partiyalar faoliyat yuritadi. Odatda “yashillar” nomi bilan yuritiladigan




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти


partiyalar faoliyat yuritadi. Odatda “yashillar” nomi bilan yuritiladigan 
ushbu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati 
gʻoyalarini ilgari suradi. Oʻzbekistonda 2019-yil 24-yanvarda Adliya 
vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan 
oʻtkazildi. Yangi partiyaning maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik 
xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni 
saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini 
roʻyobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy 
resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi 
boʻlishiga erishishga koʻmaklashishga qaratilgan. 
Ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi: ekologik 
siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari turli tuman boʻlib ularni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: qoplovchi, ragʻbatlantiruvchi va 
cheklovchi (2.1-rasm). 
 
2.1-rasm. Ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizm 
turlari 
 
Qoplovchi (yumshoq) iqtisodiy mexanizm ekologik siyosat nuqtayi 
nazaridan nisbatan erkin boʻlib, iqtisodiy tarmoqlar va sektorlarning 
Иқтисодий механизм
Қопловчи
(юмшоқ) 
Рағбатлантирувчи
Чекловчи
(қаттиқ)


42 
iqtisodiy rivojlanishi uchun umumiy ekologik cheklovlarni joriy etish uchun 
xizmat qiladi. Ushbu iqtisodiy mexanizm ekologik muammolarning kelib 
chiqish sabablarini emas, balki ekologik oqibatlarini bartaraf etishga 
yoʻnaltirilgan boʻladi.
Ragʻbatlantiruvchi iqtisodiy mexanizm esa tabiatni muhofaza qilish 
bilan bogʻliq faoliyat va ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Ushbu iqtisodiy mexanizmning asosini bozor dastaklari tashkil etadi. 
Ragʻbatlantiruvchi instrumentlar yangi texnologiyalarga asoslangan ishlab 
chiqarishni koʻpaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 
muhofaza etishga xizmat qiladi. Xususan, ekologik sugʻurta, soliq 
imtiyozlari, 
ekologik 
subsidiya, 
ekologik 
toza 
mahsulotlarga 
ragʻbatlantiruvchi narxlarning joriy etish, ekologik noqulay mahsulotlarga 
baholarni pasaytirish, ekologik xizmatlar bankini shakllantirish, tabiat 
muhofazasi asosiy ishlab chiqarish fondlarini misol qilib keltirish mumkin.
Qattiq iqtisodiy mexanizm maʼmuriy va bozor dastaklari yordamida 
amalga oshiriladi. Davlat tomonidan qattiq soliq, kredit, jarimaga tortish 
siyosati orqali amalga muayyan tarmoqlarda tabiiy resurslardan foydalanish 
bazasining kengayishini toʻxtatishga harakat qiladi. Ushbu mexanizmdan 
foydalanishdan koʻzlangan maqsad tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanishga koʻmaklashish hisoblanadi. Jahon amaliyotida ushbu 
mexanizmlar sof holatda uchramaydi va aralash qoʻllaniladi. Jahon 
iqtisodiyotining umumiy rivojlanish strategiyasi yaqin istiqbolda ustun 
darajada ragʻbatlantiruvchi va cheklovchi iqtisodiy mexanizm turlarini 
aralash qoʻllashga asoslanishini koʻrsatmoqda. Atrof-muhitni muhofaza 
qilish sohasini tartibga solish iqtisodiy dastaklarga asoslanishi zarur.
Yer kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop chuqurlashuvida 
ozmi-koʻpmi Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki bor. Istiqomat 
qilayotgan aholining 36 mln. dan ziyod aholining asosiy qismi ekologik 
xavfsiz boʻlmagan muhitda istiqomat qilmoqda. Orol dengizi va uning 
atrofida roʻy bergan ekologik inqiroz holati Sovet davrining noekologik 
agrar va iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun ham davlatimiz, 
shaxsan Prezident Sh.M.Mirziyoyev, ekologik masalalarni iqtisodiy, siyosiy 
va ijtimoiy islohotlar bilan uygʻunlashtirilgan holda olib borishni lozim 
topmoqdalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik vaziyatni yaxshilash va 
Orolboʻyi hududining barqaror rivojlanishini taʼminlash boʻyicha mahalliy 


43 
ijro hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi 
qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha 
Oʻzbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan 
islohotlar samaradorligini oshirishga boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 
qarorlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni 
amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Bu hujjatlarda 
davlatimizning jamiyat va tabiat oʻrtasidagi munosabat shakli, hozirgi 
kunda va kelajakda qanday boʻlishi, Oʻzbekistonning ekologik 
konsepsiyasi, maqsadi va prinsiplari belgilab berilgan. Ekologik maqsad va 
vazifalarni amalga oshirishning taktik va strategik harakatlar dasturi 
koʻrsatib berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining ekologik siyosatining asosiy maqsadi, 
kishilarning hayotiy zarur boʻlgan ekologik xavfsiz muhitni taʼminlash 
uchun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, 
yaʼni tabiat va jamiyat oʻrtasidagi iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini 
qoʻllash. Mustaqillik davrigacha Oʻzbekiston hududi Chor Rossiyaga, 
soʻngra Sovet Ittifoqining xom ashyo yetishtirib beradigan chekka oʻlkasi 
boʻlib hisoblangan. Shuning uchun ham tabiiy va mineral xom ashyo 
zaxiralarimdan maksimal holda ekstensiv usulda foydalanilgan, yaʼni 
iqtisodiy munosabat shaklida boʻlgan. Bunday totalitar tuzumdagi 
munosabat shaklidan ekologik (yashil iqtisodiyot) munosabat shakliga, 
jamiyatda na iqtisodiy, na huquqiy na ijtimoiy-madaniy asosi yaratilmay 
turib oʻtishni, hattoki nazariy jihatdan ham amalga oshirib boʻlmaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan davrda atrof muhitni 
muhofaza qilish konsepsiyasida
9
quyidagilarga eʼtibor berilgan:
- shaxsning hayotiy zarur ehtiyoji boʻlgan kishilarni sogʻligini muhofaza 
qilish va insonlarning turmushi uchun optimal holatdagi ekologik 
sharoitlarni yaratib berish;
- atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy taʼsirni pasaytiruvchi 
innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy 
rivojlanish;
- atrof muhit obyektlaridan oqilona foydalanishni va biologik resurslar 
qayta tiklanishini taʼminlash.
Shunday qilib, Oʻzbekiston uchun ekologik xavfsiz muhit milliy 
xavfsizlikning ajralmas bir boʻlagidir. Respublikamiz ekologik siyosatini 
amalga oshiruvchi tabiat va jamiyat oʻrtasidagi munosabat shakli, tabiat 
9
“2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish 
konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 30.10.2019-yildapgi PF-5863-son 


44 
qonunlariga jamiyat qonunlarini moslashtirish, ekologik chora-tadbirlar va 
asosiy tanlangan tamoyillarning hayotga tatbiq etish mexanizmi ishlab 
chiqilsa va amaliyotda oʻz tasdigʻini topsa, soʻzsiz yashil iqtisodiyotga oʻtib 
olishi mumkin. Bunday siyosat shaxsning, jamiyatning va davlatning 
hayotiy zarur boʻlgan milliy xavfsizligini taʼminlashda katta omil boʻlib 
xizmat qilishiga hech shubha yoʻq.
Xalqaro darajada global iqlim oʻzgarishining oldini olishda iqtisodiy 
usullar faol qoʻllanilmoqda. Ular qatoriga amtosferaga chiqarilayotgan 
issiqxona gazlarini miqdorini kvotalash, uglerod soliqlarini joriy etish, 
iqtisodiyot tarmoqlariga “yashil texnologiyalar”ni joriy etishda turli 
imtiyozlar belgilash kabi dastaklarni kiritishimiz mumkin. Issiqxona gazlari 
savdosi tizimi (Emissions Trading System, ETS) — bu issiqxona gazlari 
emissiyasi miqdorini qisqartirish uchun qoʻllaniladigan bozor dastagi 
boʻlib, “cap and trade” (“cheklov va savdo”) tamoyiliga asoslanadi. 
Hukumat issiqxona gazlari emissiyasining umumiy miqdorini belgilaydi va 
kompaniyalar har bir tonna CO
2
uchun ruxsatnoma olishi zarur boʻladi. 
Kompaniyalar ushbu ruxsatnomani davlatdan tekinga olishi yoki xarid 
qilishi hamda boshqa kompaniyalar bilan savdolashishi mumkin boʻladi. 
Ruxsatnoma narxi uglerod narxini belgilab beradi. Hozirgi vaqtda dunyo 
mamlakatlarida 17 xil ETS amal qiladi va ular hissasiga jahon yalpi ichki 
mahsulotining 40% toʻgʻri keladi. Uglerod soligʻida esa hukumat soliq 
stavkasini belgilab beradi va kompaniyalar foydalangan har bir tonna 
uglerod yoqilgʻisi uchun muayyan summa mablagʻ toʻlashi zarur boʻladi. 
Ayrim mamlakatlar faqat issiqxona gazlari savdosi tizimidan (Qozogʻiston, 
Koreya Respublikasi, Yangi Zelandiya), baʼzilari uglerod soligʻidan 
(Argentina, Kanada, Chili, Kolumbiya, Yaponiya, Meksika, Singapur, 
Ukraina), boshqalari esa ikkala dastakdan aralash (Shveysariya, YEI) 
foydalanadi. Global miqyosda atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona 
gazlari miqdorini qisqartirishning samarali dastaklaridan biri uglerod 
soliqlari hisoblanadi. Uglerod soliqlari — qazib chiqariladigan yoqilgʻi 
tarkibidagi ugleroddan undiriladigan yigʻimlardir. Ushbu soliqlar global 
miqyosda quyidagi sabablarga koʻra joriy etilgan. Birinchidan, ular 
ekologiyaga zarar keltiruvchi xavfli chiqindilar boʻyicha qabul qilingan 
milliy majburiyatlarga erishishning samarali vositasi sanaladi. Jumladan, 
2030-yilda atmosferaga chiqarilayotgan CO
2
ning har bir tonnasidan 35 
dollar soliq undirish koʻmir, elektr-energiya va benzin narxlarini mos 
ravishda taxminan 100, 25 va 10%ga oʻsishiga olib keladi. Bundan tashqari 
uglerod soliqlari energetika sohasiga sarflanayotgan investitsiyalarning past 
uglerodli texnologiyalar, jumladan, tiklanadigan energiya manbalari 


45 
hisobidan ishlaydigan elektrostansiyalarga yoʻnaltirishni ragʻbatlantirishga 
xizmat qiladi. Atmosferaga chiqarilayotgan bir tonna CO
2
uchun joriy 
etilayotgan 35 dollar miqdoridagi soliq Xitoy, Hindiston va Janubiy Afrika 
Respublikasi kabi mamlakatlarda Parij kelishuvida qabul qilingan 
maqsadlarga erishish uchun yetarli hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda soliqlar 
miqdorini 70 dollargacha oshirish Avstraliya, Fransiya va Kanada kabi
mamlakatlarning ekologik siyosatlari maqsadlariga erishishlari uchun 
kamlik qilishi mumkin.

Download 2,87 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiyalar faoliyat yuritadi. Odatda “yashillar” nomi bilan yuritiladigan

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish