|
Sug'urta bozorini rivojlantirishning asosiy muammolari
|
bet | 16/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha2.3.Sug'urta bozorini rivojlantirishning asosiy muammolari.
Sug'urta davlat iqtisodiyotida strategik bo'g'in bo'lib xizmat qilishi mumkinligini inkor etish. Shunga asoslanib, sug'urta xizmatlari nafaqat o'z ahamiyatini yo'qotibgina qolmay, balki foydasiz bo'lib qoladi.
Investitsion vositalarning etishmasligi. Sug'urta resurslari davlat tomonidan tartibga solinishi mumkinligi sababli, agar sug'urta kompaniyalari tomonidan belgilangan qoidalardan chetga chiqsa, bu ularga sug'urta faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziyani talab qilishi mumkin.
Majburiy sug'urta turlarini joriy etish.
Uzoq muddatli hayotni sug'urtalashni rivojlantirish.
Mintaqaviy tafovutlar va sug'urta bozori infratuzilmasining kam rivojlanganligi.
Biroq, har qanday muammoning echimi borligini yodda tutish kerak. Yechim bor, demak, istiqbol ham bor. Rossiyada sug'urta bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini oldindan aytish juda qiyin, chunki ular ko'p hollarda mamlakat iqtisodiyotining holatiga, uning rivojlanish darajasiga, aholining farovonligi va sug'urta madaniyatiga bog'liq.
Demak, yuqoridagilarning barchasidan kelib chiqib, sug‘urta nafaqat inson hayotida, balki davlat hayotida ham muhim o‘rin tutadi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Zero, aynan sug‘urta mamlakatning investitsion zaxirasini oshiradi, ijtimoiy va xavfsizlik masalalarini hal qiladi.
O'zbekiston sug'urta bozorini. rivojlangan davlatlar miqyosiga chiqarish uchun
sug'urta tizimini davlat tomonidan tartibga solish lozim. Ushbu masalani yechish uchun sug'urta tizimining quyidagi jihatlariga e'tiborni qaratsak maqsadga muvofiq bo'lar edi:
To'lovlamning yangi integratsiya vositalarini yuqori suratlar bilan
shakllantiradigan sug'urta operatsiyalarini kompvuterlashtirishning texnologik inqilobiga bog’liq. Bu jarayonlar talavgina moliyaviy xarajatlar talab qiladi, sug'urta
ishi qimmatlashadi. Biroq uning samaradorligi va tezkorligi oshadi, bu esa xarajatlar
o'sishini qoplaydi;
Sug'urta ishida o'sib borayotgan raqobat sug'urta kompaniyalaming qo'shilib ketishiga yoki qayta sug'urtalashni rivojlantirishga olib keladi.Bu esa sug’urtalar bozorida va iqtisodning investitsiyalar sohasida yangi sharoitlami vujudga keltiradi. Bu hodisa respublika sug'urta xizmati bozorida anchagina raqobatbardosh va samarali bo'lgan xorijiy kompaniyalaming paydo bo'lishiga ham yordam beradi;
Bu ananaviy sug'urta xizmatlari bozoriga tobora shaxdam odimlar bilan kirib kelayotgan sug'urtadan tashqari tuzilmalar bilan raqobatning kuchayishi.YA'ni fuqarolarga xizmat ko'rsatishda turli xil tijorat tuzilmalari faoliyat ko'rsata boshlaydilar;
Sug'urta ishlariga bu xizmatlaming ko'p sonli istemolchilari ta'siri ortadi.
Iste'molchi operatsiyalaming tezligi va sifati, hisob-kitoblaming qulayligi (ayniqsa, sug'urta to'lovlami olish va qoplamalarini to'lashni) mijozlaming extiyojlariga diqqat-e’tibor qaratilishiga nisbatan, sug'urta kompaniyalariga nisbatan tobora qattiq talablar kuchaya boshlaydi.
Sug'urta tizimi hozir hal qilinishi qiyin bo'lgan dilemmaning keskinlashuv sharoitida turubdiki, unda sug'urtalanuvchilardan qo'yilmalar (sug'urta pullarijni jalb
qilishda sug'urtalovchilar ekspansivasi va mijozlami zararlardan kafolatlash o'rtasida
asosiv muvozanatsizlik mavjud.
Kafolatlashni sifati, tezkorligi va qulayligi moliva institutlariga qo'shimcha
qo'yilmalami jalb qilish imkonini beradi. Qo'yilmalar faoliyatining mijozlar
tomonidan boshqarilmasligi esa, sug'urta kompaniyalariga bu qo'yilmalardan
foydalanishda keng imkon yaratib beradi. Bu ikki omilning o'zaro uyg'unligi
kreditlash hajmlarining o'sishi uchun sharoit yaratadi
O'zbekistonda sug'urta kompaniyalami uzoq muddatli investitsiyalarga mablag'lar qo'yishga rag'batlantiradigan aniq samarali mexanizmlar hali mavjud emas, hisob-kitoblar tizimida hamda uzoq vaqtlardan beri saqlanib kelayotgan
to'lamaslik muammolari mavjud.
Bu muammolar quyidagi yo'llar bilan hal etilishi
mumkin:
1. investitsiyalardan minimal soliq olish:
2. xorijiv sug'urta kompaniyalari bozorlarining ochilishi sharoitida
kompaniyalar uchun imtiyozlar tizimini ishlab chiqish:
3. ishonchli axborot kanallarini tayyorlash, amaldagi kompyuterli sug'urta
tizimini keng joriv qilish va bir xillashtirish, sug'urta sektori mutaxassislarini
attestatsiyadan o'tkazish;
4. sug'urta kompaniyalarini moliyaviv holati barqarorlashgunga qadar
rag'batlantirishni soliq imtiyozlaridan foydalanish.
Eng kichik sug‘urta tashkilotlaridan to yirik davlat aksiyadorlik sug'urta
kompaniyalariga, sug'urta bozorining barcha subyektlari o'zaro faoliyat ko'rsatishi va
o‘zaro bir birini to'ldirib turishini ta'minlaydigan sug'urta ishini ma’lum bir ko‘rinishda birlashtirish talab etiladi.Bizning yirik sug'urta kompaniyalarimiz o‘z
sug'urta ishlari chegarasidan tashqariga chiqishi va iqtisodga axborot xizmati ko'rsatishi, sug‘urta xizmatchilari mahorat darajasini oshishi konsalting xizmatlari
ko‘rsatish evaziga kompleks ahamiyat kasb etishi kerak.
Biroq yuzaga keladigan qaltis holatlar ishonchsiz va yomon boshqariladigan sug'urta kompaniyalariga nisbatan ma’lum bir darajada tozalovchi tadbir bo'lib
hisoblanadi.
Xalqaro andozalar talablariga javob bermaydigan sug'urta kompaniyalari
mavjudligini inobatga olib, ularni mustahkamlash bo'yicha jiddiy ishlami amalga
oshirish kerak. Sug‘urta ishida xalqaro andozalarga erishish bo'yicha ishni,
mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, sof nuqtai-nazardan turib,
amalga oshirish kerak.
Xalqaro andozalarga mos keluvchi kompaniyalar tuzish dasturi ikki asosiy
qismdan tashkil topishi mumkin.
Xalqaro andozalarga mos keluvchi kompaniyalar sifatida malaka berilgan
sug'urta kompaniyalari tomonidan rioya qilinishi kerak bo'lgan talablar va imtiyozlar majmuidir.
Xalqaro darajadagi sug'urta kompaniyalariga bo'lgan talablar quyidagilar:
sug'urta hisob-kitoblarini ommabobligini ta’minlash;
sug'urtaning ishlamayotgan aktivlarini qisqanirish;
sug'urta zaxiralarini ishlaydigan aktivlarga aylantirish;
sug'urta turi, qo'yilmalar summasi. mijozlar toifasiga qarab zaxiralar me’yorini differensiatsiyalash;
qo'yilma qoldiqlari o'zgarishlarini aniqroq ilg'ash imkonini beradigan zaxira hisob raqamlarini tez-tez tartibga solib turish;
sug'urtalash xavf-xatarlarini to'g'ri baholash layoqati;
mablag'lami korxonalar. banklar aksiyalariga joylashtirishda sug'urta kompaniyalari uchun rag'batlar tizimini ishlab chiqish;
sug'urta xizmati ko'rsatishda “zichlik me’yori”ni jahon andozalari darajasida ta’minlash:
sug'urta sarmoyasini yo'qotish xavf-xatarsiz mijozlar mablag'lari hisobidan
portfelli investitsiyalami keng tarqatish;
sug'urta kompaniyalarining bozor axloqi taktikasida o'rinlaming ko'prog'ini
ishonchli moliya vositalaridan foydalanishga berilishi;
xorijda sug'urta kompaniyalari tarmog'ini mavjudligi;
sug'urtada tashqi xavf xatardan himoya qilishning qo'shimcha
mexanizmlarini ishlab chiqilmog'i lozim;
Shved modelining asosiy xususiyatlari inson hayotining barcha sohalarida doimiy ijtimoiy himoya va 100 foiz bandlikka erishish, kambag‘allar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning yo‘qligi, yuqori siyosiy va ijtimoiy barqarorlikdir. O‘tgan asrning 80-90 yillarida og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramasdan skandinaviya modelidan foydalanayotgan hech bir davlat o‘z tanlagan yo‘lidan voz kechmadi. Biroq, umumiy farovonlikka erishish va yuqori darajada ta’minlangan ijtimoiy kafolatlar mavjudligi davlat byudjetidan katta xarajatlarni talab qiladi. Shuning uchun ushbu davlatlarda soliqlar yuqori foizligi bilan ajralib turadi. Hozirgi paytda hukumatlar tomonidan munisipal byudjetda katta miqdordagi mablag‘larni to‘plash imkoniyatini beradigan zamonaviy soliq konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda, shu orqali mablag‘larni to‘plash va samarali sarflash yo‘lga qo‘yilmoqda.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyatini rivojlantirishda qatnashadilar;
bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
sug‘urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish;
tartibga solish va prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish orqali sug‘urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish;
sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek, sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini rivojlantirish;
sug‘urta brokyerlari faoliyatini faollashtirish, sug‘urta agentlarining ishlash tizimini takomillashtirish, banksug‘urta mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, umuman sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish;
sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholining sug‘urta savodxonligini va sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, sug‘urta bozorining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an’anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;
sug‘urta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug‘urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish;
sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug‘urta sohasida ta’lim berishning zamonaviy usullarini qo‘llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish;
milliy sug‘urta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turish hamda investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan milliy sug‘urta bozorini xalqaro va xorijiy sug‘urta bozorlari bilan integratsiyalash orqali oshirish.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug'urta
xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo'ladi hamda bu baho o'zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug'urta tushumlarining miqdori sug'urta to'lovlari va sug'urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo'lishi sugurta bahosining pastki chegarasini bildiradi.
Bunday sharoitda sug'urta kompanivasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi.
Ko'p hollarda sug'urta bozoridagi keskin raqobat, sug'urta tashkilotlarining potensial mijozlami jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug'urtalovchilar sug'urta faoliyatidan zarar ko'rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.
Sug'urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining
miqdori bilan aniqlanadi. Sug'urta xizmatining ma’lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo'lganda, sug'urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o'tishi bilan bozorda sug'urta xizmati ko'rsatish turlarining ko'pavishi bilan. o'z-o‘zidan tarif stavkalari kamayadi.
|
| |