Informatika fanlarini o`qitishda muammoli o`qitish texnologiyalari




Download 167,5 Kb.
bet3/9
Sana19.12.2023
Hajmi167,5 Kb.
#124159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24-Muammoli o‘qitish texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish metodikasi.
Matematika o\'qitish metodikasi, Abdullayev Sanjarbek, Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, KIBERXAVFSIZLIKGA OID HUJJATLAR, MUHAMMADAZIZ, Fotoelektron asboblar (2), YARIM O\'TKAZGICHLAR, o\'zgarmas tok zanjirlari va ularni hisoblash (2), Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, O\'zgarmas tok zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar, 2 labaratoriya, Clayton (The Wildflower Series - Rac e Mills-PDFConverted, BANK MACHINES, 12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.

1.2 Informatika fanlarini o`qitishda muammoli o`qitish texnologiyalari




Muammoli ta'limning asosiy maqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta'limning ilmiy-nazariy asoslari haqida gap borganda, uni ta'limning metodi, printsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta'limni qanday nomlashdan qat'iy nazar uning asosiy hususiyati - bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf etishdan iboratdir. Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalaryig’indisiga muammoli ta'lim deyiladi.
Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta'limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi.
Muammoli ta'lim o’zining maxsus tushunchalariga ega bo’lib, ularning mohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib bo’lmaydi.
Muammoli ta'lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega:

  • Muammo

  • Muammoli savol

  • Muammoli vazifa

  • Muammoli topshiriq

  • Muammoli vaziyat

Muammoli ta'limning asosiy tushunchalariga izoh berishdan oldin, tayyor bilimlarni o’qituvchi tamonidan berilishi yoki o’quvchining mustaqil egallashini izohli- ko’rgazmali metodi natijasi sifatida aniq tasavvurlar hosil qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur bo’lganda qayta tiklanishini aniqlaydigan axborot shaklidagi savolni tushunish o’rinlidir.
Axborot shaklidagi savol: tayyor javobi bo’lgan, xotiradagi bilimlarga tayanib echimi topiladigan holat bo’lib, “ nima, kim, qachon, qayerda, qanday, qancha, qaysi, ..? ” kabi so’roqlar asosida javobi aniqlanadi.
Muammoli ta'limning dastlabki tushunchasi muammo hisoblanadi.
Muammo yunoncha “problem” so’zidan olingan bo’lib, vazifa, topshiriq degan ma'no-ni anglatadi.
Tayyor javobi bo’lmagan, o’rganish, tadqiq etishni talab qiladigan nazariy yoki amaliy masala muammo hisoblanadi.
Inson hayoti va faoliyati jarayonida cheksiz muammolarga duch keladi. Shaxsiy muammolar, ijtimoiy muammolar, turmush muammolari, talim-tarbiya muammolari va boshqalar. Bularning har biri o’ziga xos echim yo’llariga ega. Ta'limiy muammolar bilim oluvchidan aqliy operatsiyalarni bajarishni talab etadi. Bu operatsiyalar muammoli holatning xususiyatidan kelib chiqib, bir-biridan farq qiladi. Muammoli savolda bajariladigan aqliy operatsiya muammoli vazifanikidan, muammoli topshiriqda bajariladiganlari muammoli vaziyatnikidan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Download 167,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 167,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika fanlarini o`qitishda muammoli o`qitish texnologiyalari

Download 167,5 Kb.