Ekologik siyosatining mohiyati, turlari va vazifalari




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

2.4. Ekologik siyosatining mohiyati, turlari va vazifalari
Ekologik muammolarning chuqurlashuvi xalqaro va milliy darajada 
tabiiy va ekologik muvozanatni taʼminlashga qaratilgan maqsadli siyosat 
olib borish zarurligini taqozo etmoqda. XXI asr boshlarida bir 
mamlakatdagi ekologik muammo dunyo muammosiga aylanib bormoqda
chunki ekologik inqiroz bir joyda toʻxtab turmaydi va dunyo boʻylab keng 
tarqaladi.
Ekologik siyosat ekologik vaziyatni boshqarish va mamlakatdagi 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va 
institutsional chora-tadbirlar tizimidir. Bunda ekologik strategiya atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida amalga 
oshirilishi zarur maqsad va vazifalar yigʻindisi sifatida belgilanadi.
Ekologik siyosat miqyosiga koʻra global, davlat, mahalliy va korxona 
darajasida amalga oshirilishi mumkin.
Global miqyosda amalga oshiriladigan ekologik siyosat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni 
mamlakatlar oʻrtasida taqsimlashda ekologik cheklovlar qoʻyish bilan 
bogʻliq chora-tabirlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat miqyosida olib boriladigan ekologik siyosat mamlakat 
hududining ekologik holati bilan bogʻliq afzalliklar va kamchiliklarga 
asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat chora tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Mintaqaviy darajada amalga oshirilayotgan ekologik siyosatda davlat 
tomonidan mamlakatning muayyan mintaqalaridagi ekologik vaziyatni 
yaxshilashga qaratilgan siyosat tushuniladi.
Mahalliy darajada amalga oshiriladigan ekologik siyosat ekologik 
monitoring oʻtkazish atrof-muhit muhofazasiga oid qonunchilik ijrosini 
nazorat qilish, mahalliy ekologik dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish
bilan bogʻliq chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Ijtimoiy qadriyatlar tizimida ekologiya ustuvor yoʻnalishiga 
aylanganidan keyin korxonalar uzoq muddatli rivojlanish rejalarida atrof-
muhit muhofazasiga alohida eʼtibor qaratishlariga toʻgʻri keladi. Bu 
vaziyatda atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladigan ayrim xoʻjalik 
yurituvchi subyektlar, jumladan sanoat korxonalari darajasida ekologik 


40 
siyosatni shakllantirish va amalga oshirish muammolariga katta eʼtibor 
qaratilishi zarur.
2.2-jadval 

Download 2,87 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ekologik siyosatining mohiyati, turlari va vazifalari

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish