|
O‘zbekiston milliy sug‘urta bozorining hozirgi holati
|
bet | 15/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha2.2.O‘zbekiston milliy sug‘urta bozorining hozirgi holati.
Har bir bozorda sotuvchi va xaridor boiadi hamda ular o'rtasida tegishli
tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug'urta bozorida ham sotuvchi (sug'urtalovchi) va xaridor (potensial sug'urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu yerda potensial sug'urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin. degan o‘rin!i savol tug'ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti. Potensial sug‘urtalanuvchini to'g'ridan to'g'ri sug'urtananuvchi. deb atasak katta xatogayoi qo'ygan bo'Iamiz.Negaki. amaldagi qonunlarga muvofiq, sug'urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan. fuqarolik salohiyatiga ega boigan yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha. sug'urta "mahsulotini" sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug'urtalovchilar bilan tegishli sug'urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potensial sug'urtalanuvchilar deb ataladi.Endi. sug’urtalovchilar haqida gapiradigan bo'lsak. sug'urtalovchi - bu mamlakat xududida sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug'urtalash o'zi uchun asosiv faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir.Ko'rinib turibdiki, sug'urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo'lishi va sug'urtaga bog'liq bo'lmagan operatsiyalar bilan shug'ullanmasligi zarur.
Sug'urta bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining tarkibiy qismi va ishlab
chiqarish munosabatlarining muhim tashkil etuvchi unsurlaridan biridir. Bozor
iqtisodiyoti ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bilan bevosita bog'liq. Shunday
ekan, ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan zararlar bozor iqtisodiyoti yo'nalishlarini chetlab o'tmaydi. Shu munosabat bilan sug'urta ko'p ukladli xo'jaliklaming har birini sug'urtalashda, ulaming mol-mulklarini bud saqlashda alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o'tish asosida:
Birinchidan, mustaqil sug'urta xizmatlar tizimi barpo qilindi. Faoliyat
jihatidan respublika miqyosida mustaqil tashkilotga aylandi. U O'zbekiston Moliya vazirligi tarkibidan chiqib, davlat bosh iqtisodiy islohotchi bo'lgani holda davlat aksiyadorlik hamda boshqa mulk shaklidagi sug'urta tashkilotlari tashkil etildi.
Ikkinchidan, alohida sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun qabul qilindi. unda
respublikamizning o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olindi.
Uchinchidan, xorijiy mamlakatlardagi sug'urta tashkilotlari bilan hamkorlik
kuchaydi, ular ishtirokida qo'shma sug'urta tashkilotlari tashkil qilindi. Milliy
sug'urta tashkilotlari jahon sug'urta tashkilotlari qatoridan o'rin oldi.
To'rtinchidan, sug'urta mablagiaridan investitsiya maqsadlarida foydalanish
asosida ulaming moliyaviy ahvoli yaxshilandi, xorijiy mamlakatlar mablag’laridan investitsiya maqsadlari uchun foydalanishda sug'urta tashkilotlarining vositachilik roli vujudga keldi.
Beshinchidan, sug'urta tashkilotlari bilan krcdit muassasalarining hamkorligi
kuchaydi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bankdan olingan kreditlami o'z vaqtida qaytarilishiga qaratilgan sug'urta faoliyati kengayib bordi, u qishloq xo'jaligi korxonalariga nisbatan ham joriy qilindi.
Oltinchidan, sug'urta xizmatlari bozorida ixtiyoriy sug'urta turlarining jadal
rivojlanishi kuzatildi. Shuningdek, majburiy sug'urtalashning qonunchilik asoslari va ulaming ustivor yo'nalishlari joriy etila boshlandi.
Yettinchidan, sug'urtaning xalq farovonligini yaxshilashdagi roliga alohida
ahamiyat berila boshlandi. Shu munosabat bilan ixtiyoriy shaxsiy sug'urtaning
ko'pchilik qoidalari qaytadan ko'rib chiqildi. qo'shimcha pensiya va boshqa sug'urta
turlari joriy qilindi.
Sakkizinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning muhim
ahamiyatiga alohida e'tibor berilib. sug'urtaning yangi turlarini amalga oshirishga kirishildi.
To‘qqizinchidan, sug'urta faoliyati bilan qimmatli qog'ozlar o'rtasida tegishli
munosabat o'matildi. Sug‘urta tashkilotlari o'zlarining qimmatli qog'ozlarini
emissiya qilishlari va qimmatli qog'ozlar bozorida oldi sotdi ishlarini amalga
oshirishlarining huquqiy asoslari shakllantirildi. Shuningdek, sug'urta
tashkilotlarining qimmatli qog'ozlarga qilinadigan investitsiya faoliyati yoTga
qo’vildi va rag'batlantirildi.
2. Quyidagilar:
2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, shuningdek, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati turlariga bog‘liq holda differensiatsiyalangan ustav kapitali minimal miqdorlarini 3-ilovaga muvofiq 2020 — 2022-yillarda bosqichma-bosqich oshirish to‘g‘risidagi;
daromadlarning 20 foizigacha miqdoridagi ajratmalar hisobiga, ularni chegiriladigan xarajatlarga kiritgan holda shakllantiriladigan sug‘urta tashkiloti zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urta tashkiloti ustav fondining 50 foizigacha oshirish to‘g‘risidagi;
sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha elektron polislarni (“E-polis”), shu jumladan Internet, mobil ilovalar, infokiosklar orqali rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish, ularni qog‘oz shaklidagi sug‘urta shartnomalariga (polislariga) tenglashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
yuridik shaxslar — sug‘urta (qayta sug‘urta) brokyerlari va sug‘urta agentlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi komissiya mukofotining 13 foizi miqdorida belgilanadi;
sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotining boshqa sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlari ustav fondlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urtaning boshqa tarmoqlaridagi sug‘urta tashkilotlari ustav fondlarida ularning o‘zaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish bundan mustasno;
vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilar tomonidan qo‘llanilayotgan sug‘urta tariflarini, iste’molchilarning sug‘urta xizmatlari sifatidan qoniqishi darajasini, shuningdek, sug‘urta mahsulotlarining samaradorligini tahlil qilish asosida sug‘urta zaxiralarining qabul qilinayotgan tavakkalchiliklarga maqbulligini ta’minlaydigan sug‘urta zaxiralarining minimal darajasini belgilaydi.
5. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq qayta sug‘urtalovchi (qayta sug‘urta brokeri) sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sug‘urta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sug‘urtalash bo‘yicha ofertani (qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlariga yuborishi shart. Bunda:
oferta shartlari sug‘urta majburiyatlarini xorijiy sug‘urta tashkilotlariga qayta sug‘urtalashga berish shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak;
oferta aksepti yoki akseptni rad etish qayta sug‘urtalovchilar — mahalliy sug‘urta tashkilotlari tomonidan, agar ofertada aksept uchun kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ikki ish kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi;
sug‘urta majburiyatlari qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti tomonidan o‘zining ushlab qolish hajmi doirasida qabul qilinadi;
qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda va asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini amalga oshirishda qayta sug‘urtalash shartnomasi shartlari doirasida qayta sug‘urta qildiruvchining qarorlariga amal qiladi.
Belgilansinki, ushbu band talablari obligator qayta sug‘urtalashga tatbiq etilmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va investitsiya bitimlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, jismoniy shaxslar daromadlarining hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash (barcha toifadagi hayot sug‘urtasi sohasi) bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan qismi yuzasidan soliq imtiyozlari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi:
a) sug‘urta summasi shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan so‘ng biryo‘la to‘langanda. Bunda sug‘urta badallarini to‘lash sug‘urta summasini to‘lash sanasidan oldingi 12 oylik davrda o‘sib bormaydigan tartib bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash (barcha toifadagi hayot sug‘urtasi sohasi) bo‘yicha muayyan yoshgacha yoki sanagacha yashashidan boshqacha tarzdagi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta summasini to‘lash ko‘rsatib o‘tilgan imtiyoz qo‘llanilgan holda shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan 12 oy o‘tmasdan amalga oshirilishi mumkin;
b) renta (annuitet) to‘lash shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan so‘ng boshlanganda. Bunda joriy rentani (annuitetni) to‘lash sanasida shartnoma bo‘yicha haqiqatda jamlangan mablag‘lar (zaxira) summasi ko‘rsatib o‘tilgan renta (annuitet)ning to‘rt baravaridan kam bo‘lmasligi kerak;
v) rentani (annuitetni) to‘lash shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan 12 oy o‘tmasdan boshlanganda. Bunda dastlabki rentani (annuitetni) to‘lash boshlanadigan paytda haqiqatda to‘langan sug‘urta badallari summasi shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining yillik miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) to‘lash ushbu bandning “b” kichik bandi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi muddatidan oldin to‘xtatilishi yoki ushbu band talablari buzilishi munosabati bilan jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab qolingan va budjetga o‘tkazilganda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga olingan sug‘urta mukofotlari summasi, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolingan soliq va qaytariladigan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
7. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari xodimlarini sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki bo‘limlarga test sinovlari o‘tkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari pulli-kontrakt asosida qabul qilish tartibi joriy etilsin.
Bunda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish suhbat yakunlari bo‘yicha va quyidagilar:
xodimda umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti va sug‘urta bozorida kamida 2 yil amaliy ish staji mavjud bo‘lishi;
kontrakt ish beruvchi — sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kafolatli to‘lanishi va xodim — bitiruvchi o‘qishni tamomlagandan keyin sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi shtatida 3 yil mobaynida majburiy ishlab berishi sharti bilan amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda sug‘urta bozori mutaxassislarining xorijiy ta’lim va boshqa tashkilotlarda ta’lim olishi, malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi tizimli asosda tashkil etilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasiga sug‘urta bozori mutaxassisining chet elda o‘qishi, malakasini oshirishi yoki stajirovka o‘tashi zarurligini asoslantirgan holda unga nisbatan tavsiya xatini belgilangan tartibda “El-yurt umidi” jamg‘armasiga kiritish huquqi berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2019-yil 30-noyabrga qadar Birlashgan Arab Amirliklari hukumatining texnik ko‘magida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturiga sug‘urta faoliyati sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha alohida yo‘nalish kiritish masalasini ko‘rib chiqsin.
10. Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sug‘urta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan sug‘urta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlarni muntazam e’lon qilish yo‘li bilan ta’minlash;
sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sug‘urta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sug‘urta madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;
sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet elda, shuningdek, xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga ko‘maklashish;
sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, samarali sug‘urta faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sug‘urta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash;
sug‘urta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish bo‘yicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantirish va yuritish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi faoliyati sohasida sug‘urta himoyasini kuchaytirish;
xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sug‘urta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.
12. Belgilansinki:
Agentlik sug‘urta bozorini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish qismidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi;
Agentlikni saqlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi;
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
13. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 28 birlik etib belgilansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 30-noyabrga qadar:
majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini;
Sirdaryo viloyatida 2020-yildan boshlab “davolangan holat” uchun tibbiy xizmatlar to‘lovi mexanizmini va “jon boshi normativi” asosida moliyalashtirish tizimi metodologiyasini, shuningdek, 2021-yildan boshlab — majburiy tibbiy sug‘urta tizimini tajriba-sinov tarzida joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
a) ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini, shu jumladan Agentlik tuzilmasi va Agentlik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutgan holda;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni;
b) 2020-yil 1-yanvarga qadar sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini tavakkalchilikka qaratilgan yondashuv asosida tartibga solishga yo‘naltirilgan, sug‘urtalovchilarning kapitali yetarliligi va to‘lov qobiliyati bo‘yicha xalqaro standartlarni sug‘urta faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish strategiyasi loyihasini kiritsin.
16. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
ushbu qarorni amalga oshirish bo‘yicha Batafsil amaliy tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh (J. Qo‘chqorov):
ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar so‘zsiz ijro etilishining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, shuningdek, ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishining tashkil etilishini;
2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda mazkur qarorning ijrosi yuzasidan axborot kiritib borilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar hamda mavzuli ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni tashkil etsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
2.3. Sug'urta bozorining rivojlanish istiqbollari. Sug'urta bozorini rivojlantirishning asosiy muammolari
Rossiya notinchlik bosqichini boshdan kechirmoqda. Sug'urta kompaniyalari nafaqat global o'zgarishlarga muntazam ravishda javob berish zarurati bilan duch kelishadi iqtisodiy holat bozor, shuningdek, ular biznes sheriklari, ularning mijozlari yoki aktsiyadorlari tomonidan yuzaga keladigan xavflarni baholashga majbur.
Investitsion hayotni sug'urtalash so'nggi to'rt yil ichida Rossiyada sug'urta bozorining o'sishining asosiy omili hisoblanadi va ushbu sug'urta turiga qiziqish ortib bormoqda. O'sish dinamikasi etarli mablag'larning mavjudligi va aktivlarga bo'lgan intilish bilan bog'liq fond bozori depozitlar bo'yicha past stavkalarni saqlab qolish fonida. Bundan tashqari, dasturlarni shakllantirish uchun investitsiya sug'urtasi hayot bor katta ta'sir haddan tashqari likvidlik tufayli agent banklarning faoliyati.
Shaxsiy sug'urta sohasida, shuningdek, taxminan 5-10% ijobiy tendentsiyani kuzatish mumkin bo'ladi va mulk sug'urtasi, eng yaxshi holat, 1-2% zaif ijobiy tendentsiyani namoyish etadi va javobgarlik sug'urtasi taxminan 5-6% qo'shadi.
Bundan tashqari, ipoteka sug'urtasi hajmlarning tez o'sishi tufayli o'sishning yana bir omili bo'lishi mumkin. ipoteka krediti aholi.
Ixtiyoriy bozorda tibbiy inflyatsiyadan past bo'lmagan darajada o'sish kutilmoqda.
Yil yakunlariga ko‘ra, xorijga chiqayotganlarning sug‘urta to‘lovlari 2017-yilga nisbatan 21 foizga oshadi. Bundan tashqari, ulushning yanada ortishi onlayn sug'urta, sug'urta mahsulotlarini Internet saytlari va mobil ilovalar orqali tarqatish maqsadida o'zgartirishlar.
Shuningdek, banklar, riteylerlar va onlayn hamkorlar bilan yangi hamkor mahsulotlarni joriy etishni rivojlantirishni davom ettirish mumkin. Mijozlarning moliyaviy va kiber risklarini sug'urtalash mahsulotlari ham o'rta muddatli istiqbolda chakana savdo bozorining o'ziga xos haydovchilariga aylanishi mumkin. Shu kabi turdagi mahsulotlar assortimenti kengaymoqda.
Sug'urta bozoridagi asosiy risklar
Rossiya sug'urta bozori uchun asosiy risklar avto ulovchilar faolligining o'sishi, ta'mirlash xarajatlarining tabiiy inflyatsiyasi va o'zgarmagan tariflar fonida yo'qotishlar nisbati o'sishda davom etayotgan segmentda to'plangan.
Ma'lum bo'lishicha, korpus sug'urtasi hatto 2-3% darajasida "bir oz salbiy dinamikani" ko'rsatishi mumkin va OSAGO, ehtimol, 2017 yil darajasida qoladi yoki ozgina minus ko'rsatadi.Sug'urta kompaniyalari yo'l-transport hodisalariga xizmat ko'rsatuvchi, voqea sodir bo'lgan joyga boradigan, o'z ishtirokchilaridan da'volarni sotib oluvchi, ularga pul to'lamaydigan vijdonsiz vositachilar - avtoyuristlar ustidan bir necha bor shikoyat qilgan. ko'p miqdorda pul to'g'ridan-to'g'ri joyida va shundan so'ng da'vo orqali ular sug'urtachilardan katta miqdorda yig'ib olishadi.
2018 yilda muhim qonunchilik yangiliklarining kiritilishi avtoulovchilar va firibgarlarning OSAGO bozoriga ta'sirini cheklashi kutilmaydi. Prognozlarga ko'ra, OSAGO nuqtai nazaridan sud va huquqni qo'llash amaliyotining hozirgi holatini, shuningdek, o'zgarmagan tariflarni saqlab qolgan holda, 2018 yilda OSAGO bozoridagi inqiroz faqat kuchayadi.
Natura to'lovlari rivojlanishi bilan sug'urtalovchilar stansiyalarning paydo bo'lishiga duch kelishlari kerak texnik ta'mirlash avto advokatlar uchun ishlaydi. Bundan tashqari, sotishda elektron siyosatlar OSAGOning "klon firmalar" bilan firibgarligi, fishing operatsiyalari va tarifni hisoblashga ta'sir qiluvchi koeffitsientlarni qalbakilashtirish 2018 yilda davom etadi.
Mahalliy sug'urtachilar ham 2018 yilda sug'urta bozori ishtirokchilari sonining qisqarishini kutishmoqda. Umuman olganda, bozorni ishonchsiz sug'urtachilardan tozalash bo'yicha ishlarning aksariyati allaqachon yakunlangan deb ishonilganiga qaramay. Asosiy chiqish oqimi bir yil oldin tugadi. Hozirgi vaqtda sug'urta kompaniyalari sonining, asosan, qo'shilish va sotib olish va portfeldan voz kechish orqali kamayishi kutilmoqda. Sug'urtalovchilar soni, agar kamaytirilsa, o'nlab emas, balki birliklarga qisqartiriladi.
Sug'urta bozori - bu talab va taklifning rivojlanish sohasi sug'urta xizmatlari... U tegishli xizmatlarni taklif etuvchi turli sug'urta kompaniyalari (sug'urtalovchilar), shuningdek sug'urta qoplamasiga muhtoj bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar (polis egalari) o'rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Shunday qilib, tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning har qanday bozori kabi sug'urta bozori tsikliklik, sug'urta xizmatlari narxining o'sishi va pasayishining mantiqiy moliyaviy tebranishlariga duchor bo'ladi. Sug'urta bozori ishtirokchilari o'rtasidagi barcha munosabatlar Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi va Rossiya Federatsiyasining "Sug'urta faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi qonuni bilan tartibga solinadi. Rossiya Federatsiyasi". Rossiyada faoliyat yuritayotgan sug'urta bozori - bu uning ishtirokchilari o'rtasida ko'plab aloqalarga ega bo'lgan murakkab tushuncha.
So'nggi yillarda Rossiyada sug'urta sezilarli darajada rivojlandi - sug'urta qoplamasi kontseptsiyasini takomillashtirish uchun shartlar shakllantirildi. mulkiy manfaatlar fuqarolar, kompaniyalar va umuman davlat, ammo Rossiya sug'urta bozorida bir qator muhim muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi nafaqat uning barqaror holati, balki kelajakda mavjudligi ham bog'liq.
|
| |