|
Investitsiya
|
bet | 97/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org2 – savol bayoni. Mamlakatimizda bozor munosabatlari tizimini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash uchun yangidan-yangi iqtisodiy-huquqiy vositalar vujudga keltirilmoqda. Xususiy tadbirkorlik erkin iqtisodiy zonalar, lizing, ipoteka shular jumlasidandir. Xususan, ipotekani mamlakat miqyosida keng qo‘llash imkoniyati chegaralanmagan. Ipotekaning mohiyati shundan iboratki, ko‘chmas mulk, jumladan, uy, bino va shu kabilarga nisbatan huquqlarga yega bo‘lgan shaxslar ushbu huquqlarini garovga qo‘yib, kredit olishlari va ushbu mablag‘dan samarali foydalanish orqali o‘z maqsadlariga yerishishlari mumkin.
Ipoteka – majburiyatlarni ko‘chmas mulk bilan ta’minlashning bir usuli bo‘lib, bunda agar garovga qo‘yuvchi o‘z majburiyatlarini bajarmasa, garovga oluvchi o‘z talablarini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk hisobidan qondirish huquqiga yega bo‘ladi. Ipoteka pul majburiyatlari ta’minotida, shu jumladan, kredit shartnomalari majburiyatlarida ishlatilishi mumkin. Ipoteka krediti – banklar tomonidan ko‘chmas mulk garovi asosida ko‘chmas mulkni sotib olish yoki qurish uchun beriladigan uzoq muddatli kredit turidir84. O‘tmishda garovga noilojlik, muhtojlikda murojaat qilinadigan ko‘ngilsiz chora sifatida qaralgan. Biroq bozor tizimida garov, ayniqsa, ko‘chmas mulk garovi – ipoteka aholining faol, uddaburon, ishbilarmon qismi uchun vaqtinchalik pul mablag‘lariga zarurat sezganda qo‘llanadigan va keyinchalik ortiqcha zo‘riqishlarsiz o‘rni to‘lib ketadigan samarali tadbir hisoblanadi. Ipotekani qo‘llash uchun eng avvalo fuqaro yoki yuridik shaxsda ko‘chmas mulk ob’ektlari (bino, inshoot, kvartira, korxona, mulkiy majmua va hokazo)ga nisbatan mulk huquqi, vakolatli davlat idorasi tomonidan ajratib berilgan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod foydalanish huquqi, fermer xo‘jaliklarida esa dehqonchilik uchun ajratilgan yerlarga nisbatan ijara huquqi bo‘lishi lozim. Ko‘chmas mulklarga nisbatan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart. Ipoteka turmushning ko‘pgina sohalarida, ayniqsa, tadbirkorlikda turli maqsadda kredit olish uchun qo‘llanadi. Ko‘chmas mulk garovi tijorat banklari uchun garovning boshqa turlariga nisbatan ishonchliroq hisoblanadi: uning qiymati katta, bahosining pasayish xavfi kam, aksincha, oshib borishi mumkin, u iste’mol qilinishi yohud yashirib qo‘yilishi mumkin emas.
Mamlakatimizda ipotekani keng va oson qo‘llash uchun barcha shart-sharoitlar: huquqiy asos, zarur infratuzilma – tijorat banklari, baholovchi tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va shu kabilar mavjud. Nizolarni sud orqali hal etish, huquqlarni himoya qilish, kreditlar qaytarilmaganda undiruvni ko‘chmas mulkka qaratish mexanizmi ishlab turibdi. Albatta, har qanday garov kabi ipotekada ham ko‘chmas mulk garovi evaziga olingan qarz qaytarilmaganda kreditorlarning talablari ko‘chmas mulk hisobidan qanoatlantiriladi. Zohiran, garovga qo‘yuvchini cho‘chitadigan holat ham shu hisoblanadi. Biroq maqsadi puxta o‘ylangan, barcha imkoniyatlar chamalangan, yetti o‘lchab bir kesilgan bo‘lsa, bunday xavfsirash uchun asos kam. Albatta, hayotda ko‘p hollarda tavakkal qilmasdan iloj yo‘q. Shubhasiz, oqilona tavakkal qilish tadbirkorlik va shijoatkorlikning muhim belgisi hisoblanadi. Ko‘p hollarda taraflar insofli bo‘lganda, ipoteka krediti qaytarilib, kredit oluvchi ko‘chmas mulkini saqlagan holda murod-maqsadiga yetadi: tadbirkorning biznes rejasi amalga oshib, katta foyda oladi, oddiy fuqaro bo‘lsa uy yoki boshqa boylik egasi bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasida ipotekani amalga oshirish tartibi Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilanishicha, ipoteka ko‘chmas mulk (binolar, inshootlar, korxonalar, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obektlari) garovidir. Tijorat banklarida ipoteka kreditining shakllanishi va rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 5 martdagi “Respublikada uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-744-sonli Farmoni huquqiy asos bo‘ldi. Ushbu Farmonning e’lon qilinishi mamlakatimiz tijorat banklarining yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga ipoteka kreditining muhim xususiyati uning maqsadli yo‘naltirilganligi bo‘lib, u nafaqat uy-joy qurish va sotib olish, balki ishlab chiqarish binolarini qurish va sotib olish munosabatlarini rivojlantirishda aloxida o‘rin kasb yetadi. Bu esa, o‘z navbatida, ipoteka kreditini samarali boshqarish zaruriyatini keltirib chiqaradi
XXI asr boshlarida jahon xo‘jaligi rivojlanishining muhim jihati xalqaro fond bozorlarining integrasiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ipoteka kreditning ahamiyati ortib bormoqda. Dunyo mamlakatlarida ipoteka qimmatli qog‘ozlari ipoteka kreditini moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ipotekani moliyalashtirish jarayonining rivojlanishi tufayli turli moliyaviy instrumentlardan foydalangan holda qayta moliyalashtiruvchi mexanizm vujudga keldi.
Yurtimizdagi ipoteka mexanizmi xorijiy mamlakatlardagi ipoteka tizimidan jiddiy farqlanadi. U yerda ipoteka qarz oluvchi va tijorat banki o‘rtasidagi xususiy munosabatlardir. Ipoteka bo‘yicha hosila qimmatbaho qog‘ozlar chiqarishga zo‘r bergan moliya muassasalari jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga sabab bo‘lgani hech kimga sir emas. Mamlakatimizda yaratilgan ipoteka mexanizmi esa nafaqat qarz oluvchi va tijorat banki, balki yer uchastkasi ajratib beruvchi va hududning bosh rejasini ishlab chiquvchi mahalliy hokimiyat organlari, qurilish tashkilotlari va ipoteka oluvchi uchun imtiyoz va preferensiyalar beruvchi davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli ijtimoiy-huquqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlar tizimidir. Demak, ushbu munosabatlar doirasida ipoteka oluvchi davlatning qo‘llab – quvvatlashi va g‘amxo‘rligini sezib turadi va tasodifan og‘ir ahvolga tushib qolishi istisno etiladi.
Ipoteka krediti oluvchining majburiyat va huquqlari qonunda belgilangan asoslarda va tartibda uning merosxo‘rlariga o‘tadi. Shuningdek, ipoteka krediti oluvchi va masalan, uning farzandi o‘rtasidagi kelishuv hamda bank roziligi bilan ipoteka krediti oluvchi o‘rniga ipoteka shartnomasiga farzandi kirishi mumkin. Demak, ipoteka krediti oluvchi pensiyaga chiqqanda farzandi (tegishli summada barqaror daromadlarga ega bo‘lsa) uning huquq va majburiyatlarini qabul qilib, ipoteka krediti oluvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. O‘zbek oilalaridagi ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar harakteridan kelib chiqiladigan bo‘lsa, yuqoridagi tartib avlodlar vorisligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ipoteka qimmatli qog‘ozlari bozori o‘zining beqarorligi, investitsion muhitining o‘zgaruvchanligi, yuqori riskliligi va investitsiyalar uchun kuchli raqobatni o‘zida aks ettirishi bilan harakterlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ipotekani qayta moliyalashtirishning jahon va O‘zbekiston tajribasini tizimli o‘rganish asosida mavjud terminologik apparatni rivojlantirish bo‘yicha qator tushunchalar mazmuni ochib berildi.
Ipoteka krediti bu – aholi uchun yangi mol-mulk sotib olish, xonadonni ta’mirlash yoki uyni qayta qurish imkoniyatidir. Kredit maqsadi: alohida shaxslarga tegishli uy-joy qurilishi, ta’mirlanishi va sotib olinishiga beriladi. Kredit summasi:
alohida shaxslarga tegishli uy-joyning qurilishi va sotib olinishi uchun beriladi — 3 000 eng kam ish haqi miqdorigacha
turar joy binosini qayta qurish va xonadon (kvartira) sotib olish uchun — 2 500 eng kam ish haqi miqdorigacha
Kredit muddati: 10 yilgacha. Ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari: boshlang‘ich badal kreditning umumiy qiymatidan 25 foiz. Ipoteka kreditini olish uchun zarur hujjatlar:
Talabnoma, unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur, olinadigan kreditning maqsadi, muddati va shartlari.
Kredit talabnomasi omonatchi tomonidan imzolanadi va taqdim etilgan kun sanasi ko‘rsatiladi.
|
| |