• 2 – savol bayoni.
  • -rasm Jahon miqyosda amalga oshirilgan lizing operatsiyalari hajmi (mlrd. $)




    Download 3,07 Mb.
    bet108/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    15.2-rasm
    Jahon miqyosda amalga oshirilgan lizing operatsiyalari hajmi (mlrd. $)93
    Xalqaro miqyosda jadal rivojlanayotgan lizing bozorlaridan biri bu Rossiya lizing bozori bo‘lib, 2018 yil yakunlariga ko‘ra uning hajmi 1,35 trln. rubldan oshgan. Lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan yangi lizing operatsiyalari hajmi esa 1276 mlrd. rublni tashkil qilgan. Rossiya lizing bozori mana ikkinchi yildirki, o‘zining eng yuqori cho‘qqisini namoyon qilmoqda. Lizing bozorining bunday o‘sishi temir yo‘l texnikasi va avtolizing hisobiga ta’minlangan bo‘lib, ularning yangi lizing operatsiyalari hajmidagi jami ulushi 61,1 foizni tashkil qilgan. Lizing bozoridagi o‘sishni ta’minlashga xizmat qilgan eng faol 10 ta davlat lizing kompaniyalarining lizing bozoridagi jami ulushi 80 foizga yetgan94.

    2 – savol bayoni. Lizing to‘lovlari lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo‘ladi. Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Lizing to‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi. Lizing to‘lovlari xajmini hisoblash lizingning turi, to‘lov usuli va to‘lov shakllari kabi omillarga qarab turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Maxsus adabiyotlarda lizing to‘lovlarini hisoblashning bir qator usullari takdim etilgan95. MDH mamlakatlari moliyaviy soha mutaxassislari o‘rtasida ma’lum bo‘lgan lizing to‘lovlarini hisoblashning keng tarqalgan usul­lari bo‘yicha Ye.N. Chekmareva va L.N. Prilutskiylar takliflari diqqatga sazovordir. Xususan, Sh.U. Xaydarov, X.A. Ortikov va X.A. Tuxsanov hammuallifliklarida chop etilgan “Lizing: tan olish, baholash va uning hisobi” kitobida Ye. Chekmareva o‘zining “Lizing biznesi” nomli asarida sobiq ittifoq tugatilgandan keyingi bozor munosabatlari sharoitida lizing to‘lovlarini hisoblash uslubiyatini birinchilardan bo‘lib 1993 yilda chop etgan. Ushbu uslubiyat lizing to‘lovlarining umumiy so‘mmasini hisoblashni amal­ga oshirish va ular to‘lovi jadvalini tuzish uchun mo‘ljallangan. Risolada, shuningdek, lizing to‘lovlari amortizatsiya ajratmalari, foydalaniladigan zaxiralar uchun to‘lov, komission to‘lovlar va lizingga beruvchining qo‘shimcha xizmatlari uchun to‘lovlardan iborat bo‘ladi96, deb ta’kidlangan. E. Chekmaryova tomonidan taklif etilgan ushbu uslubiyatni moliyaviy lizing bilan birgalikda tezkor lizing uchun ham qo‘llash mumkin deb hisoblangan. Lizing muddati tugagandan keyin li­zing mol-mulki qoldiq qiymati va moliyaviy lizing bitimi muddatdan oldin yopilishini hisoblashning o‘ziga xos varianti keltirilgan. Moliyaviy lizing bitimi muddatdan oldin yopilishi so‘mmasiga qo‘yidagi 3 ta tarkibiy qism kiritilgan:
    1. lizing kelishuvi bo‘yicha lizing to‘lovlarining barcha to‘lanmagan so‘mmasi;


    2. lizing muddati tugaydigan paytdagi mol-mulkning qoldik qiymati;


    3. lizing kelishuvining amal qilishi tugagandan paytdan boshlab to mol-mulk to‘liq amortizatsiyalanguncha qadar davr bo‘yicha mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymati tarzida hisoblangan neustoykaning foizlarda ifodalangan kredit zaxiralaridan foydalanganligi uchun stavka so‘mmasiga va komis­sion haqi stavka so‘mmasiga ko‘paytirilganligi.


    So‘nggi yildagi Ye.Chekmarevaning uslubiyati o‘z dolzarbligini birmuncha yo‘qotganligining sababi u ijaraga oluvchi va lizing kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro bozor munosabatlarini aks ettirmaydi. Boshqacha aytganda, Ye. Chekmare­va uslubiyatida ijaraga oluvchining manfaatlari inobatga olinmaydi. Uslubiyat faqatgina lizingni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha lizing kompaniyasining harajatlarini jamlash va uning ustama haqi (marja)ni nazarda tutadi. Lizing to‘lovlari tarkibiga lizing beruvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlariga muvofiq, lizing ob’ektini sug‘urtalashga to‘langan sug‘urta to‘lovlari ham kiritilishi yoki uni quyidagi formula bilan izohlash mumkin:



    Download 3,07 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   147




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm Jahon miqyosda amalga oshirilgan lizing operatsiyalari hajmi (mlrd. $)

    Download 3,07 Mb.