|
Intellektual mexatronika modullariga misollar
| bet | 6/12 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 45,82 Kb. | | #107659 |
Bog'liq 4,4-Амалий5.Intellektual mexatronika modullariga misollar
Intellektual mexatronika modullari (IMM) bu zamonaviy harakat modullarining uchinchi avlodidir. Mexatron harakat modullari bilan taqqoslaganda IMM mexanik va axborot qismlarini, dvigatellarni, boshqaruvchi va elektron qurilmalarni (kuchli o`zgartirgichlarni) o`z tarkibiga kiritgan konstruktiv va funktsional yaxlit modulni tashkil qiladi. Bunday yaxlitlik ularga intellektuallik xususiyatini beradi va foydalanuvchini interfeys muammosidan xalos qiladi.
IMMlarni qo`llashdan ijobiy natijalar quyidagilar:
-
Yuqori bosqichlarga murojaat qilmasdan murakkab harakatlarni mustaqil amalga oshirish. Bu modullarning avtonomligini, hamda o`zgaruvchan va noma`lum tashqi muhit sharoitida ishlash qobiliyatini oshiradi.
-
Modullar va markaziy boshqarish qurilmalari orasidagi kommunikatsiyalarning soddalashuvi. Bu tizimning xalaqit qiluvchi signallardan himoyalanishini oshiradi.
-
Nosozliklarni kompyuterli tashxis qo`yish yo`li bilan aniqlash va avtomatik himoyalash orqali tizimlarning ishonchligini oshirish.
-
IMM asosida tarqatilgan boshqarish tizimlarini tarmog’lanish usuli bilan yaratish. Kerakli dasturiy ta`minotni ta`minlagan holda apparat-dasturiy platformalarni qo`llash.
-
Quchli o`zgartiruvchilarni va sensorlarni intellektuallashtirish. Bu o`lchashlarni aniqlashtirishga, shovqinlarni filtrlashga, kirish/chiqish xarakteristikalarni chiziqlashtirishga olib keldi.
IMM quyidagi elementlardan iborat:
-
Dvigatel (aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi va h.k.);
-
Mexanik o`zgartichgich (tishli, tasmali, vintli va h.k.);
-
Tesqari bog’lanish datchiklari;
-
Kuchli o`zgartirgichlar (holat, tezlik, tok, temperatura, vibratsiya va h.k.);
-
Bog’lanish vositalari.
Zamonaviy elementlar bazasida tayyorlangan boshqaruvchi kontrollerlar ixcham va ishonchli mexatron mahsulotlarni yaratish imkonini beradi.
Yuqorida aytib o`tilgan barcha elementlar loyilovchi tomonidan yagona korpusga konstruktiv birlashtiriladi. IMMlar bilan ishlash uchun foydalanuvchi IMMni kommunikatsion magistral orqali boshqaruvning yuqori bosqichdagi kompyuter bilan bog’lash kerak bo`ladi. Natijada biz taqsimlangan boshqarish tizimiga ega bo`lamiz.
Uning strukturasi 16.3-rasmda keltirilgan. Bunda qurilmalar orasida aloqa almashinuvi umumiy shina printsipi asosida qurilgan kompyuter tarmog’i orqali amalga oshiriladi.
|
| |