|
Investitsiya
|
bet | 66/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org9.1 – jadval
O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ining umumiy holati
Ko‘rsatkichlar
|
2000 y.
|
2005 y.
|
2010 y.
|
2015 y.
|
2016 y.
|
2016 yilning 2000 yilga nisbatan o‘zgarishi (-,+)
|
Qurilish ishlari, mlrd. so‘m
|
388,4
|
1453,1
|
8246,0
|
25329,1
|
29265,8
|
28877,4
|
Korxona soni, ming birlik
|
14,1
|
16,1
|
21,7
|
23,3
|
23,8
|
9,7
|
Bandlar soni ming birlik
|
676
|
849
|
1 065
|
1227,5
|
1263,6
|
587,6
|
Kiritilgan investitsiya, mlrd. so‘m
|
3,6
|
27,3
|
219,7
|
1057,1
|
1132
|
|
Tarmoq foyda va zarari, mlrd. so‘m
|
16,0
|
43,6
|
83,5
|
138,2
|
141,6
|
125,6
|
Jadval ma’lumotlari asosida qurilish tarmog‘ida bajarilgan ishlar va uning natijalari bo‘yicha tahlil qilsak, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki 2000 yilda bajarilgan qurilish ishlari 388,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, u 14,1 ming korxonada faoliyat ko‘rsatgan 676 ming nafar ishchi bilan amalga oshirgan bo‘lib, buning natijasida tarmoq 16 mlrd. foyda olgan. 2016 yilda tarmoqda bajarilgan ishlar 2000 yilga nisbatan 28877,4 mlrd. so‘mga, tarmoqda band bo‘lgan aholi soni 587,6 ming birlikka oshib, bu davrda tarmoqdagi foyda dastlabki ma’lumotlarga 125,6 mlrd. so‘mga yetganligini ko‘rish mumkin. Agar 9.1 – jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2000-2016 yillar statistik ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi belgilashlar bo‘yicha qurilish ishlari bajarilgan:
𝑌 = −100,3+0,18∗𝑋1 +0,34∗𝑋2 −0,1∗𝑋3
Bu yerda;
Y – qurilish ishlari
𝑋1 – kiritilgan investitsiya;
𝑋2 – bandlar soni;
𝑋3 – korxona soni.
Aniqlangan regressiya tenglamasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tarmoqqa kiritilayotgan investitsiya hajmi va bandlar sonini bir-birlikka oshirish hisobidan qurilish tarmog‘ida bajarilgan ishlar hajmini mos ravishda 0,2 va 0,34 birlikka qo‘shimcha oshirish mumkin. Korxonalar sonini hozirgi sharoitda ko‘paytirish tavsiya qilinmaydi chunki, ular sonini bir foiz oshirish tarmoqda bajarilgan ishlar hajmini 0,1 foiz kamayishiga olib kelishi aniqlandi. Bu borada hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va qabul qilingan farmon hamda dasturlarda:
- qishloq joylarida sanoat ishlab chiqarish va qurilishini jadal rivojlantirish hamda lokalizatsiyalashtirish;
- qishloq hayotini tubdan yuksaltirish, aholi punktlarini me’moriy jihatdan loyihalashtirish;
- qishloq uylari va ijtimoiy inshootlarini namunaviy loyihalash, qishloq obektlarini barpo etish;
- zamonaviy uylar qurish, qishloq vrachlik punktlari, sport inshootlari, maktablar bo‘limini rivojlantirish, qurish, qishloq infratuzilmasini barpo etish kabi vazifalar belgilanganligi va ularni izchillik bilan amalga oshirilganligi bilan izohlash o‘rinli. Hozirgi kunda tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonini oshirish mumkin emas, chunki, ular sonini bir foiz oshirish tarmoqda bajarilgan ishlar hajmini 0,1 foiz kamayishiga olib kelishi aniqlandi. Shu bois hozirgi kunda qurilish ishlab chiqarishining harakteri ham tubdan o‘zgardi. Og‘ir qo‘l mehnati yirik va mayda mexanizatsiya vositalari tomonidan tobora siqib chiqarilmoqda. Quruvchi-montajchilarning qurilish maydonchalaridagi mehnati industrial mehnatning bir turiga aylanib bormoqda. Bizningcha, qurilish ishlab chiqarishining texnik jihozlanganlik darajasi ortib borgan sari, jonli mehnat sarflari kamayib, yengillashib boradi, bundan tashqari, uning unumdorligi ortadi, qurilishning muddatlari qisqarib, uning sifati yaxshilanib boradi. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, qurish bilan bog‘liq harajatlar kapital sarflar yoki kapital qo‘yilmalar deyiladi. Kapital qo‘yilmalar bilan harajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Harajat, albatta, shu davrda daromad keltirishi kerak.
Qurilish mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‘yicha tugallangan va ishga tushirishga tayyor bo‘lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta’mirlanishi, ularda ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Qurilishning milliy xo‘jalik miqyosidagi ahamiyati va yetakchi rol o‘ynashi, aholining katta qismini ish bilan ta’minlashi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning jadallashuviga, ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishiga imkon yaratishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat aholisining turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Keltirib o‘tilgan maqsadga erishish uchun tarmoq iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish va tadqiqotlar olib borish orqali investitsiyalarning tavakkalchilik hamda xatarlilik darajalarini aniqlash, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u kapital qo‘yilmalarning tezroq qoplanishini ta’minlaydi. Masalan, qurilayotgan ob’ekt qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lsa, bunda qurilish muddatini qisqartirish evaziga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, qurilish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha foyda olish imkoniyati bo‘ladi. Kapital qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi. Uni quyidagi rasm orqali ifodalaymiz:
|
| |