|
Intellektual interfeyslar. Intellektual kontrollerlar. Intellektual (neyronli) kompyuterlar. Intellektual komplekslarda texnik qurilmalar
|
bet | 12/12 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 45,82 Kb. | | #107659 |
Bog'liq 4,4-Амалий3. Gipermatnli tizimlar - ma’lumotlar omborida kalitli so‘zlar yordamida matnli axborotlarni qidirish uchun ishlatilish. 4. Kognitiv grafik tizimi - foydalanuvchilarni IIT bilan bog‘lanishda grafik ko‘rinishdagi ma’lumotlar bilan ishlash. Masalalarni yechish turi bo‘yicha: - Ekspert tizimlari; - Sinflangan (klassifikatsiyalangan) tizimlar; - Oldindan aniqlovchi tizimlar; - Transformatsiyalovchi tizimlar; - Ko‘p agentli tizimlar. O‘zi o‘rganish qobiliyatiga binoan: - Induktiv tizimlar; - Neyronli tizimlar; - Da’volarga asoslangan tizimlar; - Ma’lumotlarni saqlanish joyi. Intellektual informatsion tizimlar arxitekturasi.
MO - ma’lumotlar omborida ob'yektga taaluqli formatlangan ma’lumotlar, ya’ni konkret faktlar va o‘zgarmas konstantalar saqlanadi.
IIT larda ma’lumotlarni saqlash uchun relyatsion yoki ob'yektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar ombori ishlatiladi.
Bilimni interpretatsiya tizimi ya’ni mashina orqali chiqarish tizimi asosan natija olish uchun kerakli darajada bilimni qo‘llash hisoblanadi.
Bilimni olish tizimi ekspertni va bilim muxandisining takliflari asosida bilim bazasini (omborini) to‘lg‘azib boradi va o‘rganadi.
Tabiiy til interfeys tizimi (TTIT) foydalanuvchining so‘rovini va masala javobini tabiiy tilda berish mexanizmi hisoblanadi.
Javobini tushuntirib beradigan tizim bilimni interpretatsiya tizimidan kelayotgan ma’lumotlarni protokollashtirib, foydalanuvchiga mantiqiy asosda hulosalar chiqarib beradi.
Takrorlash uchun savollar: 1. Sun’iy intellektni ta’riflang. 2. Ekspert tizimi nima? 3. Bilimlar muhandisining vazifalari. 4. ET loyihalanishining instrumental muhitiga nimalar kiradi? 5. Ekspert tizimlarining oddiy dasturlardan farqlari.
Texnik diagnostika - mashinalar, qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va boshqalarda nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi alomatlarni aniqlash va oʻrganish. Mashinalar, qurilmalar va texnik tizimlarning risoladagi ish maromlari yoki holatlaridan muayyan darajadagi ogʻishlarni oldindan bilish, oldini olish va bartaraf qilish maqsadida oʻtkaziladi. Texnik diagnostika nazorat qilinayotgan obyekt (mashina, qurilma, televizor va boshqalar)ni tashqi koʻzdan kechirish, maxsus diagnostika apparatlari yoki diagnostika dasturlaridan foydalanish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi obyektlar (avtomobillar, mototsikllar, traktorlar va boshqalar) maxsus ustaxonalar yoki taʼmirlash korxonalaridagi diagnostika punktlarida, muqim (qoʻzgʻalmas) obyektlar (stanoklar, texnik tizimlar va boshqalar) turgan joyida Texnik diagnostikadan oʻtkaziladi. Nazorat qilinayotgan obyekt va uni tekshirish vositalari (apparatlari va boshqalar) birgalikda diagnostika tizimini tashkil qiladi. Ular oʻzaro taʼsirlashib, diagnostika algoritmini amalga oshiradi. Natijada obyektning texnik holati toʻgʻrisidagi xulosa tuziladi (mas., "mashina buzuq emas", "stanok ishga yaroqsiz", "televizorda chastotalar detektori ishdan chiqqan" kabi xulosalar qayd qilinadi). Texnik diagnostikani amalga oshirish uchun obyektning matematik modeli (uning risoladagi va buzuq holatlari bayoni) ni tuzib olish usulidan ham foydalanish mumkin. Mas., shovqin bilan yoki titrab ishlovchi obyektlarni tekshirishda shovqin yoki titrash egri chiziqlari (akustik Texnik diagnostika usuli), mikroelektron texnologiya yoki payvandlash jarayonida obyektlarni rentgen nurlarida tasvirlash model vazifasini oʻtashi mumkin.
Diagnostika vositalarini apparatli, dasturli va dasturapparatli turlarga boʻlish mumkin. Hozir Texnik diagnostikaning kompyuterli va raqamli vositalaridan keng foydalaniladi. Texnik diagnostika texnik obyektlarning ishonchliligini taʼminlash va risoladagidek tutib turishda juda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Uslubiy jihatdan Texnik diagnostikaning tibbiy diagnostika bilan umumiy tomonlari mavjud (qarang Diagnostika, Diagnostika vositalari).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Intellektual interfeyslar. Intellektual kontrollerlar. Intellektual (neyronli) kompyuterlar. Intellektual komplekslarda texnik qurilmalar
|