116
Ma`ruza 9
Texnikaviy ob`ektlarni avtomatik yondashish asosida loyihalash
(CAM/CAE/CAM)
Reja:
1.
Kompyuter texnologiyalari asosida loyihalashga yondashuv.
2.
Avtomatlashtirilgan tizim majmuasi.
Asosiy tayanch so’z va iboralar:
Guruhli loyihalash, agregatlash va unifikatsiyalash usullari, konstruktorlik
hujjatlarini yagona tizimi (единая система конструкторской документации -
ЕСКД), CAD/CAM/CAE- texnologiyalari
1.Kompyuter texnologiyalari asosida loyihalashga yondashuv
Texnik ob`ektlarni loyihalash nazariyasining holati va rivojlanish darajasi birinchi
navbatda loyihalash natijalariga qo`yiladigan talablarga bog’liq bo`ladi. Bu talab o`z
navbatida mavjud loyihalarni texnologik amalga oshirish va ruxsat etilgan
loyihalash vositalari bilan aniqlanadi.
Ko`rsatib o`tilgan omillar vaqt o`tishi bilan ilmiy texnik taraqqiyotga mos ravishda
o`zgaradi, takomillashadi va texnik ob`ektlarni loyihalash hamda tadqiq etish
nazariyasi ham shunga mos holatda rivojlanadi.
Loyihalashning boshlang’ich davri uchun (taxminan o`tgan asrning 40-yillari)
yakka tartibda qo`lda loyihalash deb atalgan forma to`g’ri keladi. Bu davrda ancha
sodda konstruktsiyaga ega bo`lgan texnik buyumlarning cheklangan turlari ishlab
chiqilar edi. Ilk bor ko`pgina buyumlar prototipsiz yaratilgani
uchun qarorlar asl
loyiha asosida qabul qilinishni talab etardi. O`sha davrda loyihachilarning ishi ijodiy
bo`lib, unda mexanik xarakterdagi ijodiy bo`lmagan ishlar 30 % ni tashkil etar,
loyihalash vositalari hamda usullari ancha sodda edi. Hisob-kitob ishlari usuli
ma`lum darajada empirik koeffitsiyentlar va taxminiy bog’liqlikka tayanardi.
Loyihachilarning texnik vositalari ancha ibtidoiy bo`lib, logorifmik lineyka, chizma
qurollari jamlamasi (gotovalniy ) va hakozolar bilan cheklangan edi. Ko`plab yirik
korxonalarda loyiha hujjatlari o`zlarining xususiy rasmiylashtirish tizimiga ega
bo`lib, bu hujjatlarni boshqa korxonalarga uzatishda katta
qiyinchiliklarni keltirib
chiqarar edi.
Loyihalashning indivudial texnik tarmoqlarini yaratish, sifat jihatidan tamomila
yangi o`sha vaqt davomida texnik qurilma va tizimning o`ta yuqori samarali turlarini
yaratishda jadallashtirish rolini o`ynadi.
Lekin tovar turlari miqdorini o`sishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar
nomenklaturasini kengayishi va ularning konstruktsiyalarini
murakkablashuvi
natijasida yakka tartibdagi loyihalash shakli ishlab chiqarish rivojiga jiddiy
to`sqinlik qila boshladi. Sanoat ehtiyoji va yakka tartibdagi loyihalash orasidagi bu
qarama-qarshilik loyihalashning yangi shakliga o`tish orqali hal qilindi.
117
Loyihalashning bu shakli
qo`lda namunaviy loyihalash deb e`tirof etildi
. Qo`lda
namunaviy loyihalash davri 40-60 yillar oralig’ida jadal rivojlandi va u o`z
tarkibiga
guruhli loyihalash, agregatlash va unifikatsiyalash usullarini joriy etdi.
Guruhli loyihalash usulida aniq bir buyum loyihalanmasdan
bir-biriga tuzilishi
jihatidan o`xshash bo`lgan buyumlarning mavjud hamda bashoratlanayotgan davrda
nazarda tutilayotgan shart-sharoitlarni qanoatlantiruvchi bir butun turkumning bir
qator parametrlari loyihalanadi.
Alohida buyumlarni yakka tartibli loyihalashdan ko`ra ob`ekt va loyihalash
jarayonlarini bir-biriga o`xshashligi tufayli buyumlarning bir qator parametrlarini
guruhli loyihalash samaradorligi ancha yuqori bo`ladi.
Agregatlash
45
va unifikatsiyalash
46
usullarining mohiyati avval detal va qismlarning
namunaviy konstruktsiyalarini minimal miqdorini ishlab chiqib, keyin har xil
buyumlarni loyihalashda ko`p martalab foydalanish uchun ishlab chiqishda
namoyon bo`ladi. Keyinchalik unifikatsiyalash loyihalashning hamma sohasini, shu
jumladan tashkiliy
sohasini loyihalashda, ya`ni buyumning tarkibiy qismlarini
maxsus ishlab chiqarishni tashkil etishda hal etuvchi ta`sir ko`rsatadi.
Agregatlash
va unifikatsiyalash usuli orqali nafaqat loyihalovchilarning ish samaradorligi oshdi,
balki buyumlarning tarkibiy qismlarini funktsional printsiplari va montajiga ko`ra
o`zaro almashuvini amalga oshirish yo`li bilan uning ishonchliligi va barqarorligini
oshirishning yangi imkoniyatlari yuzaga keldi.
XX asrning 50 yillariga kelib konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish hamda
unga murojaat
etishni muvofiqlashtiruvchi konstruktorlik hujjatlarini yagona