Investitsiya




Download 3,07 Mb.
bet93/147
Sana12.02.2024
Hajmi3,07 Mb.
#155232
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147
Bog'liq
Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

Obligatsiya (lotincha obligatio so‘zidan, majburiyat) – bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini unda ko‘rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol–mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish xuquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (yemitent – qarzdorga) mablag‘larni foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma’lum muddatga chiqariladi va so‘ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilganda ularning egalari qimmatli qog‘ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an’anaviy tarzda ustunlikka ega bo‘ladi. Emitentning xususiyatiga ko‘ra obligatsiyalar quyidagi uchta katta guruhga bo‘linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obligatsiyalar, korxonalar obligatsiyalari.
Davlat qimmatli qog‘ozlari – O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari. Munitsipal obligatsiyalarning emitentlari sifatida O‘zbekiston Respublikasining milliy, davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi. Korporativ obligatsiyalar – aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabatlarining asosiy quroli bo‘lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki aholi esa, kreditorlar bo‘lishadi.
O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag‘lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar. O‘zbekistonda g‘azna majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:
  1. Uzoq muddatli – 5 va undan ortiq yil muddatga chiqarilishi


    mumkin (xalqaro amaliyotda ular BOND degan nomni olishgan).
  2. O‘rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga chiqariladigan (NOTE)


  3. Qisqa muddatli – 1 yilgacha, 3, 6 va 9 oygacha bo‘lgan muddatga


    chiqariladigan (BILL).

“Uzoq muddatli va o‘rta muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risida”gi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qisqa muddatlilarni chiqarish qarori esa – Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. O‘z tabiatiga ko‘ra xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalariga juda yaqin. Amalda xazina majburiyatlari jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan davlat obligatsiyalaridan boshqa narsa emas, ular bo‘yicha daromadlarni qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida olish mumkin.


Depozit sertifikati (ingl. Sertificate of deposite) – bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz. O‘zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin 1994 yildan boshlab sertifikatlar ikki turda chiqarila boshlandi: depozit sertifikatlari – yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga; depozit (jamg‘arma) sertifikatlari – jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga.
Veksel (nemischa Vechsel so‘zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz. Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan pul summasini ko‘rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to‘lash majburiyatini ifodalovchi hujjat. Oddiy vekseldan farqli o‘laroq, o‘tkazma vekselda ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi: veksel beruvchi (trassant), veksel bilan birga u bo‘yicha to‘lovni talab qilish huquqini oluvchi dastlabki haridor (yoki veksel egasi), to‘lovchi (trassat), unga veksel egasi to‘lovni amalga oshirishni taklif etadi (vekselda bu "to‘lang" degan so‘z bilan ifodalanadi).
Hosilaviy moliyaviy vositalar – bu o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlardir. Hosila qimmatli qog‘ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko‘pincha bazis aktivi (ya’ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qogoz) sifatida aksiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi. Hosila qimmatli qog‘ozlar opsionlar, fyucherslar va varrantlar ko‘rinishida chiqarilishi mumkin.
Opsion (nemischa option ko‘zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini opsionda ko‘rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Opsionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog‘ozning o‘zini harid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u o‘zining harid qilish yoki sotish xuquqidan foydalanishi yo bo‘lmasa, undan voz kechishi mumkin. Opsionning turlaridan biri varrant (varrant ) hisoblanadi.

Download 3,07 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147




Download 3,07 Mb.