|
Sug’urta faoliyatini takomillashtirishdagi mavjud muammolar
|
bet | 2/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha2.3.Sug’urta faoliyatini takomillashtirishdagi mavjud muammolar
|
35
|
III.XULOSA
|
40
|
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
|
45
|
KIRISH
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida sug‘urta tizimini izchil rivojlantirish, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga yaratilgan kafolatlar tufayli ularning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va roli tobora oshib bormoqda. Bu xaqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur fikrlarni berib o’tganlar: “Sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakat moliya bozorida bu xizmatlarning o‘rni hozircha katta emas.
Joriy yilning olti oyida sug‘urta tashkilotlari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar oshgan bo‘lsa-da, sug‘urta tushumi aholi jon boshiga 50 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan. Ushbu sohaning O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4 foizni tashkil etmoqda. Qiyos uchun, bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11 foiz, Germaniyada 6 foiz, Rossiyada 1,5 foizni tashkil etadi.
Buning asosiy sabablaridan biri — sug‘urta xizmatlari yetarli darajada jozibador emasligi. Misol uchun, o‘tgan olti oyda umumiy sug‘urta tarmog‘ida 887 milliard so‘m sug‘urta mukofoti yig‘ilgan bo‘lsa-da, ushbu davrda mijozlarga to‘langan sug‘urta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11 foiziga to‘g‘ri kelgan. Dunyoda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 50−60 foizdir.”1
Keyingi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish va tizimni
takomillashtirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda sug‘urta
xizmati bozorini rivojlantirish, shuningdek aholining keng qatlamlari va xo‘jalik
subyektlarini sug‘urtada ishtiroklarini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari va iste’molchilarga qulay sharoitlar, soliq to‘lashda imtiyoz yaratilgan. Sohaga bo‘lgan e’tibor tarmoqda faoliyat olib borayotgan kompaniyalar soni o‘sib borayotganida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 30dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat olib borayotgani va aholiga 200 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etayotgani bunga yaqqol dalildir.
Sug‘urta faoliyati bozor iqtisodiyoti moliyaviy infratuzilmasining ajralmas
tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiyotning yaxlitlikda barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardandir.
|
| |