46
2.3-rasm. Dunyo mamlakatlarining oshirilgan uglerod soliqlari
undirish evaziga SO
2
miqdorining qisqarishi.
Uchinchidan, uglerod soliqlari atrof-muhit holatining yaxshilanishiga,
jumladan, qazib chiqariladigan yoqilgʻini yoqish oqibatida havoning
ifloslanishi tufayli erta oʻlishning sezilarli darajada pasayishiga olib kelishi
mumkin. Tonnasidan 35 dollar miqdoridagi uglerod soligʻi 2030-yilga
qadar yiliga Xitoyda 300 000, Hindistonda esa 170 000
kishining erta
oʻlishdan saqlab qolishi mumkin. “G-20 guruhi” 207 mamlakatlaridan
Xitoy, Hindiston va AQSH hissasiga issiqxona gazlarini qisqartirish
imkoniyatlarining 80%i toʻgʻri keladi. Ushbu mamlakatlar oʻrtasida
kelishuvlarga erishish bu sohada katta yutuq sanaladi. Hindiston iqtisodiyoti
tarixiy omillarga koʻra koʻmirga bevosita bogʻliq, Xitoyda esa 2020-yildan
issiqxona gazlari savdosi boʻyicha milliy tizim amal qilmoqda.
Milliy
darajada ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi
quyidagi chora-tadbirlarga asoslanadi: “G-20 guruhi” – rivojlangan va
rivojlanayotgan yirik mamlakatlar hukumatlari
va markaziy banklari
forumi. Avstraliya, Argentina, AQSH,
Braziliya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Janubiy Koreya, JAR, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada,
Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya
va Yevropa Ittifoqidan iborat
10
.
- tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish va
moliyalashtirish;
10
Finance & Development, december 2019, Vol. 56, No. 4.
https://www.imf.org/external/pubs/ft/fandd/2019/12/climate-change-and-the-age-of-adaptation-
georgieva.htm
47
- tabiatni muhofaza qilish faoliyatini imtiyozli
kreditlash va soliqqa
tortish; — tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni boshqarish, atrof-
muhitni ifloslantiruvchi issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish miqdorini
cheklash boʻyicha limitlar belgilash;
- tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantiruvchi
issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish
uchun soliqlar va boshqa
toʻlovlarni undirish;
- atrof-muhitga zarar yetkazuvchi turli chiqindilarni joylashtirganlik
uchun toʻlovlar undirish;
- atrof-muhitga va aholi sogʻligʻiga yetkazilgan zararni belgilangan
tartibda qoplash va boshqalar.