Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar




Download 45,82 Kb.
bet9/12
Sana29.11.2023
Hajmi45,82 Kb.
#107659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4,4-Амалий

Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
1.Intellektual mexatron modullarning boshqalardan farqi?

2. Mexatron harakatlarni boshqarish masalasini nechta asosiy qismlarga ajratish mumkin?


3. Harakat kontrolleri blok-sxemasini tushuntiring.
4. Intellektual kuch modullariga misollar keltiring.
5. Intellektual sensorlar qanaqa vazifalarni bajaradi?
6. IMMlarni qo`llashdan ijobiy natijalar qanaqa?
http://fayllar.org

Intellekt” (intelligence) termini lotinchadan (intellectus) so‘zidan kelib chiqib - aql, idrok, fikr, mulohaza ya’ni insonning fikrlash qobiliyati ma’nosini anglatadi. Intellekt - inson miyasining intelektual masalalarni yechish qobiliyatiga aytiladi. Ushbu jarayon asosan tajriba asosida ma’lumotlarni qabul qilib, eslab qolish va maqsadli bilimlarni o‘zgartirish, hamda har xil sharoitlarda moslashtirishga asoslangan bo‘ladi.

Yuqoridagi ta’rifda keltirilgan “bilim” so‘zi insonning faqat sezish organlari orqali olinadigan ma’lumotlar emas, balki bizni qamrab olgan tabiyatdagi barcha ob'yektlar bir - biri bilan bog‘liqligi hisoblanadi. Har bir inson turgan joyining atrofidagi barcha ko‘zga ko‘ringan va eshitayotgan ma’lumotlarni miyasida saqlaydi. Shuning uchun bilim - bu amaliyotda tekshirilgan va mantiqiy aniqlangan haqiqat fikr natijasi hisoblanadi.

Asosan, bilim insondagi tushuncha, fikrlash va nazariya hisoblanadi, hamda hayot jarayonida o‘rganish natijasida rivojlanib boradi. Sun’iy intellekt (artificial intelligence) esa - bu avtomatik tizimlarning o‘ziga inson intellektining alohida funktsiyalarini bajara olish qobiliyatiga aytiladi. Masalan, oldin olingan tajriba asosida tanlab va tashqi ta’sirlarni tahlil etib optimal savolga javob qabul qilish hisoblanadi. Yuqorida keltirilganlarni amalga oshirish uchun va intellektual masala oddiy masalalardan farqini bilish uchun albatta “algoritm” terminidan foydalaniladi.

Algoritm - bu har qanday masalani yechish uchun aniq ketma - ketlik yo‘lini aniqlab va ko‘rsatib beruvchi qoida hisoblanadi. Intellektual masalalar - bu shunday algoritm yaratish yoki topish kerakki, u aniq fikrlash, mantiqiy isbotlangan va juda yuqori darajali aniqlik bilan Yechimini topish kerak bo‘lgan masalalar hisoblanadi. Intellektual tizim (IT) - bu dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan texnikaviy qurilma (kompyuter) bo‘lib, tashqi xolat va ta’sirlarga qarab o‘z parametrlarini sozlab, masalani yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilma hisoblanadi.


Download 45,82 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 45,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

Download 45,82 Kb.