|
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
|
bet | 9/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha92-modda. Adjaster
Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
sug‘urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish;
sug‘urta obyektining shikastlanish sabablarini va sug‘urta hodisasi mavjudligini aniqlash;
sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda — sug‘urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash;
to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlash;
sug‘urtalovchi uchun sug‘urta hodisasi bo‘yicha xulosa tuzish.
Adjaster o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Adjaster:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan sug‘urtalovchi zararlarning o‘rnini qoplash va nizolarni hal qilish chog‘ida foydalanishi mumkin.
Adjasterning hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
93-modda. Adjasterning huquq va majburiyatlari
Adjaster quyidagi huquqlarga ega:
adjaster xizmatlari ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urta qildiruvchini) erkin tanlash;
sug‘urta voqeasini (sug‘urta hodisasini) o‘rganish uchun sug‘urta qildiruvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olish;
sug‘urta hodisasi yuz berganidan so‘ng sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
o‘zi sug‘urta obyektini sirtdan (zarur hollarda — texnika vositalarini qo‘llagan holda) ko‘zdan kechirganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;
faoliyati sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan yuridik ahamiyatga molik zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish.
Adjaster qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Adjaster:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug‘urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sug‘urta hodisasiga taalluqli ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Adjaster zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
|
| |