• Diskontlash usuli
  • 1. Rasmiy foiz stavkalari
  • 2. Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet85/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    3 – savol bayoni. Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul oqimlari haqidagi ma’lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi va investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Diskontlash usuli (noan’anaviy usul)ning mazmuni shundan iboratki, pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga (iste’mol qiymati bo‘yicha) teng emasligi konsepsiyasiga asoslanadi. Diskontlashga asoslangan usullarning barchasi (sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV), foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR), investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI), diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP)da investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning o‘rtasidagi farq – sof pul oqimi (Cash Flow – CF) aniqlanib, diskotlashtirish yo‘li bilan hisoblanadi. Binobarin, diskontlashga asoslangan usullarning mohiyatini tushunish uchun avvalo, korxona pul oqimlarining mazmunini va sof pul oqimini aniqlash formulasini bilib olishimiz kerak bo‘ladi.
    Jahon amaliyotida foiz stavkalari quyidagi guruhlarga bo‘linadigan turli xil suzib yuruvchi foiz stavkalaridan foydalaniladi:
    1. Rasmiy foiz stavkalari (hisob stavkasi yoki qayta moliyalashtirish stavkasi) har bir davlatda Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Mana shu stavkalar bo‘yicha Markaziy banklar tijorat banklariga kredit berishadi. Markaziy banklar-ning kreditlash operatsiyalari tijorat veksellarini qayta hisoblash shaklida amalga oshiriladi.
    2. Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari eng ko‘p qo‘llaniladigan bazis stavka sifatida LIBOR – London banklararo stavkasi hisoblanadi. Bundan tashqari, Frankfurt na-Maynda (FIBOR), Parijda (PIBOR), Madridda (MIBOR), Rimda (RIBOR), Stokgolmda (STRIBOR), Gonkongda (Gribor) o‘ziga xos banklararo stavkalari ham mashhur.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147




    Download 3,07 Mb.