|
Intellektual interfeyslar. Intellektual kontrollerlar. Intellektual (neyronli) kompyuterlar. Intellektual komplekslarda texnik qurilmalar
|
bet | 11/12 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 45,82 Kb. | | #107659 |
Bog'liq 4,4-АмалийIntellektual informatsion tizimlarni oddiy informatsion tizimlardan farqi quyidagilardan iborat: - Interfeys foydalanuvchi bilan tabiiy tilda bajarilishini ta’minlash; - Har qanday ob'yektlarni va uning atrofidagilarni bilim bazasi modeli shaklida ko‘rish, ya’ni noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar paytida to‘g‘ri hulosa chiqarish; - IITning yechimi “ochiq - oydinligi” bo‘lishligi, ya’ni foydalanuvchiga yuqori darajada tushuntura olish; - Ekspert tizimlari o‘z bilimlarini ekspertlar bilan muloqotda bo‘lib to‘ldirib borish; - Avtomatik ravishda yig‘ilayotgan faktlar asosida bilim bazasini to‘lg‘azib borish; - IIT foydalanuvchisiga “tayyor” javob beraolish, ekspert - inson bergan javobga to‘g‘ri kelishligini ta’minlash; - Bilim bazasini spetsifik komponent sifatida ishlatilishini ta’minlash va boshqalar. IIT klassifikatsiyasi. Yuqorida keltirilganlar asosida intellektual tizimlar quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega: 1. Kommunikativ imkoniyatini rivojlantirish. 2. Murakkab va yetarli darajada formallashtirilmagan masalalarni yechish bilimiga ega bo‘lish. 3. O‘zini - o‘zi o‘qitib rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘lish. Kommunikativ imkoniyatlar quyidagilardan iborat: 1. Intellektual ma’lumotlar ombori (IMO): 2. Tabiiy til interfeys tizimi (TTIT); 3. Gipermatnli tizimlar (GT); 4. Kontent tizimi (KT); 5. Kognativ grafiklar tizimi (KGT). 1. Intellektual ma’lumotlar ombori - oddiy ma’lumotlar omboridan farqi tushgan so‘rovlarni aniqlab, o‘zida kerakli ma’lumotlar bo‘lmasa, u holda boshqa omborlarga murojaat etib, javob bera olishi hisoblanadi. Masalan, sohaviy narhi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatinini chiqarib berish. 2. Tabiiy til interfeys tizimi - mashinaga bilimlarni tabiiy til ko‘rinishida yetkazib berish hisoblanadi. Bu jarayon yozilgan so‘zlarni lug‘at va sintaksis qoidalari asosida tekshirib aniqlab beradi. Bunday interfeyslar (moslashtiruvchilar) ma’lumotlar omboriga murojaatini hamda boshqaruv tizimlarda ovoz komandalarini yengillashtirib berish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Intellektual interfeyslar. Intellektual kontrollerlar. Intellektual (neyronli) kompyuterlar. Intellektual komplekslarda texnik qurilmalar
|