• kabi so’roqlar muammoli savol paydo bo’lishini taminlaydi.
  • Muammoli ta'limning keyingi asosiy tushunchasi




    Download 167,5 Kb.
    bet4/9
    Sana19.12.2023
    Hajmi167,5 Kb.
    #124159
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    24-Muammoli o‘qitish texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish metodikasi.
    Matematika o\'qitish metodikasi, Abdullayev Sanjarbek, Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, KIBERXAVFSIZLIKGA OID HUJJATLAR, MUHAMMADAZIZ, Fotoelektron asboblar (2), YARIM O\'TKAZGICHLAR, o\'zgarmas tok zanjirlari va ularni hisoblash (2), Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, O\'zgarmas tok zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar, 2 labaratoriya, Clayton (The Wildflower Series - Rac e Mills-PDFConverted, BANK MACHINES, 12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.
    Muammoli ta'limning keyingi asosiy tushunchasi muammoli savol sanaladi. Muammoli savol axborot shaklidagi savoldan farqli o’laroq tafakkur qilish yo’li bilan izlangan noma'lumni topishni ta'minlaydigan so’roq bo’lib alohida holda, muammoli vaziyat va vazifalarning tarkibida bo’lishi mumkin. Muammoli savolga fikr yuritish orqali javob topiladi. “Nima uchun, nima sababdan, buni qanday tushunsa bo’ladi, bundan qanday xulosa chiqarish mumkin...? “ kabi so’roqlar muammoli savol paydo bo’lishini ta'minlaydi.
    Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari mavzusi yuzasidan quyidagi savolni muammoli deb tavsiya etish mumkin:
    - Pedagogika faniga turlicha ta^riflar berilgan. “Pedagogika tarbiya haqidagi fandir" - degan ta'rif ko’p uchraydi. Siz shu qoidaga qo’shilasizmi yoki qo’shilmaysizmi? Siz qanday ta^rifni pedagogika fani uchun eng ma'qul deb sanaysiz? O'zingizgayoqqan ta^rifni izohlab bering.
    Bir nechta echimini kutayotgan muammoli savolning bir-biriga bog’liq holda qo’yilishi muammoli vazifani keltirib chiqaradi. Muammoli vazifa sharti aniq bo’lgan, kimdir tamonidan hosil qilingan, javobini topish doirasi cheklangan didaktik tushunchasidir.
    Muammoli vazifaning mazmuni bilim oluvchiga aniq bo’lgan masalaning noanig’i bilan ziddiyatlashuvidan iboratdir. Noaniq topilishi zarur bo’lib, izlanishni, fikrlashni, mantiqiy hulosalar chiqarishni ta'minlaydi. Muammoli vazifa albatta vazifa beruvchi tomonidan hosil qilinadi.
    Pedagogika fanining ta'lim metodlari mavzusi yuzasidan talabalar uchun o’qituvchi tomonidan quyidagi muammoli vazifalar belgilanishi mumkin:

    • Ilg’or o’qituvchining darsiga kirib, uni tahlil qiling.

    Ta'limning qanday metodlaridan foydalandi? Bu metodlar
    fanning va mavzuning mazmuniga qanday darajada
    mosligini izohlang.

    • Sizningcha qanday metodlardan foydalanilganda dars yanada samarali bo’lishi mumkin edi?

    • Bu vazifalaming echimini topish uchun talaba birinchi o’rinda mavzu yuzasidan mavjud bilimlarni mufassal egallashi, ta'lim metodlarini bilishi va bir-biridan farqlay olishi zarur. Shu asosda o’qituvchining yutuq va kamchiligini tahlil qila oladi.

    • Muammoli savol va vazifalar birgalikda muammoli topshiriqning tarkibida kelishi mumkin. Muammoli topshiriq - o’qituvchi, ta'lim beruvchi, kitob muallifi tomonidan muammoli savol va vazifa shaklida bilim oluvchini muammoli vaziyatga tushiradigan o’quv topshirig’idir.

    • Muammoli topshiriqda muammoli savol va vazifalarning elementlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham muammoli vaziyatga olib kiradi.

    • Muammoli vaziyat - sub'ektning psixologik holati bo’lib, muammo bilan duch kelganda aqliy qiyinchilikning paydo bo’lishi zudlik bilan hal qilishga halaqit beradigan yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib, hosil bo’lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi.

    • Muammoli holat shaxsni yangi bilimlar olishga da'vat etadi

    • Ma'lumki, muammoli vaziyat hosil qilgandagina o’quvchilarni fikrlashga, munosabat bildirishga hamda xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Dars jarayonida o’quvchilar berilgan o’quv materialini eslabgina qolmay, balki uni boshqa materiallar bilan taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga yo’naltirilmog’i kerak bo’ladi. Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi ma lum muammoli vaziyatni tashkil qilar ekan, eng avvalo, o’quvchiga qo’yilayotgan muammoni to’g’ri anglatish, unda muammoni echishga qiziqish uyg’otish zarurdir.

    • Muammoli ta'limning mohiyati o’qituvchi tomonidan o’quv mashg’ulotida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, muammoli savol, topshiriq va vazifalarni bajartirish orqali yangi bilimlarni egallash bo’yicha ularning o’quv faoliyatini boshqarib borilishidir. Muammoli o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda o’qituvchi hech qachon o’quvchilarga tayyor javoblarni berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni egallashga yo’l ko’rsatishi, ayrim voqea, axborot va hodisalar misolida mustaqil ravishda uning echimi ustida ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga qaratishi lozim.

    • O'qituvchining faoliyati o’quv materiallarini bayon etishdan, o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish orqali mustaqil va ijodiy ishlashni tashkil qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini ob'ektiv baholash va rag’batlantirib borishdan iborat bo’ladi.

    • Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning zarur shartlaridan biri ta'lim jarayonida o’qituvchi, o’quvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlovchi, yo’naltiruvchi, maslahat beruvchi, tafakkurini rivojlantirishning to’g’ri yo’llarini ko’rsatuvchi, hamkorlik qiluvchi shaxs sanaladi. Bunga muammoli ta'lim orqali erishish eng ma'qul yo’l hisoblanadi.

    Muammoli ta'lim mustaqil, ijodiy va faol o’zlashtirishni ta'minlash bilan birga, keng qamrovli fikr yuritishga, avvaliga o’zi uchun yangi bilimlarni kashf etishga va keyinchalik ilmni, fanni rivojlantiradigan kashfiyotlar qilishga zamin hozirlaydi. Ta’limiy loyiha–aniq reja, maqsad asosida pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish, uning natijasini kafolatlashga qaratilgan harakat mahsulidir, loyihalashtirish esa boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakatlardir.
    Bizga ma’lumki metodik tизим ta’limning maqsadi, mazmuni, metodi, shakli va vositalaridan tashkil topgan tizim bo‘lib, bu metodik tizimning barcha tashkil etuvchilari shu qadar mustahkam aloqadaki, ulardan birining o‘zgarishi butun tizimdagi boshqa tashkil etuvchilarni butunlay o‘zgarishiga olib kelishi mumkin .
    Informatika o‘qituvchisi o‘z pedagogik faoliyatini metodik tizim sifatida loyihalaydi.Buning uchun u o‘quv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etadi, bunda fanga ajratilgan soatlar, o‘quv soatlari tuzilishi, fanni o‘qitish haftasiga necha soatga to‘g‘ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolarni tahlil etadi .

    1. Ta’lim maqsadini loyihalash. Bunda maqsadning qo‘yilishi va unga muvaffaqiyatli erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi va ota-onalar uchun ham shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlanishi lozim. Maqsadni qo‘yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so‘zlardan o‘rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo‘llash”, “...ga ega bo‘lish”, “... xususiyatlarni ifodalay olish” kabi so‘z tuzilishlaridan foydalanish, masadning asosi sifatida o‘zlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanadi;

    2. Ta’lim shaklini loyihalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi aynan ana shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim o‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur.

    3. Ta’lim mazmunni loyihalashtirish. Ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlarida, fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan holatda darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi . O‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishishi lozim.

    4. Ta’lim metodini loyihalashtirish. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishni loyihalaydi.

    5. Ta’lim vositalarini loyihalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bo‘lib, o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.

    Ta’lim nazorat va baholashni loyihalashtirishda ta’limni oldindan kutilgan, natijasiga erishish, ta’lim natijasi monitoringini olib borish, nazorat qilish, tashxislash va to‘g‘rilab borishni nazarga tutib, joriy, oraliq yakuniy baholash mezonlarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
    O‘qituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi.

    Download 167,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 167,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli ta'limning keyingi asosiy tushunchasi

    Download 167,5 Kb.