Intellektual mexatronika modullariga tushuncha
Intellektual mexatron modullar (IMM)ning yaratilishi mexatronika rivojlanishining zamonaviy bosqichi asosiy xususiyati hisoblanadi. Mexatron harakat modullaridan farqi ularda qo`shimcha ravishda mikroprotsesssorli hisoblash qurilmalari va kuchli elektron o`zgartirgichlar o`rnatilgan bo`ladi. Bu esa IMMlarga intellektuallik xossalarini beradi.
Intellektual mexatron modullar uchun modullik printsipi xos bo`lib hisoblanadi. KONTROLLER + KUCH O`ZGARTIRGICH + DVIGATEL + MEXANIZM + DATCHIK modullarining birlashmasi va kontrollerning belgilangan DASTURIY TA`MINOTI bo`lgan taqdirda intellektual mexatron ijro etuvchi mexanizm bo`lib hisoblanadi. Ammo bu elementar modullar asosida yasalgan ijro etuvchi mexanizmlar berilgan talablarga hamma vaqt ham javob bera olmaydi. Zamonaviy yuqori texnologik intellektual modul (IM)larni yaratishga mexatron yondoshish mexanik, elektromexanik, elektron, elektrotexnik, kompyuter va interfeys elementlarining o`zaro hamkorligi, oraliq energiya va ma`lumotlar hosil bo`lishini minimallashtirish, hamda elektr va mexanik interfeyslarning alohida blok sifatida ishlashini talab qiladi. Bu talablar ijrochi mexanizmlarining ixchamligi, aniqligi va tannarxi kabi ko`rsatgichlarni yaxshilashga olib keladi.
Intellektual mexatron modul (IMM)larda zamonaviy mexatron modullarning 3 ta komponentlari birlashtirilgan – elektromexanik, elektron va kompyuterli.
Mexatron modullarning zamonaviy rivojlanishi ularning ta`sirini ko`p funktsional harakatlarining intellektuallashtirish bo`lib hisoblanadi: yangi avlod modullari o`z tashkil etuvchilari – elektromexanik, elektron va kompyuter yo`nalishlarini birlashtirilgan. Texnik jihatdan intellektual mexatronik modullarini rivojlantirish mikroprotsessor tizimlarining jadal rivojlanishi bilan bog’liqdir. Ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanib borishi mikroprotsessorlar narxining pasayishiga va rentabelligining oshirishga va shu sababli uni amaliyotga keng qo`llashga olib keladi.
Harakatlanish mexatron modullarning intellektuallashuvi interfeysli birlashish nuqtasiga qarab 3 yo`nalishga bo`linadi:
Boshqaruv kontrollerini yuqori bosqichdagi kompyuter bilan yaxlit apparat-dastur boshqaruv kompleksiga bog’lovchi integrallashgan interfeyslarni yaratish.
Boshqaruv kontrollerlari va kuch o`zgartirgichlarni integratsiyalash orqali intellektual kuch modullarini yaratish.
Barcha oddiy o`lchov vazifalaridan tashqari signallarga kompyuterli ishlov beruvchi va ularni dasturlarga mos ravishda o`zgartiruvchi intellektual sensorlarini yaratish.
Kompyuterli boshqarish qurilmalari (KBQ)ning mexatron modullarda texnik qo`llash usullarining ko`rib chiqamiz.
|