|
-modda. Sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlari
|
bet | 7/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha8-modda. Sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlari
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) tanlash;
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug‘urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra taqdim etishi;
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin”;
7) 9-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi—oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Sug‘urta agenti o‘z faoliyatini sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi.
Sug‘urta agenti faqat o‘zi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sug‘urtalovchi reyestriga kiritilganidan keyin o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Quyidagilarga:
sug‘urta agentining tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan sug‘urtalovchilar nomidan sug‘urta shartnomalari tuzishiga;
agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta bo‘yicha sug‘urta agentining O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan chet el sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta shartnomalari tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urta agenti — jismoniy shaxs o‘z nomiga, to‘lovlar naqd pullar bilan amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, o‘g‘li, qizi, opa-singillari va aka-ukalari) nomiga sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hujjatlar yozishga, shuningdek o‘z foydasiga sug‘urta shartnomalari tuzishga va bunda mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga haqli emas”;
8) quyidagi mazmundagi 91—99-moddalar bilan to‘ldirilsin:
|
| |