|
Fs – mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda;
Fm
|
bet | 89/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgFs – mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda;
Fm – korxona mulkini sotishdan tushgan foyda;
Db – boshqa operatsiyalardan tushgan daromad;
Xb – boshqa operatsiyalar bo‘yicha harajatlar.
Yalpi foyda – foyda solig‘i olish uchun soliq to‘lanadigan baza hisoblanadi. Korxonani o‘z ixtiyorida qoladigan foyda, ya’ni sof foyda (Fs) qiziqtiradi va quyidagicha teng bo‘ladi:
Fs=Fb-Sf
Bu yerda:
Fb – balans foyda;
Sf – foyda solig‘i va boshqa majburiy to‘lovlar.
Zamonaviy sharoitida korxona o‘z ixtiyorida qoladigan foydani o‘zi mustaqil taqsimlaydi va bu erda shunday savol kelib chiqadi, bu foydani qanday qilib eng samarali taqsimlash mumkin? Uni ishlab chiqarishni rivojlantirishga: uy-joy, dam olish uyi, bog‘cha va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ob’ektlarni qurishga; agar aksionerlik jamiyati bo‘lsa divident to‘lashga; xayriya maqsadlariga va boshqalarga yo‘naltirilishi mumkin. Foydadan samarali foydalanish uchun korxonaning ayni vaqtdagi va istiqboldagi texnik holatini va korxona jamoasini ijtimoiy holatini yaxshi bilish lozim.
Agar korxona ishchilari ijtimoy sohada, shu jumladan ish haqi darajasi bo‘yicha, boshqa korxonalarga nisbatan yaxshiroq ta’minlangan bo‘lsa, bu holda foyda birinchi navbatda, ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilishi lozim. Agarda korxonaning texnik rivojlanish darajasi past bo‘lib, bu korxonaning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilib, korxonani bankrotlikka olib kelsa, bunday holda, foydani korxonani rivojlantirish uchun yo‘naltirish lozim. Shunday qilib, korxona foydasi uning iqtisodiy va ijtimoiy darajasiga asoslangan holda taqsimlanishi lozim.
Korxonada ushbu muhim qoidaga amal qilishlari lozim – “foyda korxonaning istiqbolda rivojlantirishini amalga oshirishga turtki berishi lozim”. Shunday qoida borki, ishlab chiqarishni rivojlanishi, oxir oqibatda korxona daromadi hajmini o‘sishiga olib keladi, bu esa kelajakda korxona jamoasini ijtimoy muammolarini hal bo‘lishiga va korxona investitsiya imkoniyatlarini kengayishiga olib keladi.
2) “Amortizatsiya ajratmalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai sifatida”.
Amortizatsiya – asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib borish jarayonidir. Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan kam bo‘lmagan, qiymati 50 minimal maoshdan yuqori bo‘lgan va o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga asta sekinlik bilan o‘tkazib boradigan ishlab chiqarish vositalar kiradi. Ular: bino, inshoot, asbob- uskuna, mashina, transport vositalari, o‘lchovchi uskunalar va h.k.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ham jismonan, ham ma’naviy eskiradi. Ob’ektlar qiymati hisoblangan amortizatsiya ajratmalari hisobidan qoplanadi. Amortizatsiya ajratmalari investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ular qayta ishlab chiqarishni (ya’ni takror ishlab chiqarish) tashkil qilib qolmay, balki ma’lum darajada ularni kengaytirishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amortizatsiya korxonaning investitsiya ehtiyojini 70-80 foizini qondiradi. Mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan amortizatsiya ajratmalarini investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatidagi ahamiyati ham o‘sdi. Bu birinchi navbatda, asosiy fondlarning tez-tez qayta baholanishi va ko‘p korxonalarning zararga ishlayotganligi bilan bog‘liq.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida boshqalariga nisbatan ustunlik tomoni shundaki, korxonaning har qanday moliyaviy xolatida, bu manba o‘z o‘rniga ega bo‘ladi va doimo korxona ixtiyorida bo‘ladi.
Raqobat jarayoni, asosiy fondlarni yangilab turishni talab etadi, bu esa kelgusidagi investitsiyalar uchun jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarini hisoblashni taqozo etadi. Lekin, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llash salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, intensiv tarzdagi qayta ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Buning natijasida amartizatsiya ajratmalari, o‘zi alohida bir shaklni tashkil qiladi. Boshqa qilib aytganda, kengayadi va investitsiyalash uchun oldingisiga nisbatan barqaror moliyaviy bazaga aylanadi. Shunday qilib, amortizatsiya ajratmalari korxonaning investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi muhim vositaga aylanadi.
3) Korxonaning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki moliyaviy resurslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- xo‘jalik usulida bajarilgan qurilish-montaj ishlaridan kelgan foyda (qilingan iqtisod);
- asosiy vositalarni likvidatsiya qilingan vaqtda olingan yaroqli materiallar;
- aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashishi hisobiga, muomiladan bo‘shatilgan aylanma mablag‘larning bir qismi;
- korxonaning o‘zida tashkil qilingan maxsus rezerv fondlari va boshqalar.
Investitsion loyihalarni baholashda shuni hisobga olish lozimki, ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasidan, soliqlar ayirib tashlanadi. Ammo, bu hisoblangan soliqlar, amortizatsiya ajratmalari singari ma’lum muddat korxona oborotida qo‘shimcha ishlatilishi va vaqtincha moliyaviy resurs bo‘lishi mumkin.
4) Agar korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmasa, bunday holda, korxona mablag‘larni qimmatli qog‘ozlar chiqarish yoki bank krediti orqali jalb qilishi mumkin. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning keng tarqalgan va moliyalashtirishning asosiy manbalaridan bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, investitsiyalarni moliyalashtirishda markazlashgan mablag‘lar va bank kreditlarining hissasini pasayishiga olib keladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag‘lariga ehtiyoji bo‘lgan tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag‘larini taqsimlab korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan harid qilinadigan qimmatli qog‘ozlar ichida keng tarqalgan turi aksionerlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan aksiyalardir.
Korxonalar o‘z investitsiya faoliyatini jalb qilingan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish uchun bir qator imtiyozlar joriy etildi, xususan, “yuridik shaxs bo‘lgan aksiyadorning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirish chog‘ida qo‘shimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari (foydasi) soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi ”.
Har qanday holatda uzoq muddatli qarzlar va aksioner kapitali o‘rtasida balans tutib turish lozim. Qanchalik aksioner kapitali hissasi yuqori bo‘lib, shunchalik qarz majburiyatilari hissasi kam bo‘lsa, soliq to‘lagunga qadar foyda shunchalik yuqori bo‘ladi. Moliyalashtirishda qarz majburiyatlari hissasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik, majburiyatlar bo‘yicha foiz to‘lovlari yuqori bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining 23 iyul 2007 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq: “Korxonalarning obligatsiyalari” degan so‘zlar “Korporativ obligatsiyalar” degan so‘zlar bilan almashtirildi (Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi Qonunning 5 – moddasi).
Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida chiqarishlari mumkin. Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi to‘liq to‘langanidan keyin yo‘l qo‘yiladi79. Har bir loyihada moliyalashtirishning turli xil shakllarining oqibatlarini tubdan baholash lozim va shunday moliyalashtirish manbasini aniqlash lozimki, unda resurslar va iqtisodiy qaytim mos kelsin, ya’ni:
- aksionerlik kapitali bilan birgalikda qarzga olingan mablag‘lar ham investitsion loyihani moliyalashtirish manbai bo‘ladi.
- moliya bozorlarining asosiy vazifasi – jamg‘armalarni ishlab chiqarish investitsiyalariga yo‘naltirishdir. Aytish joizki, korxonalar o‘z mablag‘lariga tayangan holda ish yuritsalar unda istiqbolda innovatsion rivojlanishi chegaralanib qolishi mumkin.
5) Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bo‘lib, bank kreditlari, ipoteka ssudalari, sug‘urta kompaniyalaridan olingan qarzlar yoki byudjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar hisoblanadi. Ushbu, moliyalashtirish manbalari ma’lum muddatga qaytarish va to‘lovlilik shartli asosida beriladi. Investitsion loyihalarni kredit asosida moliyalashtirishning afzalroq tomoni shundaki, faoliyat yuritayotgan korxona uchun modernizatsiya, rekonstruksiya ishlari va kerakli me’yorda ishlab chiqarish quvvatini ta’minlashda, ya’ni korxona ishlab chiqarish faoliyatni kengaytirmoqchi bo‘lsa, kreditdan foydalangani ma’qul, chunki, ishlab turgan korxona aktivlari ushbu kreditlar qaytarilishiga garov bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun, aksioner kapitalidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan foydanish yuqori risk bilan bog‘liq bo‘lib, kredit olishda korxona uni qaytarish uchun etarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan ta’minlanmagan bo‘lishi mumkin, bunday shartlarni yangi korxona bajarmasligi sababli, aksionerlik kapitalidan foydalanadilar. Likvidlik bilan bog‘liq bunday vaziyatlarda yangi korxona qiyin vaziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi baholanganda, ham, yaxshi texnik asoslanganda ham banklar yuqori foiz stavkasida kredit berishlari mumkin. Aksioner kapitali esa bunday muammolar keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig‘ish ancha murakkab vazifadir, bank kreditlari esa bundan mustasnodir.
Investitsion loyihalarni kreditlash sharti, foiz stavkasi o‘zgarishi bilan loyiha iqtisodiy ko‘rsatkichlarlarining o‘zgarishi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi. Amalda bank foiz stavkasi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli korxona investitsiya loyihasini moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo‘lsa, u uzoq muddatli kreditdan foydalaniladi, sababi bank foizi stavkasi o‘zgarmas bo‘ladi.
Ilmiy asoslangan loyiha uchun qarz mablag‘lari olish bir muncha osonroq bo‘ladi. Moliyalashtirish jarayonini qarzga olinadigan mablag‘larni hajmini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu kredit olishni kafolatlashi mumkin. Ushbu ssuda kapitalini quyidagilarga yo‘naltirilishi mumkin: asbob-uskunalar harid qilish, ishlab chiqarishni kengaytirishga, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqalarga. Ssuda kapitalini quyidagi turlarga ajratish mumkin: aylanma mablag‘larni tashkil qilish maqsadida tijorat, bank yoki mol yetkazib beruvchilarning turli xil shakldagi kreditlari yoki milliy va xorijiy moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kreditlari. Bank tomonidan olinadigan foizlar beriladigan kreditning hajmi, muddati uning ta’minlanganligi, kreditlash shakli, kreditning risk darajasi va boshqalarga bog‘liq tarzda differensiyallashadi. Hozirgi vaqtda investorlar tez qaytish beruvchi tadbirkorlik faoliyatiga kreditlarni jalb qilmoqdalar. Kreditlar, kreditlash muddatiga ko‘ra qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq muddatli (1 yildan yuqori) turlarga bo‘linadi. Korxonaning asosiy fondlari uchun olingan uzoq muddatli kreditlarni odatda investitsiya deb atashadi. Uzoq muddatli kreditlarning ob’ektiv zarurligi korxonani ishlab chiqarishini kengaytirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Aynan shu sharoitda kredit munosabatlarida uzoq muddatlilik harakteri vujudga keladi. Bu qarzdorga o‘z mablag‘larini o‘z muomalasidan olishga (oborotidan olishga) nisbatan, bir muncha qisqaroq vaqtda pul mablag‘larini olish imkoniyatini beradi. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning kredit usulining afzallik tomoni mablag‘larni qaytarishlik bilan bog‘liqdir.
Investitsiyalar daromadlilik darajasi bank foiz stavkasiga nisbatan yuqori bo‘lgan, savdo kredit va vositachilik operatsiyalarini kreditlash bilan chegaralanib qolmoqda. Bu esa yangi muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois investitsiyalarni jalb etishdan olingan daromad investitsiya oluvchi korxonaga nisbatan zarar keltirmasligi lozim.
|
| |