|
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
|
bet | 11/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha95-modda. Aktuariyning huquq va majburiyatlari
Aktuariy quyidagi huquqlarga ega:
aktuar xizmatlari ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
boshqa aktuariylarni va o‘zga mutaxassislarni aktuar xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Aktuariy qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Aktuariy:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
aktuar xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik faktlarini va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi shart.
Aktuariy zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
96-modda. Sug‘urta syurveyeri
Sug‘urta syurveyeri quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash;
tekshirilayotgan sug‘urta obyekti bo‘yicha xulosa tuzish.
Sug‘urta ekspertizasini o‘tkazishga vakolatli mutaxassislarning (ekspertlarning) ish tartibi sug‘urta syurveyeri tomonidan belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug‘urta syurveyeri:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Sug‘urta syurveyeri ishining natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etiladi, sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bu hisobotdan sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzish chog‘ida foydalanishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
|
| |