• XIII MODUL. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHDA MOLIYAVIY VOSITALAR Reja
  • Moliyaviy vositalar
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet92/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    Tayanch so‘z va iboralar:
    Sindikatli kreditlash, seleng, venchurli moliyalashtirish, amortizatsiya ajratmalari, innovatsion banklar.

    O‘zini – o‘zi tekshirish uchun savollar:
    1. Real investision loyihalarni moliyalashtirish usullari

    2. Kapital moliyalashtirish manbalari tarkibi


    3. Korporativ obligatsiyalarning ahamiyati
    4. Korxonaning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki moliyaviy resurslari tarkibi
    5. Venchurli moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyati.

    XIII MODUL. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHDA MOLIYAVIY VOSITALAR
    Reja:


    1.

    Moliyaviy vositalar, ularning mohiyati, turlari va tasniflanishi.




    2.

    Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda bozorlarining roli




    3.

    Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish manbalarini jalb etish




    1 – savol bayoni. Mamlakatda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish, investitsiyalarni, avvalambor iqtisodiyotning bazaviy va tarkibiy asosini tashkil etuvchi sohalarga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
    Bunda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, fond bozorini rivojlantirish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish faol investitsiya siyosatini olib borish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini jadal va barqaror rivojlantirish uchun asos hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkoniyatini beruvchi yangi moliyaviy vositalar turlarini joriy qilishda koʻmaklashish Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarida asosiy masala sifatida belgilangan.
    Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari, tijorat banklari kreditlari, qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar, xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi. Moliyaviy vositalar – bu, umuman olganda, monetizatsiyalashgan real bazisga ekvivalent qiymatga va xossalarga ega bo‘lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni belgilovchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, ma’lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo‘ladigan ham investitsion kapital, ham to‘lov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir. Moliyaviy vositaning ekvivalentlik xossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy bo‘lishi mumkin. Moliyaviy vositalarning tovarliligi xossasi uni boshqa turdagi tovarlardan (ko‘chmas va intellektual mulk, xom ashyo va shu kabilar) farqli kimningdir (iqtisodiyot sub’ektlari) tomonidan chiqarilishi, o‘ziga xos moliya bozorida muomalada bo‘lishi, unda maxsus funksiyalarni va rolni bajarishi bilan belgilanadi.
    Har qanday moliyaviy vositani u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning xossa va xususiyatlari bilan bog‘liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko‘rilalayotgan vosita turini kelib chiqishi, maqsadi va funksiyasini, uning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, albatta sezilarli farq namoyon bo‘ladi. Masalan, pul va uni tovar toifasiga aylantiruvchi vositalar (kredit, chek, kartochkalar va h.k.) muomalasi uchun ularga hos bo‘lgan moliya bozori segmentlari – mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori va h.k. zarur, valyuta uchun valyuta bozori, sug‘urta risklarini boshqarish hizmatlari uchun sug‘urta polislari bozori, qimmatli qog‘ozlar uchun esa faqat fond bozori kerak. Moliyaviy vositalarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo‘lganligi uchun kapitalni (jamg‘armani) orttirish – bir vaqtning o‘zida kapital qo‘yilmalar uchun mo‘ljallangan bozor hamdir. Pul mablag‘lari moliyaviy vositalarning har qanday turiga qo‘yilishi (yo‘naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo‘naltirilgan pul mablag‘lari vaqt mobaynida o‘z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo‘lishi, ya’ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin. Moliyaviy vositalarlar moliyaviy resurslarni investorlardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo‘nalishda harakat qilishini ta’minlovchi vositalar hisoblanadi.
    Fond bozori vositalari – bu investitsiyalash faoliyatini moliyalashtirishda qo‘llaniladigan turli xildagi qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalaridir. Investitsion maqsad va investitsiyalarni samarali boshqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan vositalar qo‘llanilishi mumkin. Fond bozori vositalari vaqt o‘tishi bilan uzluksiz takomillashib borishi yoki qandaydir qo‘shimcha hossaga va funksiyaga ega bo‘lishi yoki mazmunan va shaklan o‘zgarishi tabiiy holatdir. Muomalaga chiqarilishi maqsadi – to‘lov va pul aylanmasi (oboroti) uzluksizligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular bo‘yicha daromad olish bo‘yicha, mos ravishda: kredit-pul siyosatini amalga oshirishning qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi moliyaviy vositalar (davlat va bank vositalari), qarz (davlat va korporativ maqsadda) va ulush (korporativ maqsadda) munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy vositalar.
    Segmenti bo‘yicha: pul, kredit, valyuta, sug‘urta, lotereya o‘yinlari, qimmatli qog‘ozlar (fond, kapital) bozorlari vositalari.
    Bazisiga ko‘ra: pul, valyuta, sug‘urta, tovar (jumladan hom ashyo), ko‘chmas mulk, indeks, foiz stavka (kelajakdagi daromad), qimmatli qog‘oz bazisli moliyaviy vositalar.
    Iqtisodiyotning u yoki bu sub’ektiga ko‘ra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari, banklar-kredit muassasalari, sug‘urta tashkilotlari, birjalar, nomoliya tashkilotlari (korporativ) vositalari.
    Chiqarilish muddati bo‘yicha: qisqa, o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy vositalar.
    Milliyligi bo‘yicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy vositalar.
    Iqtisodiy-xuquqiy mazmuni bo‘yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda hosilaviy moliyaviy vositalar.
    Iqtisodiy-huquqiy xossalariga ko‘ra: bazaviy va bazisli moliyaviy vositaalar. Bazaviy vositalarga ulush va qarz munosabatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qog‘ozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qog‘ozlar) kiradi.
    Funksiyasi bo‘yicha: investitsion vositalar (qimmatli qog‘ozlar), banklarning moliyalashtirish vositalari (kredit, depozit, seleng, plastik kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish vositalari (sug‘urta polislari), to‘lov vositalari (milliy va horijiy valyuta, halqaro valyuta, kvazivalyuta, birja kotrovkasiga ega bo‘lgan valyuta sifatida o‘tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.), tovar taqsimlovchi vositalar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va shu kabilar), garov qog‘ozlari, lotereyalar.
    Ro‘yxatdan o‘tkazilishi bo‘yicha: emissiyalanuvchi (Aksiya, obligatsiya, derivativlar) va emissiyalanmaydigan (bank sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish jarayonida qo‘llaniladigan vaucher va kuponlar, veksellar, ombor guvohnomalari, konosament, garov qog‘ozlari va h.k.) vositalar.
    Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra: davlat, munitsipal va korporativ moliyaviy vositalar.
    Egalik huquqini belgilash bo‘yicha: taqdim etuvchiga, egasini ismi yozilgan, orderli moliyaviy vositalar.
    Daromad turlariga ko‘ra: dividend beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy vositalar.
    To‘lov muddati bo‘yicha: spot va muddatli bozor vositalari amal qiladi.
    Shunday qilib, fond bozori vositalarni keng qamrovli ekanligi, investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida ularning xossa va xususiyatlari va investitsion maqsad asosida turli vositalardan foydalanish mumkinligini ko‘rish mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlar vositasida investitsiyalarni moliyalashtirish jahon amaliyotida keng tarqalgan. Moliyaviy investitsiyalarning asosini qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar o‘zining investitsion jozibadorligi orqali firma va kompaniyalarning bozor faolligini belgilovchi vositalar ham hisoblanadi. Maxsus reyting agentliklari kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarining sifati, ta’minlanganligi, daromadliligi va ishonchliligiga qarab uning investitsion faolligiga baxo beradilar va investorlarning qiziqishiga sabab bo‘luvchi yoki kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari bozor narhiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni tegishli tahlillar asosida e’lon qiladilar.
    Qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi. Qonunga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosila qimmatli qog‘ozlar kiradi.
    Fond bozori vositalar (qimmatli qog‘ozlar)ni birlamchi va hosilaviy vositalarga ajratish mumkin. Birlamchi vositalarga aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, veksellar va boshqa vositalarni kiritish mumkin. Ular investitsion faoliyatni moliyalashtirishda birlamchi vositalar sifatida ishtirok etadi hamda firmaning investitsion faolligini belgilashda muhim o‘rinni egallaydi.
    Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar tarkibiga esa amaliyotda opsion, fyuchers, varrant kabi vositalar kiritiladi. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bazis aktivlarining sifatini, daromadliligini va bozor faolligini, qo‘yilmalarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Birlamchi moliyaviy vositalarni ulush va qarz munosabatlarini tasdiqlovchi vositalarga ham ajratish mumkin. Ulushga egalik qilish va fond bozorida ushbu munosabatlarni ifodalashda Aksiyalar asosiy vosita sifatida ishtirok etadi.
    Aksiya (fransuzcha aktion so‘zidan) – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz. O‘zbekiston qonunchiligida aksiyalarning har xil turlari – oddiy va imtiyozli, egasining nomi yozilgan va "ko‘rsatuvchi egalik qiladigan", shuningdek, kumulyativ aksiyalarning ta’rifini uchratish mumkin.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147




    Download 3,07 Mb.