Internet texnologiyalari




Download 167,5 Kb.
bet7/9
Sana19.12.2023
Hajmi167,5 Kb.
#124159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24-Muammoli o‘qitish texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish metodikasi.
Matematika o\'qitish metodikasi, Abdullayev Sanjarbek, Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, KIBERXAVFSIZLIKGA OID HUJJATLAR, MUHAMMADAZIZ, Fotoelektron asboblar (2), YARIM O\'TKAZGICHLAR, o\'zgarmas tok zanjirlari va ularni hisoblash (2), Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, O\'zgarmas tok zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar, 2 labaratoriya, Clayton (The Wildflower Series - Rac e Mills-PDFConverted, BANK MACHINES, 12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.
Shaxsiy portfolio bu-shaxs haqida to‘plangan dalillarning tizimli yig‘indisi bo‘lib, unda o‘quvchining shaxsiy yutuqlari muntazam aks etib boradi. Portfolio tarkibiga o‘quvchi haqidagi asosiy ma’lumotlar (kelib chiqishi, oilasi, yaqin kishilari), tashakkurnoma, diplomlar, mukofotlari, tadqiqotlarga, loyihalarga ishtiroki, ijodiy ishlari, referatlari, konferensiya maqolalari o‘rin oladi.
O‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish orqali ularga mehnatga muhabbat, yangi bilimlarni egallashga motivatsiya (ichki hissiyotni uyg‘otish) hosil qilish, o‘z mehnatidan ruhlanish, kelgusi kasbini aniqlab olish imkoniyatlarini beradi.
Mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usuli. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi. Informatika ta’limida muammoli bayon etish usulidan foydalanishda muammoli vaziyat yaratiladi, vaziyatni tahlil qilish asosida muammo qo‘yiladi, turli farazlarni ilgari suriladi, ulardan biri tanlanib, yechim tekshiriladi.

2.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi.


Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir.


Ta’lim berish usuli-belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va talabalarning birgalikdagi o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li


2.1-rasm. Informatika ta’limi metodlari


Informatikadan ta’lim berish maqsadiga erishish uchun o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi ish faoliyatida an’anaviy, noan’anaviy yoki passiv, faol va interfaol usullardan foydalaniladi (3.1-rasm).


Ta’lim metodlari deganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim. Ta’lim markazida o‘qituvchi turgan, muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim jarayoni an’anaviy (subyekt-obyekt munosabati), ta’lim markazida talaba turgan ta’lim jarayoni noan’anaviy (subyekt-subyekt) ta’lim jarayoni deb yuritiladi.
An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi .
Passiv uslubda obyekt” sifatida faqat ko‘ruvchi va eshituvchi bo‘lib, asosiy ishtirokchi shaxs o‘qituvchi hisoblanadi.
Faol uslubda o‘quvchi “subyekt” sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri kuchayib, sustlar faollashadi
2.2 - rasm. Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri.
Interfaol uslubda o‘zaro faol bo‘lish, ta’sir etish kuchayadi. Bunday ta’limda o‘ituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qiydilar, o‘rganadilar.
Interfaol inglizcha interact – o‘zaro ta’sirlanish (yoki interaction – o‘zaro ta’sir) so‘zidan olingan bo‘lib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro muomalada, o‘zaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal qilinadi. Informatika fanini noan’anaviy o‘qitish metodlari A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, M.Mamarajabov, Q.M.Karimov, D.Esonbayeva, M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab innovatsion ta’lim metodlari qo‘llaniladi.
Keyingi vaqtlarda ta’lim mazmuni tubdan o‘zgardi, bunga sabab axborot texnologiyalari sohasida ikkita yo‘nalishda o‘zgarishlar bo‘ldi. Birinchisi-bu Internet va telekommunikatsiyaning tez rivojlanishi, dunyoning ixtiyoriy joyidagi fan o‘zgarishlarini, yangiliklarini tezda bilib olish, bilimlarni ko‘paytirish imkoniyati va ayni vaqtda dasturiy ta’minotlar, PDV, axborot resurslarning internetdan olish, web texnologiya, mobil texnologiya, bulutli texnologiyalar va internet interfeysining o‘zlashtirilishining osonlashganligi bo‘lsa, ikkinchidan-katta hamdagi (yuzlab gigabaytlarda) axborot tashuvchi qurilmalarning CD-ROM (Compact Disk Read Only Memory) kompakt disklari va tashqi xotira qurilmasi (fleshka) ishlab chiqilib amaliyotda foydalanilayotganligi. Ular yordamida ixtiyoriy gipermatnli, multimediali PDVni olib yurish, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish mumkinligi, hamda AKT doimiy ravishda rivojlanib, ta’lim tizimida har bir ish joyi avtomatlashtirilib, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilayotganligidir.

    1. Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘quvchilarni Vatanimizni sevadigan, o‘z bilimi va iste’dodiga suyanadigan hamda zamonaviy AKTdan foydalangan holda mustaqil ravishda puxta bilim oladigan, O‘zbekistonning qudratli davlat bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadigan, har tomonlama barkamol, sog‘lom qilib tarbiyalashdan iborat.

Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, informatika fanlari o‘qitilishining uzviyligi va uzluksizligi ham ana shu tamoyilga asoslanadi. Mamlakatimizda informatika fanlarining ta’lim turlari uzluksiz bo‘lib, u maktabgacha ta’lim,umumiy o‘rta ta’lim,o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim,oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash va maktabdan tashqari ta’lim.
Bizga ma’lumki, uzluksiz ta’lim jarayoni o‘quvchini biror bir kasb-hunarga qiziqishini oshirish, shakllantirib boradi informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsiyalarni yoritishni bo‘lajak informatika o‘qituvchisini tayyorlash misolida ko‘rib o‘tamiz .

Download 167,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 167,5 Kb.