• 11-modda. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
  • Iqtisodiyot nazariyasi fanidan




    Download 356,5 Kb.
    bet12/19
    Sana26.05.2024
    Hajmi356,5 Kb.
    #254331
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Bog'liq
    sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha

    97-modda. Sug‘urta syurveyerining huquq va majburiyatlari
    Sug‘urta syurveyeri:
    xizmatlar ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urta qildiruvchini) erkin tanlashga;
    sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urta qildiruvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olishga;
    davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.
    Sug‘urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
    Sug‘urta syurveyeri:
    sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
    sug‘urta ekspertizasi o‘tkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlashi;
    mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart.
    Sug‘urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
    98-modda. Assistans
    Assistans sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
    Assistans o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
    Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq to‘lanadi.
    Assistans:
    sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga;
    sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
    sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
    99-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari
    Assistans quyidagi huquqlarga ega:
    assistans xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha sug‘urtalovchilar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
    assistans xizmatlari ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan barcha axborot sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
    tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
    Assistans qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
    Assistans:
    sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
    sug‘urta qildiruvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta voqealari (sug‘urta hodisalari) to‘g‘risidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur yordam ko‘rsatishi;
    sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
    Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin”;
    9) 10-moddaning ikkinchi qismi:
    beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari mablag‘larini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablag‘lar hisobini yuritish hamda ular bo‘yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi”;
    yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi”;
    quyidagi mazmundagi o‘n birinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
    “sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shuningdek sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
    aktuar xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi;
    aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi;
    belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini yuritadi”;
    o‘n birinchi xatboshisi o‘n beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
    10) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    11-modda. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
    Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari, shuningdek sug‘urta bozorining yuridik shaxs bo‘lgan boshqa professional ishtirokchilari qonunlarda nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi.
    Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
    11) 12-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “Sug‘urtalovchining boshlang‘ich ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar muassislar tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi va qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak”;
    12) 26-modda:
    quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
    “Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sug‘urta bitimlari va operatsiyalarining ro‘yxati, sug‘urta tariflari, sug‘urta turlari hamda muddatlari ochiq axborot bo‘lib, sug‘urta siri predmeti bo‘lishi mumkin emas”;
    ikkinchi—to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi—beshinchi qismlar deb hisoblansin.

    Download 356,5 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 356,5 Kb.