|
Intellektual interfeyslar. Intellektual kontrollerlar. Intellektual (neyronli) kompyuterlar. Intellektual komplekslarda texnik qurilmalar
|
bet | 10/12 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 45,82 Kb. | | #107659 |
Bog'liq 4,4-АмалийIntellektual informatsion tizim (IIT) - bu vositalar, usullar va inson bir-biri bilan bog‘langan uyushma bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan, hamda qo‘yilgan masalani yechish uchun o‘z parametrlarini tashqi xodisalarga qarab sozlay oladigan vosita hisoblanadi. Hammaga ma’lumki, texnikaviy - dasturiy vositalar juda tez - tez o‘zgarib va yangilanib turadi (o‘rtacha har 2 - 3 yilda), intellektual tizimlar esa ancha sekin tarzda o‘zgaradi (o‘rtacha 15 - 20 yillar ichida). Intektual informatsion tizimlar asosan oddiy informatsion tizimlar natijasida tabiiy hosil bo‘lgan hisoblanib, ilmiy texnologiyalar asosida natija olish uchun kerakli ma’lumotlarni tayyorlash jarayonlari avtomatlashtirilgan darajada bajariladi. Informatsion intellektual tizimning (IITning) iqtisodiyotdagi vazifalari quyidagilardan iborat: - Korxonaning xolatini diagnostika asosida aniqlash; - Antikrizis boshqaruvda yordam berish; - Optimal qaror yechimini tanlab berish; - Korxonaning iqtisodiy faoliyatini tahlil qilib berish; - Strategik rejalashtirish; - Investitsion tahlil etish; - Qimmatli qog‘ozlar portfelini ishlab chiqish va boshqalar. Yuqorida keltirilgan masalalarni yechish uchun intellektual informatsion tizim quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishligi kerak: - Yengil va oson modellar asosida va asosiy ko‘rsatmalar aniq bo‘lmagan har qanday masalalarni yechish; - Dinamik ravishda o‘zgarib turadigan ma’lumotlar bilan ishlay oladigan va qayta ishlash davrida kirib kelayotgan yangi ma’lumotlarni hisobga oladigan bo‘lish; - Yig‘ilgan tajriba asosida kerak bo‘lgan bilimlarni ajratib olib, tizimni rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lish; - Umumiy saqlanayotgan ma’lumotlarning xajmini oshirib yubormaslik uchun, boshqa yerda saqlanatgan ma’lumotlar omboridan foydalanish va boshqalar. IIT larga quyidagi xususiyatlar kiradi: - Kommunikativ imkoniyatini rivojlantirish, dialog rejimda inson tiliga maksimal yaqin xolatda har qanday so‘rovlarni qayta ishlay olish (tabiiy til interfeys tizimi - TTIT); - Bo‘sh strukturlangan va yetarli formallashtirilmagan masalarni (engil modellar asosida) yechishga mo‘ljallangan bo‘lish; - Noaniq va dinamik ma’lumotlar bilan ishlay oladigan qobiliyatga ega bo‘lish; - Konkret situatsiyalar asosida yig‘ilgan bilimlarni ajratib olib, tizimni rivojlantirish; - Ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotlarni olish hususiyatiga ega bo‘lish va boshqalar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Intellektual interfeyslar. Intellektual kontrollerlar. Intellektual (neyronli) kompyuterlar. Intellektual komplekslarda texnik qurilmalar
|