|
Investitsiya
|
bet | 99/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org3 – savol bayoni. Kreditga layoqatlilik bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilgan baho bo‘lib, u qarz oluvchining so‘ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi va u bo‘yicha foizlarni) o‘z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonalarda qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj yuzaga keladi va bu ehtiyoj zarur bo‘lganda bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit va uning muhim elementlaridan biri kreditga layoqatlilikni baholashning o‘rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda raqobatdosh korxonalar xalqaro sifat talablariga javob beradigan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishi hamda ko‘zda tutilgan foydaning realligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratadilar. Bu borada eng dolzarb masalalardan biri iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashdir. Ushbu omillarsiz nafaqat iqtisodiyotda, balki hech bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektida ijobiy natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarining kreditga munosabatlari yuzasidan o‘z kredit siyosatini ishlab chiqadi. Lekin ularning barchasida bitta muhim jihatga, ya’ni mijozning kreditga qodirliligini, layoqatliligini baholashga ahamiyat qaratilmog‘i lozim. Korxonaning kreditga layoqatligini baholash korxonalar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan davriy moliyaviy hisobotlar va boshqa hujjatlar ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Zaruriy ko‘rsatkichlar bir-biri bilan taqqoslanib, ular o‘rtasidagi nisbat va o‘zaro bog‘lanishlar aniqlaniladi, ushbu birliklarning yaqin va uzoq davriylikdagi o‘zgarishlariga, kutilishlariga baho beriladi. Korxonalarning kreditga layoqatliligini baholash tartibini “O‘zsanoatqurilishbank” ning kredit operatsiyalari yuzasidan mijozlar bilan bo‘ladigan munosabatlari misolida batafsil ko‘rib chiqamiz.
1. Korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda kreditni o‘z vaqtida va to‘la qaytarish qobiliyatini ifoda etuvchi qoplanish koeffitsenti (QK) baholanadi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning yaqin uzoq davriylikda o‘z majburiyatlarini (asosiy va foizli to‘lovlarni) to‘lashga qodirligini, sub’ektning yashovchanlik imkoniyatini ifoda etadi. Yana bir muhim jihati, ushbu ko‘rsatkich doimo korxonaning ish aktivligini baholab borish imkonini beradi.
|
| |