Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining ilmiy-tadqiqot




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana23.11.2023
Hajmi2,87 Mb.
#104057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Атроф мухит ва табиий ресурслар иқтисодиёти

1.2. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining ilmiy-tadqiqot 
metodlari 
Fan metodlari ilmiy tadqiqot yoʻli sifatida yangi bilimlar olish va ularni 
nazariyaga aylantirish uchun fanda qoʻllaniladigan usullar va uslublar 
majmuini bildiradi. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti iqtisodiyot 
fanlarining oʻziga xos tarmogʻi boʻlib, tabiiy va ijtimoiy fanlar tutashgan 
chegarada rivojlanadi. Shu sababdan u umumilmiy, umumiqtisodiy, 
sotsiologiya fanlari va oʻzining tadqiqot usullarini keng qoʻllaydi. Bunda 
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti ushbu metodlardan oʻz predmeti 
xarakteriga muvofiq va unga moslashtirib foydalanadi.
Umumilmiy metodlar va yondashuvlardan ilmiy abstraksiya, dialektik 
tadqiqot, induksiya va deduksiya, maqsadli rivojlantirish, monografik 
kuzatuv, tizimli va qiyosiy tahlil, grafik tasvirlash, ekspert baholash va 
bashoratlash metodlaridan ekologik-iqtisodiy munosabatlar nuqtayi 
nazaridan foydalanadi. Umumiqtisodiy va sotsiologiya metodlaridan 
forsayt, balans, iqtisodiy statistik, indeks metodlari va iqtisodiy 
ekonometrik modellashtirish, iqtisodiy ekologiya metodlaridan ekologik-
iqtisodiy normativ, ekologik-iqtisodiy baholash, ekologik xaritalash va 
GAT texnologiyalari va boshqalardan keng qoʻllaniladi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotida ekologik-iqtisodiy 
normativ metodlari va GAT texnologiyalaridan foydalanish alohida 


12 
ahamiyatga ega. Masalan, ekologik normativlardan ruxsat etilgan 
konsentratsiya (REK), ruxsat etilgan chiqarmalar (RECH), ruxsat etilgan 
meʼyor (REM). Ularning asosiy vazifasi - tabiatga antropogen taʼsirning 
ruxsat beriladigan obyektiv chegaralarini belgilashdan iborat. Shuningdek, 
tabiiy resurslarni, chiqindilarni ekspluatatsiya qilish meʼyorlari, tabiat 
muhofazasida kapital qoʻyilmalarining iqtisodiy samaradorligi meʼyorlari, 
sanitariya-gigiyena meʼyorlari va boshqalar. Zarur meʼyoriy bazalarsiz 
tabiatdan foydalanishning xoʻjalik mexanizmini, uni rejalashtirish, 
boshqarish, nazorat qilish, ragʻbatlantirish yoʻllarini takomillashtirib 
boʻlmaydi. Meʼyorlar atrof-muhitga, inson salomatligiga salbiy taʼsirni 
oldini olishga yoʻnaltirilgan.
Ilm-fan va amaliyotni hozirgi yoki kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatni tizimli tahlil qilish natijalarini aks ettiruvchi statistik maʼlumotlar, 
kartografik materiallar, shu jumladan, prognoz va tavsiyaviy kartografik 
hujjatlar bilan tezkor ravishda taʼminlash yanada murakkab vazifa 
hisoblanadi. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik maʼlumotlarni sifatli 
tahlil qilishda tezkor va interaktiv texnologiyalar zarurdir. Bu kabi 
muammolarni yechishda albatta raqamli texnologiyalardan foydalanish 
samaralidir. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologik vaziyat 
indikatorlarini tahlil qilishda va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda GAT 
texnologiyalaridan foydalanish ancha imkoniyatlar yaratadi. GATning 
geodeziya va ayniqsa, kartografiya sohalarida qoʻllanilishidan bir qancha 
yengilliklar kelib chiqadi. Bunda maʼlumotlarni qayta ishlash va bosmaga 
chiqarish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt va xarajatlar keskin kamayadi. 
Bundan tashqari maʼlumot olish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar vaqti qisqaradi 
hamda olinayotgan maʼlumotlar xajmi va sifati ortadi. Shu bilan birga 
ekologik kartalarga soddalashtirish kiritilishi xam yaxshi emas, bunda 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladigan zaruriy maʼlumotlari 
yoʻqotilishi mumkin.
GAT bu geografik maʼlumotlarni (nima, qayerda joylashgan) yozma 
maʼlumotlar bilan bogʻlovchi (u oʻzida nimani tasvirlamoqda) muhitdir. 
Qogʻoz xaritalardan (hatto skaner qilingan boʻlsada) farqli oʻlaroq GAT 
sizning ixtiyoringizga turli geografik va tematik maʼlumotlar qatlamini 
havola etadi. GAT real olam haqidagi maʼlumotlarni xaritaga bogʻlagan 
xolda tematik xarita-qatlam va maʼlumotlar bazasi toʻplamlari koʻrinishida 
saqlaydi. GATning vazifalariga: maʼlumotlarni kiritish (skaner qilish 
jarayoni,raqamlash va vektorlash), ishlov berish (maʼlumotlarni ajratish, 
mashtablash va video oʻzgartirish), soʻrov va tahlil (maʼlumotlarni saralash, 
filtrlash, izlash, tanlash,joylash va integrallash), boshqaruv (maʼlumotlar 


13 
bazasi boshqaruv tizimida ularni shakllantirish, saqlash va qayta ishlash), 
vizualizatsiya (maʼlumotlarni xarita, grafik, 3D tasvir, diagramma, foto, 
video koʻrinishida namoyish etish).
GAT texnologiyalari asosida yaratiladigan interaktiv kartalar: hududiy 
taraqqiyotning umumiy darajasi, hudud iqtisodiyoti asosiy tarmoqlarining 
holati, hududning iqtisodiy holati, investitsion faollik, aholi daromadlari 
darajasi, bandlik va mehnat bozori, ijtimoiy soha holati, ekologik vaziyat, 
xalqaro iqtisodiy faoliyat singari hududiy diagnostika koʻrsatkichlari va shu 
asosida hududlar reytingini hamda rivojlanish indeksini aniqlash 
metodologiyasini takomillashtirish imkonini beradi.
Har bir mamlakatda boʻlgani kabi atrof-muhitni muhofaza qilishning 
va tabiiy resurslardan foydalanishning standartlari va normativ huquqiy 
tizimi Oʻzbekistonda ham yaratilgandir. Mazkur standart va normativlar 
atrof muhit sifatiga qoʻyilgan cheklashlar va talablarning oʻzaro bogʻliq 
kompleksi, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning 
ishlab chiqarish texnologik va tashkiliy boshqaruv jarayonlariga talablar 
boʻlib, ular vositasida aholi va ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligi 
kafolatlanadi. Oʻzbekistonda qabul qilingan standart va normativlarga 
quyidagilar kiradi:
ifloslantirishning turgʻun va harakatdagi manbalari chiqaradigan 
ifloslantiruvchi moddalariga normativ va limitlar;
zaharli chiqindilarning shakllanishi va joylashish normativi;
suv olish va oʻrmondan foydalanish limitlari;
bioresurslardan foydalanishga kvotalar;
muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish va borib koʻrish
normativlari;
yovvoyi oʻsimliklarni yigʻish va hayvonlarni ovlash normativlari;
alohida hududlarni ifloslantiruvchi hamda zaharli moddalardan 
foydalanishni taqiqlash normativlari “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” 
gi qonunning oltinchi boʻlimi atrof-muhit sifatini normativlar va standartlar 
bilan tartibga solishga bagʻishlangandir.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat sanitariya nazorati 
toʻgʻrisida” gi qonunning qator moddalarida sanitariya normalari, qoidalari 
va gigiyena normativlariga qoʻyiladigan talablar berilgan. Atrof-muhitga 
sifatiga taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan eng yuqori darajasi 
normativlarning iqtisodiy, ijtimoiy, rekreatsiya, tabiiy muhitga fizik, 
kimyoviy, biologik oʻzgarishlari koʻrsatkichlarini belgilashga asos boʻladi. 
Atrof-muhit sifatiga taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan normativlari 


14 
vakolatli davlat organlari tasdiqlagan texnik normalardir. Ekologik 
normativlar ikki guruhga boʻlinadi:
1. Sanitariya-gigiyena;
2. Ishlab chiqarish-xoʻjalik;
1. Sanitariya-gigiyena normativlari – inson salomatligiga muvofiq 
keluvchi atrof-muhit koʻrsatkichlarini belgilaydi. U aholini sanitariya- 
epidemiologik masalalarida xotirjamligini taʼminlashning asosiy tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Bunda zaharli moddalar, radioaktiv moddalar hamda 
shovqinning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan normalarini belgilaydi.
Ishlab chiqarish-xoʻjalik normativlari zararli taʼsir manbalarining 
zararli moddalarni chiqarib yuborish va tashlash normativlari boʻlib, uvlar 
faoliyatining maʼlum boshlangʻich holatini cheklaydi. Bu kategoriyaga atrof 
tabiiy muhitni muhofaza qilishning ekologik talablarini oʻz ichiga olgan 
texnologik, qurilish, shaharsozlik qoidalari kiradi.

Download 2,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining ilmiy-tadqiqot

Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish