Oʻqituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi




Download 249,5 Kb.
bet29/32
Sana18.11.2023
Hajmi249,5 Kb.
#100790
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
4-ma\'ruza

Oʻqituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi. Har qanday ta’lim muassasasida tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida oʻquvchining faoliyati oʻqituvchining bevosita rahbarligi ostida kechadi. Oʻqituvchining vazifasi pedagogik mahorat imkoniyatlaridan foydalanib, oʻquvchilarni fan asoslarini chuqur egallashga yoʻnaltirish, bilim olishga va kasbiy mahorat sirlarini bilishga nisbatan qiziqish uygʻotish, ijtimoiy borliqqa nisbatan erkin va ongli munosabatni tarbiyalashdan iboratdir.
Oʻqituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin va oʻqituvchi oʻzining ijodkorligi, pedagogik mahorati nuqtai nazaridan ushbu jarayonni tashkillashtiradi: 1) Rejalashtirish. 2) Tashkil etish. 3) Oʻquv harakatlari. 4) Natijalarni baholash va tahlil qilish.
Oʻqituvchi faoliyatida rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslarning rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ijodiy faoliyat lozim boʻladi. Oʻqituvchi mustaqil ravishda oʻquvchilarning tayyorgarliklari darajasini, ularning oʻquv imkoniyatlarini, moddiy baza holatini, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini oʻrganib chiqishi, oʻquv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini ishlab chiqishi kerak.
Oʻquvchilarga dars oʻtish faoliyatini tashkil etish uchun oʻqituvchi oʻquvchilar oldiga oʻrganilgan mavzu asosida oʻquv masalalarini qoʻyishi va uni bajarishi uchun imkoniyatlar yaratishi lozim. Bunda oʻquvchilarning faoliyati bilim olishdan iborat boʻladi. Bilim olish faoliyatining oʻziga xos xususiyati faoliyat qonuniyatlariga egaligidir. Bilim olish borliqni idrok etish, oʻrganish, mashq qilish va muayyan tajribalar asosida xulq-atvor hamda koʻnikma va malakalarning mustahkamlanib borishi, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borishi jarayoni. Bilim olishning ushbu komponenti ta’limiy xarakterga ega boʻlgan faoliyat natijasida ragʻbatni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
Bilim olishning yana bir komponenti oʻquv harakatlari sanalab, ular belgilangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. Oʻquv harakatlari oʻquv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon boʻladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) koʻrinishda boʻladi.
Tashqi oʻquv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar oʻtkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki, ya’ni mnemonik (yunonchadan «mnemonikon» –– eslabqolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.

Download 249,5 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Download 249,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻqituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi

Download 249,5 Kb.