|
Fiksirlangan foiz stavkasi
|
bet | 87/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgFiksirlangan foiz stavkasi bu – kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o‘zgarmasdan qoluvchi foiz stavkasidir. Bu stavka tijorat banki uchun noqulaydir, ya’ni bunda bank o‘z aktivlarining ma’lum qismini yo‘qotishi mumkin. Masalan, bank 30 foiz stavkada bir yillik kredit berdi. Uch oydan ssuda kapitali bozorida bir yillik kapitallarning foiz stavkasi 35 foizga ko‘tarilsa, bu bank uchun zarardir. Suzib yuruvchi foiz stavkasi bu ssuda kapitalidagi talab va taklifga nisbatan o‘zgarib boradigan foiz stavkasidir. Suzib yuruvchi foiz stavkasi bank uchun zarar emas.
II BO’LIM. INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH YO‘NALISHLARI
XII MODUL. INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI VA USULLARI
Reja:
1.
|
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va ularning tarkibi
|
2.
|
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari
|
1 – savol bayoni. Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish faol investitsiya siyosatini o’tkazish bilan chambarchas bog’liqdir. Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim shartidir. Iqtisodiyot tuzilishi qurilishining belgilangan yo’nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya siyosatini o’tkazish yo’li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o’z sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish usullari va manbalari xususida so’z yuritishdan avval ular o’rtasidagi farqni anglab olish zarur bo’ladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish usullari va manbalari o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, investor tomonidan tanlab olingan moliyalashtirish usuli orqali moliyalashtirish manbasi yuzaga keladi. Misol tariqasida, investor tomonidan qabul qilingan qaror asosida tanlangan “kreditlashtirish” usuli orqali “qarz mablag’lari” manbai, yoki “aksionerlashtirish” usuli orqali “jalb qilingan mablag’lar” manbai yuzaga kelishini keltirib o’tishimiz mumkin.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning maqsad va usullari “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunining 30-moddasiga ko’ra, investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qulay investitsiya muhitini yaratish, yangi raqobatbardosh hamda innovatsion, eksportga yoʻnaltirilgan va (yoki) import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir investitsiyalarni ragʻbatlantirish, mavjud ishlab chiqarishlarni zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan hamda zamonaviy boshqaruv tajribasini joriy etgan holda kengaytirish va yangilash maqsadida amalga oshiriladi. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
imtiyozlar va preferensiyalar qoʻllash;
investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar ajratish;
moliyaviy, maslahat berish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash.
Iqtisodiyot tuzilishi qurilishining belgilangan yo‘nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya siyosatini o‘tkazish yo‘li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o‘z sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi (12.1-rasm).
|
| |