• Mk = XK / BS Bu yerda: XK
  • NSOS= XK + UMKQ – UMA Bu yerda: XK
  • Qk = JA – KDX – KX – MUDQ / JM




    Download 3,07 Mb.
    bet100/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    Qk = JA – KDX – KX – MUDQ / JM
    Bu yerda:
    JAjoriy aktivlar,
    KDX – kelgusi davr harajatlari,
    KXkechiktirilgan harajatlar,
    MUDQ – muddati o‘tgan debitorlik qarzlari,
    JM – jami majburiyatlar.

    2. Likvidlilik koeffitsiyenti (Lk).


    Lk = PM + QMI + DQ – MUDQ / JM
    Bu yerda:
    PM – pul mablag‘lari,
    QMI – qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar,
    DQ – debitorlik qarzlari,
    MUDQ – muddati o‘tgan debitorlik qarzlari.
    Likvidlilik koeffitsenti – korxonaning qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashga aktivlar(mablag‘lar)ning (pulga aylanish darajasiga ko‘ra) yetarligi (yetishmovchiligi)ni, to‘lov layoqati esa korxona majburiyatlarining uzoq davriylikda qoplanish darajasini ifoda etadi.
    3. O‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik (mustaqillik koeffitsenti).

    Mk = XK / BS
    Bu yerda:
    XK – xususiy kapital,
    BSbalans jami
    Mazkur ifoda balans jamida o‘z mablag‘lari manbasi qanchani tashkil etishini belgilaydi. Ya’ni, jami mablag‘lar tarkibida investorga tegishli bo‘lgan mablag‘ qanchani tashkil etishini o‘rganish bank uchun juda muhim ko‘rsatkich hisoblanali
    4. O‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi (NSOS).

    NSOS= XK + UMKQ – UMA
    Bu yerda:
    XKxususiy kapital
    UMKQ – uzoq muddatli kredit va qarzlar
    UMA – uzoq muddatli aktivlar
    O‘z aylanma mablag‘larining mavjudligini aniqlashda mazkur ifoda uzoq muddatli aktivlarni o‘z va qarz (uzoq muddatli) mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishidagi ijobiy farqlanish darajasi bilan belgilanadi. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirishda kreditga layoqatlikni baholashdan tashqari tahliliy tavakkalchilikni baholash tizimi (Skoring tahlil tizimi)dan ham keng foydalaniladi. Amaldagi uslubiy tartibga muvoffiq analitik hisob-kitoblar natijasi talabga javob berganda bank tomonidan korxonalarga kredit ajratiladi. Bank tomonidan korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashda kredit inspektorlari tomonidan asosiy e’tibor beradigan jihat bu balans likvidliligi yoki nolikvidliligi masalasidir. Buning zaruriy jihati shundaki, nolikvid balansga ega bo‘lgan korxonalarga qolgan mezonlar yaxshi chiqqan holatda ham bank krediti ajratilmaydi. Balans likvidliligi o‘z aylanma mablag‘lari naqdligini mavjud bo‘lishiga qarab baholanadi.
    Amalda o‘z aylanma mablag‘lari naqdligining pastligi bu korxona likvidliligi yuqori bo‘lgan aktivlarni qarz hisobiga shakllantirganligidan dalolat beradi. Hozirda qo‘llanilib kelinayotgan tartiblarda kreditga layoqatliligini ayrim jihatlarigagina o‘z aksini topganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu taomillar umumiy kredit qarorlari yuzasidan yakuniy xulosaga kelishga to‘la imkon bermaydi. Shu sababli, korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil etishda kompleks tahlilni amalga oshirish zarur deb o‘ylaymiz. Kreditga layoqatlilikning baholashning kompleks tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    - korxona likvidlilik ko‘rsatkichlari va balans likvidligi tahlili;
    - korxona mablag‘lari aylanishini tahlili;
    - korxona faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili;
    - moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlili;
    - skoring modeli bo‘yicha kreditga layoqatlilikni baholash metodi.
    - korxona likvidlilik ko‘rsatkichlari va balans likvidliligi tahlili.
    Balans likvidliligi tahlili korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlilida muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Balans likvidliligi korxonaning har xil majburiyatlarini tegishli aktivlar bilan qoplay olish qobiliyatini bildiradi. Aylanish ko‘rsatkichlari korxonaning o‘z mablag‘laridan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi. Korxona aktivlarining har bir turlari bo‘yicha aylanish turlari yuqori bo‘lsa, shunga mos ravishda kreditga layoqatligi va ulardan foydalanish samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. Amaliyotda kreditga layoqatliligini baholashda qo‘yidagi koeffitsiyentlardan foydalanamiz:
    · korxonaning joriy aktivlari aylanish ko‘rsatkichlari;
    · korxonaning debitorlik qarzlari ko‘rsatkichlari;
    · korxonaning kreditorlik qarzlari ko‘rsatkichlari;
    · tovar moddiy zahiralari aylanuvchanligi.
    Korxonaning joriy aktivlari aylanish koeffitsiyenti – aktivlardan foydalanish samaradorligini va aylanish tezligini ko‘rsatadi. Kak=MST /Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati (Ayb+Ayo/2) Korxona debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti – debitorlik qarzlari aylanishi tezligini va davrini ifodalaydi. Kdm=MST /Debitorlik majburiyatlari o‘rtacha yillik qiymati (Dmdb+Dmdo/2) Korxona kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyenti – kreditorlik qarzlarining aylanish tezligini va davrini ifodalaydi. Kkm=MST / Kreditorlik majburiyatlari o‘rtacha yillik qiymati (Dmdb+Dmdo/2) Korxona tovar-moddiy zahiralari aylanishi koeffitsiyenti Tovar-moddiy zahiralaridan foydalanish natijaviyligini ifodalaydi. Ktmz=MST / Tovar moddiy zaxiralar o‘rtacha yillik qiymati (Tmzb+Tmzo/2) Korxona faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili. Korxona faoliyati foydaliligiga rentabellik ko‘rsatkichlari yordamida baho beriladi. Rentabellik ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi, uning natijasida yuqori foyda hisobidan har hil ko‘rinishdagi aktivlarni sotib olish imkoniyati yuzaga keladi. Quyidagi eng muhim rentabellik koeffitsiyentlarini keltirib o‘tamiz:
    · joriy aktivlar rentabellik ko‘rsatkichi (ROA). Bir so‘mlik korxona joriy aktiviga to‘g‘ri keladigan sof foydani ko‘rsatadi. Kar=Sof foyda (270-satr 2-shakl) / Joriy aktivlar (390 satr,1-shakl).
    · xususiy kapital rentabellik ko‘rsatkichlari (ROE). Bir so‘mlik korxona xususiy kapitaliga to‘g‘ri keladigan sof foydani aks ettiradi. Kar=Sof foyda / Xususiy capital.
    · sotish rentabellik ko‘rsatkichi (ROS). Korxona savdo faoliyati samaradorligini ko‘rsatadi. Kar=Yalpi foyda / mahsulot sotishdan sof tushum.
    Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlili. Bu ko‘rsatkich korxona moliyaviy mustaqil yoki qaramliligini ifodalaydi. Mablag‘lar tarkibida qarz mablag‘lari ulushi yuqori bo‘lishi, moliyaviy barqarorlik pasayishiga olib keladi. Korxonaning kreditga layoqatligini baholashda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar qo‘yidagilar:
    · mustaqillik koeffitsiyenti – jami mol-mulk qiymatida xususiy kapital ulushini ko‘rsatadi. Ushbu koeffitsiyentning 0,5 dan yuqori bo‘lishi korxonaning moliyaviy barqarorligini 0,5 dan past bo‘lishi moliyaviy qaramligini bildiradi. Kmus = Xususiy kapital / jami mol – mulk qiymati.
    · qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat koeffitsiyenti – xususiy kapital va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Kqo‘mn = Majburiyatlar / Xususiy kapital.
    · xususiy kapital harakatchanlik koeffitsiyenti – xususiy kapital tarkibida o‘z oborot mablag‘lar ulushini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyent normativi Kxkxk > 0,2 yuqori bo‘lish kerak. Kqo‘mn = O‘z oborot mablag‘lari.
    Yuqorida keltirib o‘tilgan koeffitsiyentlardan oqilona foydalanish orqali korxonalarni moliyaviy layoqatliligini aniqlash va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.



    Download 3,07 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   147




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qk = JA – KDX – KX – MUDQ / JM

    Download 3,07 Mb.