Talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi




Download 3,07 Mb.
bet98/147
Sana12.02.2024
Hajmi3,07 Mb.
#155232
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147
Bog'liq
Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • Bank filiali joylashgan tuman yoki Toshkent sh. doimiy propiskasi haqidagi pasport belgilari ko‘rsatilgan, Omonatchi va uning rafiqasi (rafiqi) pasportlariga tegishli ma’lumotlar;


  • STIR borligi to‘g‘risida soliq organlari ma’lumotnomasi;


  • Omonatchining turar joyidan ma’lumotnoma, unda ushbu manzil bo‘yicha yashash muddati hamda oila a’zolari soni ko‘rsatilishi lozim;


  • Ish joyidan, oxirgi vaqt (12 oygacha) ichida olgan maoshi ko‘rsatilgan, ma’lumotnoma yoki daromadining boshqa turini tasdiqlovchi hujjat;


  • Oila a’zolarining roziligi va zarur bo‘lganda omontchidosh (hamomonatchi) daromadlari to‘g‘risida ma’lumotlar;


  • Bank bo‘linmalariga boshlang‘ich badal kiritilganligi haqida ma’lumot (omonat kitobchasi nushasi, ma’lumotnoma yoki ko‘chirma);


  • Nafaqa yig‘iladigan kitobchasi nushasi;


  • Ish beruvchi imzolagan, mehnat daftarchasi nushasi;


Sotuvchi/Quruvchidan sotib olish niyati to‘g‘risidagi shartnoma va harakatdagi qonunchilikka muvofiq, sotib olinayotgan uy-joy qiymati to‘g‘risidagi mustaqil baholovchining hisoboti yoki, kredit uy-joyni qayta qurish yoki qurish uchun olinayotgan holda, qurilish-montaj ishlari loyiha-smetasi hisoboti. Ipoteka kreditlari bank xizmatlari orasida talab eng katta bo‘lgan yo‘nalish sanaladi. Buni O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizom” kabi ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar ham tasdiqlaydi. Ipoteka krediti, odatda, olinayotgan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yilishi evaziga ajratiladi. Yurtimizda iste’mol kreditlaridan ipoteka kreditlariga nisbatan ko‘proq foydalaniladi. Chunki ular uzoq va jiddiy moliyaviy mas’uliyatni yuklamaydi. Lekin baribir ko‘pchilik ipotekadan foydalanishni afzal ko‘rmoqda Buning bir nechta sabablari bor. Ipotekaning afzal jihatlari:


- kvartiralar tanlovining turfaligi (birlamchi va ikkilamchi bozorda);
- oluvchi uyga ega bo‘lish uchun yillab pul yig‘ishiga hojat yo‘q;
- darrov yangi uyga ko‘chib o‘tish mumkin.
Ayniqsa, yashashga joyi bo‘lmaganlar uchun ushbu masalaning tez fursatda hal bo‘lishi ipotekaning eng qulay tomoni sanaladi. Ipotekaning salbiy tomonlari:
- foiz stavkasining balandligi. O‘rtacha hisobda 17-20 foiz (yosh oilalar uchun yillik 9 foiz);
- dastlabki to‘lov 25 foizni tashkil etadi;
- bundan tashqari, agar to‘lovchi kredit olib, uni to‘lay olmagan bo‘lsa, anchagina miqdordagi jarima summasini to‘lashiga to‘g‘ri keladi;
- ipoteka ko‘pgina oilalarni iqtisod qilib yashashga majbur qiladi;
- ipotekani hamma ham ola olmaydi. Banklar mijozlarning ahvolini yaxshilab o‘rganadi.
Bular kreditlashning ushbu turining asosiy kamchiliklari. Ammo muhim bo‘lgan yana bir jihat bor, bu ma’naviy bosim, qarzdorlik hissi. Shu bois ham bunday qadamni qo‘yishdan oldin yaxshilab mulohaza qilib ko‘rish tavsiya etiladi. Kreditlashtirishning barcha bosqichlarini quyidagi asosiy bandlarga ajratish mumkin:
bankda dastlabki shartlarni kelishib olish (banklar tomonidan taqdim etilgan turli dasturlardan mosi tanlanadi);
hujjatlarni to‘plash, topshirish, bank tomonidan kredit ajratish masalasining ko‘rib chiqilishi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda:
bank va mijoz o‘rtasida kredit ajratish haqidagi shartnomaning imzolanishi
sotuvchi (quruvchi)ga kafolat xatini topshirish
xonadon oldi-sotdisini notarial tasdiqlatish
xonadon uchun mulk huquqini mijozga rasmiylashtirish
xonadonni bank uchun garov sifatida rasmiylashtirish
bank tomonidan sotuvchiga pulning to‘lab berilishi
Ipoteka kreditiga ariza topshirish uchun qator hujjatlarni to‘plash kerak bo‘ladi
kredit olish uchun ariza;
ariza beruvchi (kredit oluvchi)ning pasporti;
turar joyidan oila a’zolari haqida ma’lumotnoma;
qarz oluvchining asosiy ish joyidan berilgan so‘nggi 12 oydagi daromadi haqida ma’lumotnoma;
sotuvchi (quruvchi)ning turar joyga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
sotuvchidan xonadonni sotib olish bo‘yicha kelishuv;
SHJBPH kitobchasi va STIR nusxasi.
Ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, bank qo‘shimcha hujjatlarni so‘rashi mumkin. Qaysi bank kredit beradi? Bugungi kunda ipoteka kreditlari “Ipoteka bank”, TIF Milliy banki, “Qishloq qurilish bank”, “Asaka bank”, “Xalq banki”, “O‘zsanoatqurilishbank” kabi ko‘plab banklar tomonidan berilmoqda. Aytish kerakki, har bir bankning ipoteka krediti bo‘yicha bir nechta dasturlari mavjud bo‘lib, talabgor ularning o‘ziga mosini tanlab olishi mumkin. Banklar tomonidan taklif etilayotgan ipoteka krediti muddatlari 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Imtiyozli davrlar 12 oydan 36 oygacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov 25 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, dastlabki to‘lovning miqdoriga qarab foiz stavkalari o‘zgarishi mumkin. Ya’ni, boshlang‘ich to‘lov qancha ko‘p miqdorda amalga oshirilsa, foiz miqdori shuncha kam bo‘ladi.
Kredit miqdori esa EKIHning 2500-3000 baravarigacha bo‘lgan summani tashkil etadi. Kreditni ham kvartira olish uchun, ham uy qurish va ta’mirlash uchun olishning imkoni mavjud. Ipoteka dasturlarida qurilishi davom etayotgan uylardagi xonadonlarni sotib olish uchun kredit olish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Yagona istisno garov sifatida qarz oluvchining nomiga rasmiylashtirilgan boshqa bir ko‘chmas mulkni ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Ipoteka krediti kimga beriladi?
Ipoteka kreditlari faqat jismoniy shaxslarga, 18 yoshdan pensiya yoshigacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga beriladi. Kredit olish uchun talabgor ishlayotgan bo‘lishi zarur. Toshkent shahridan xonadon sotib olishi uchun esa poytaxt propiskasiga ham ega bo‘lishi kerak. Kredit oluvchining rasmiy daromadi ipoteka kreditini olish uchun yetarli bo‘lmagan holatlarda birgalikdagi qarz oluvchini to‘lovga jalb qilish mumkin. Masalan, birgalikdagi qarz oluvchi sifatida turmush o‘rtog‘i yoki boshqa qarindoshlari qatnashadi. Faqatgina ularning familiyasi va propiska manzili qarz oluvchi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Kredit kalkulyatorlari. Ipoteka kreditlari dasturlari bo‘yicha summalarni hisoblab chiqish uchun deyarli har bir bankning “kredit kalkulyator”lari mavjud. Mana, ularning ba’zilari: Ipotekabank, Asakabank, Qishloq qurilish bank, TIF milliy banki kalkulyatorlari. Ariza bankka topshirilganidan keyin kredit berish yoki bermaslik haqida qaror chiqariladi. Masala ijobiy hal bo‘lsa, mijoz va bank o‘rtasida bitim tuziladi. Ko‘chmas mulk shartnomada garov tariqasida aks etadi. Bank bilan tuzilgan bitimning quyidagi bandlariga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
boshlang‘ich to‘lov summasi;
ipoteka to‘lovi muddatini uzaytirishning maksimal muddati (u tugashi bilan bank jarimalar qo‘llashi mumkin);
ipotekani olayotgan shaxsga qo‘yiladigan talablar;
to‘lanadigan eng yuqori summa;
majburiy sug‘urtalar soni.
Kiritilishi majburiy bo‘lgan dastlabki to‘lovdan tashqari ipoteka krediti olish jarayonida quyidagi harajatlar qilinadi:
uy-joy yoki kvartira narxini baholash bilan bog‘liq harajatlar;
oldi-sotdi shartnomasi (notarius, BTI) va turar-joyga bo‘lgan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq harajatlar;
ipoteka shartnomasini rasmiylashtirish (notarius, BTI) bilan bog‘liq harajatlar;
garovga qo‘yilgan turar-joy mulkini sug‘urtalash bilan bog‘liq harajatlar;
ipoteka kreditini bankning o‘rnatilgan tariflari bo‘yicha rasmiylashtirish bilan bog‘liq harajatlar.
Aytish joizki, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan imtiyozli ipoteka imtiyozli davr (unda kredit oluvchi asosiy qarz summasi o‘zgarishsiz qolgani holda faqat foizlarni to‘lashi mumkin bo‘ladi) va foiz stavkasining pastligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, 2017–2020 yillarda “Arzon uy-joylar” dasturi bo‘yicha yurtimizda 50 mingga yaqin ko‘p xonadonli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur dastur bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov miqdori 12,5 foizgacha tushishi kutilmoqda. Foizlar Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida saqlanib qoladi (hozirda – 9 foiz). Yana bir narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, har qanday moliya-kredit tashkiloti singari bank ham tijorat tashkilotidir. U birinchi navbatda turli maqsadlarga yo‘naltirilgan kreditlar orqali daromad olishni ko‘zlaydi.



Download 3,07 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147




Download 3,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi

Download 3,07 Mb.