Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?




Download 356,5 Kb.
bet14/19
Sana26.05.2024
Hajmi356,5 Kb.
#254331
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha

Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?
O‘zbekistonda sug‘urta bozori regulyatori Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bo‘lib, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini Litsenziyalaydi, sug‘urta to‘lovlarining normativlari va mexanizmlarini, hamda ularni hisoblash tartibini ishlab chiqadi.
Sug‘urta bozorining ikki asosiy ishtirokchisi mavjud: sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi.
Sug‘urta qiluvchi – risklarni o‘ziga oluvchi va sug‘urta kompensatsiyasini to‘lovchi kompaniya.
Sug‘urta kompaniyalari – jismoniy (fuqarolar) va yuridik shaxslar (korxonalar) xatarlarini tuzilgan shartnoma asosida sug‘urtalovchi moliyaviy tashkilotning maxsus turi.
2021 yil 1 yanvar holatiga ko’ra O‘zbekiston sug‘urta bozorida 40 sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtani qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug'urta bozori ishtirokchilari sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi agent va broker vositachilari orqali ham faoliyat yuritishlari mumkin. Ular sug‘urta mukofotining muayyan ulushini komissiya (xizmat haqqi) sifatida oladilar (sug‘urta qildiruvchi shartnoma bo‘yicha beradigan badal).
Agentlar litsenziyaga muhtoj emas, ular sug‘urta kompaniyasi nomidan ish yuritadi, va albatta uning manfaatlarini himoya qiladilar.
Brokerlar litsenziyaga ega bo‘lishlari va mustaqil ishlashlari kerak, ya'ni turli xil sug‘urta kompaniyalarni taklif qilish orqali mijozning ehtiyojlarini optimal darajada qondiradilar.
Sug‘urta zaxirasini ko‘paytirish uchun sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qildiruvchilarning mablag‘larini taqsimlash bilan shug‘ullanadilar. Sug‘urta kompaniyasining daromad manbai uning investision faoliyati hisoblanadi. U yig‘gan pul mablag‘lari, kelgusi to‘lovlar uchun mo‘ljallangan sug‘urta zaxiralarining miqdori hisoblanadi. Bu pul mablag‘larini sarflash mumkin emas, lekin ularni daromad olish maqsadida omonatlar sifatida banklarda joylashtirish orqali ishlatish mumkin.
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan qanday sug‘urta turlari taqdim etiladi?
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan asosiy xizmatlaridan biri:
Transport vositalarini sug‘urtalash;
Tibbiy sug‘urta;
Yuklarni sug‘urtalash;
Ipoteka sug‘urtasi;
Mol-mulkni sug‘urtalash va boshqalar.
Sug‘urta kompaniyasini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
Litsenziya. Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoki yo‘qligini tekshiring. Buni O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar Portali saytida amalga oshirish mumkin. "Sug‘urta qiluvchi va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziyalar reestri" jadvalini ko‘rib chiqing.
Tariflar. Sug‘urta tariflari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak. Juda past tariflar firibgarlik belgisi bo‘lishi mumkin. Polisning taxminiy qiymati sug‘urta kompaniyalari veb-saytlarida onlayn-kal'kulyator orqali hisoblanishi mumkin. Turli kompaniyalar xarajatlarini hisoblab va natijalarini solishtirib ko‘ring. E'tibor bering: shartnomada nazarda tutilgan risklar qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta narxi shuncha yuqori bo‘ladi.
Shartlar. Sug‘urta shartlarini diqqatlik bilan o‘qib chiqing. Sug‘urta polisidan tashqari sug‘urta shartnomasini albatta ko‘rib chiqing. Sug‘urta hodisasi belgilari keltirilgan bandiga alohida e'tibor bering. Sug‘urta nimalarni qoplamasligini bilib oling. Turli vaziyatlarda zararni qoplash tartibini aniqlashtirishni unutmang va kompensatsiya to‘lash muddatlari haqida so‘rang.
Sug‘urta bozorining mohiyati, tarkibi va ahamiyaiti Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug'urta ilm ida ham «sug u rta bozori» va «sug'urta xo'jaligi» yangi tushunchalardir. Shunga qaramay, aytish mumkinki, «sug'urta bozori» tushunchasi o 'zig a nisbatan bir muncha umumiy hisoblangan «sug'urta xo'jaligi» tushunchasining pog onalaridan biri bo'lib, sug'urta xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog liq. «Sug urta xo'jaligi» sug'urta sohasidagi sug'urta xizmatlarini bajarish., taqsimlash, sotish va iste’mol qilish bilan bog'liq munosabatlar yig indisidan iborat. Umumjahon xo'jaligi miqyosida «jahon sug'urta xo jaligi» atamasini qo'llash mumkin. Ana shu ma’noda «sug'urta xo'­ jaligi» sug urta tashkilotlarining ta'sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, boshqaruvi bilan bog'liq munosabatlami, shuningdek, sug'urta kompaniyalarining yoki sug'urta bozorining boshqa turdagi obyektlarining sug'urtaga oid faoliyatini daviat tomonidan tartibgra solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda sug'urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy adabiyotl arda bu borada tegishli ravishda «sug'urta iqtisodiyoti» va «jahon sug'urta iqtisodiyoti» tushunchalari ishlatiladi. Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan sug’urta bozorini xaridorlar - sug'urtalanuvchilaming sug'urta xizmatlariga bo'lgan talablari va sotuvchilar - sug'urta tashkilotlarining sug’urta himoyasi bo'yicha takliflari nisbati bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Sug'urta him oyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo'jalik yurituvchi sub^ektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining elementi sifatidagi sug'ur- taga nisbatan boigan talabi va shuningdek, sug'urtalanuvchilaming sug'urta xizmatini sotib olish orqali o'z talabini qondirishga imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos bo'lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar yuksalishi bilan sug'urta xizmatlariga bo'lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug'urta va ta minot tizimi orqali taqdim etiladigan sug'urta himoyasining qisqarishi ham, shuningdek, sug'urta xizmatlariga talabning oshishiga sabab bo'ladi. Sug'urta bozori - ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo'lib, unda savdo-sotiq obyekti sifatida sug'urta himoyasi qatnashadi hamda unga talab va taklif shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug'urta bozori keng ma’noda sug'urta xizmatlarining oldisotdisi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar yig indisini aks ettiradi. Sug'urta bozorining obyektiv asosini kutilmagan baxtsiz hodisalar oqibatida yetkazilgan zarami bartaraf etish yo'li bilan ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash tashkil etadi. Qolaversa, sug'urta bozori iqtisodiyotni qo'shimcha moliyalashtirishda ham muhim o'rin tutadi. Sug'urta bozori faoliyat yuritishining asosiy sharti bo'lib sug'urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va ushbu ehtiyojni qondira oladigan sug'urtalovchilaming mavjud bo lishi tushuniladi Faoliyat ko'rsatayotgan sug'urta bozori turli tarmoq bo'limlarlni biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o'zida aks ettiradi. Sug'urta bozori ishtirokchilan sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar hamda ulaming uyushmalari hisoblanadi.
Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati unda qayta taqsimlash munosabatlarining
mavjudligi, sug'urta riskning mavjudligi (uni aniqlash), sug'urtalovchi va
sug'urtalanuvchilardan sug'urta birlashmalarini tashkil etish, yakka va guruh sug'urta
ehtiyojlarini birlashtirish. barcha sug'urtalanuvchilaming zai'ari bo'yicha birgalikdagi javobgarligi, zaraming taqsimlanishi. zarami vaqt va joy bo'yicha qayta taqsimlash. Sug'urta mukofotlarining qaytarilishi, sug'urta faolivatining o'z-o'zini qoplash xususiyati mavjudligi orqali belgilanadi.


Download 356,5 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 356,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?

Download 356,5 Kb.