oshirish boshlandi;
- xalqaro maʼlumotlar bazasi (EDGAR) maʼlumotlariga koʻra, 2021-
yilda Oʻzbekistonda YAIMning uglerod sigʻimi 0,465 tonnani tashkil etdi 
va 2019-yilga nisbatan 6,6 foizga kamaydi. 2030-yilgacha atrof-muhitni 
muhofaza qilish konsepsiyasi ifloslantiruvchi chiqindilarni 10 foizga 
qisqartirishni, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 18 foizdan 
65 foizga oshirishni nazarda tutadi.
Yashil transformatsiyaning koʻrsatib oʻtilgan natijalari asosan 6, 7, 11, 
12,13,15 maqsadlaridan kelib chiqadi.

Download 2,87 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish