|
INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES ANDBog'liq 95 100 steam oqitishda talim nazariyasi va amaliyoti ozaro tasirining (2)INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND
SOCIAL SCIENCES
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
Vol 3, Issue 6 (2023)
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce,
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
97
musiqa), hunarmandchilik va boshqa ifodali san'at turlarini o„z ichiga oladi deb hisoblashadi (San'at
ta‟limi milliy assotsiatsiyasi, 2016 ).
STEAM ta‟limining maqsadi haqida ham turlicha qarashlar mavjud. Ko„pgina empirik
tadqiqotlarda tadqiqotchilar qabul qilishga moyil bo„lgan ikkita dominant yondashuv mavjud. Birinchi
yondashuv san'atning foydali istiqbolini qabul qilib, uni STEM ni rag'batlantirish vositasi sifatida
qabul qiladi (Ge va boshq., 2015). Undan farqli ravishda ikkinchi yondashuv talabalarning umumiy
ko„nikmalarini oshirish muhimligini ta‟kidlaydi, masalan, istiqbolga ega bo„lish, ijodiy va
muammolarni hal qilish ko„nikmalari, bilimlarni fanlararo bog„lay olish va bilishning yangi usullarini
egallash ko„nikmalarini rivojlantirish (Perignat & Katz-Buonincontro , 2019 ) .
Yetakchi davlatlarning ta‟lim tizimlari o`rganilganda STEAM ta‟limining quyidagi afzaliklari
ajratildi:
1. Fanlar bo‘yicha emas, mavzular bo‘yicha integrallashtirilgan ta’lim. STEAM ta‟limi
fanlar, texnologiya, muhandislik, san‟at va matematika integratsiyasiga asoslangan ta‟lim jarayoni va
loyihaviy faoliyatga quriladi.
2. Ilmiy-texnikaviy bilimlarini real vaziyatlarda qo‘llay olish. Ma‟lum bir loyiha doirasida
olib borilgan mashg„ulotlarda bolalar "kerakli mahsulotlarni" muhokama qiladilar, loyihasini ishlab
chiqadilar, quradilar va haqiqiy prototiplarini yaratadilar.
3. Tanqidiy fikrlash va muammolar yechimini toppish ko‘nikmalari rivojlanadi. STEM ta‟lim
dasturlari bolalar kundalik hayotda duch kelishlari mumkin bo„lgan qiyinchiliklarni yengishlari uchun
kerak bo„ladigan tanqidiy fikrlash va muammolar yechimini topish ko„nikmalarini rivojlantiradi.
4. O‘ziga bo‘lgan ishonchning shakllanishi. Ko„priklar va yo„llar qurish, robotlar va elektron
o„yinlarni sinash, suv osti va havo laynerlarini takomillashtirish jarayonida bolalarning maqsadiga
erishish quvonchi ularda o„ziga bo„lgan ishonchni shakllantiradi.
5. Jamoada ishlash va muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarining rivojlanishi. Loyiha ustida
ishlar ekan bolalar o„z takliflarini muhokama qiladilar, birgalikda izlanadilar, yasaydilar, bir-birlarini
qo„llaydilar va bundan quvonch his qiladilar
6. Texnik fanlarga qiziqishni rivojlantirish. STEAM ta‟limi qurish, yasash, yaratish bilan
bog„liqligi bolalarda texnik fanlarga bo„lgan qiziqish va ehtiyojni shakllantiradi.
7. Har bir bolaning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy faoliyat
orqali texnik ijodkorlik uchun motivatsiyatsion muhitni shakllantirish.
Bolalar uchun robototexnika markazlarining tashkil etilishi va sonining ortishiga hamda AKT
texnologiyalarining joriy qilinishiga qaramasdan ularda kichik yoshdan o„yinlar asosida muhandislik
va tabiiy-ilmiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo„naltirilgan metodikalar ishlab chiqilmagan.
Robototexnika bilan ishlashni boshlayotgan kichik yoshdagi bolalarda olam haqida va ilk fundamental
matematik tushunchalarning shakllanmaganligi, tizimli eksperemental tadqiqotlarga tayanmagan holda
faoliyat olib borishiga sabab bo„ladi. Bu yoshda robototexnika bolada faqat konstruktorlik
ko„nikmasini shakllantiradi, tabiiy muhitdagi tajribalarga tayanmagan bilimlar bir butunlikni kasb
etmaydi. “Maktabgacha yoshdagi boalar uchun STEAM ta‟limi” dasturi bolaga olamni o„yin, tirik va
jonsiz tabiat ob‟ektlari bilan tajriba o„tkazish orqali o„rganish imkonini beradi. Metodik materiallar
tirik mavjudodlar va qurilishi lozim bo„lgan ob‟yektlarning o„xshash jihatlarini tahlil qilish orqali
konstruktorlardan tirik mavjudodlarni eslatadigan robotlar yaratish tajribasini beradi. Keyinchalik
dasturlash ko„nikmalari bu robotlarni eshitish va ko„rish, harakatlanish qobiliyatlari bilan to„ldirish
istagini beradi. Bu jarayon bolalar uchun juda qiziq bo„lib, kelajakda XXI asrning zaruriy muhandis,
dasturchi, olim va b. kasb egasi bo„lishini ta‟minlaydi.
8. Mehnat qilish va kasblar dunyosi bilan tanishish.
|
| |