• Empirik formula
  •  Eksperiment natijalarni grafik tarzida tasvirlash va empirik




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    2. Eksperiment natijalarni grafik tarzida tasvirlash va empirik 
    formulalar olish 
    Egri chiziqlarni “silliqlash” uchun statistik usullar, xususan eng kichik 
    kvadratlar usuli qo`llaniladi. Lekin hisoblashlar juda murakkab bo`lib ketadi. 
    Shuning uchun “silliqlash” taxminan o`tkaziladi. Bunda quyidagi qoidalarga amal 
    qilish kerak: “silliqlashtirilayotgan” egri chiziq eksperimental nuqtalarga yaqin 
    turishi kerak, buning uchun eksperimental nuqtalardan egri chiziqqa tushirilgan 
    hamma normallar yig’indisi nolga teng bo`lishi kerak (bu nuqtalar egri chiziqning 
    ikki tomonida joylashgan bo`lib, musbat va manfiy belgiga ega bo`ladilar) (6.3 - 
    rasmga qarang). Yoki boshqa qoida: eksperimental nuqtalarni birlashgan kesmalar 
    va egri chiziq orasidagi yuzalar yig’indisi nolga teng bo`lishi kerak. 
    Eksperiment natijalari qiymatlaridan yasalgan grafikdan (egri chiziqdan) 
    empirik
    39
    formulalarni
    40
    chiqarish mumkin. Empirik formula deb eksperimental 
    egri chiziqni ifodalovchi matematik formulaga aytiladi va u y=f(x) ko`rinishida 
    bo`ladi. Bu yerda y – funktsiya qiymati, x – argument qiymati. 
     Empirik formulalar imkoni boricha sodda bo`lishi va argumentning o`zgarish 
    chegarasida eksperimental nuqtalarga aniqroq mos kelishi kerak. Empirik formulalar 
    analitik formulalarning taxminiy ifodasi hisoblanadi. Aniq lekin echilishi qiyin 
    bo`lgan 
    analitik 
    ifodalarni 
    taxminiy 
    ifodalar 
    bilan 
    almashtirish 
    approksimatsiyalash, funktsiyalar esa – approksimik funktsiyalar deyiladi. 
    Empirik formulalarni tanlash ikki bosqichdan iborat: 
    1-bosqich. Eksperiment natijalari to`g’riburchakli koordinatalar tekisligida 
    belgilanadi, bu nuqtalar silliqlashtirilib birlashtiriladi va taxminan matematik 
    formula turi tanlanadi. 
    2-bosqich. Matematik formula parametrlari hisoblanadi, bu parametrlar qabul 
    qilingan formulaga mos kelishi kerak. 
    Empirik formulalarni tanlash sodda ifodalardan boshlanadi. Masalan, y=a-bx,
    bu yerda, a,b – o`zgarmas koeffitsientlar.
    Quyidagi misolda empirik formula qabul qilib, koeffitsientlarni hisoblash 
    ko`rsatilgan. 
     
    39
    Слово «эмпирический» происходит от греческого ἐμπειρία (empeiría) — «опыт», основанный на опыте, 
    опирающийся на реальные факты. 
    40
    Эмпирическая формула — формула, определенная из опытных (эмпирических) данных. 


    105 
     

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Eksperiment natijalarni grafik tarzida tasvirlash va empirik

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish