|
Kurs ishining dolzarbligi
|
bet | 3/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxchaKurs ishining dolzarbligi: Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni o’sishida sug’urta tizimining o’rni va roli beqiyos.Shu nuqtai nazardan sug’urta bozorini rivojlantirish aholi, tadbirkor va ishbilarmonlar uchun turli xildagi xizmat turlarini joriy etish va ulari sodir bo’lish ehtimol bo’lgan zarar va baxtsiz hodisalardan himoyasini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Kurs ishi maqsadi:O’zbekiston sug’urta bozori va sug’urta faoliyatini tahlil qilish asosida sug’urta bozorini rivojlantirishga 12 oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishi oldiga qo’ygan maqsadga erishish uchun ushbu ishda quyidagi vazifalarni belgilab olindi:
• Sug’urtaning maqsadi va vazifalarini keng yoritib berish;
• Sug’urta bozorini tashkillashtirishning iqtisodiy zaruratini yoritib berish;
• O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan sug’urta kompaniyalari faoliyatini tahlil
qilish;
• O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini rivojlantirish yo’llarini yoritib
berish;
• Sug’urta bozorini rivojlantirishda xorij tajribalarini qo’llash.
Kurs ishi predmeti:O’zbekiston sug’urta bozori tarkibini o’rganish, sug’urta xizmatlari milliy bozori, sug’urta bozoriga samarali yo’llarini o’rganish va mavjud muammolari hisoblanadi.
Kurs ishi obyekti: Sug’urta kompaniyalarining sug’urta faoliyati olingan.
Kurs ishining nazariy asoslari: O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning iqtisodiyot sohasidagi asarlari, iqtisodiyotni isloh qilish,uni faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha birinchi Prezidentimiz ma'ruzalari, sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari, xorijlik va mamlakatimiz olimlarining sug’urta bozorini iqtisodiyot sohasidagi o'rni xususida e'lon qilingan ilmiy maqolalari va monograflari ushbu kurs ishini yozishda dasturi amal vazifasini bajardi.
Shuningdek kurs ishida O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Sug’urta Nazorati Davlat Inspeksiyasining statistik ma'lumotlaridan foydalanildi.
Kurs ishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning sug’urta faoliyatini rivojlantirishdagi ma’ruzalari ham keltirilgan va yoritilgan.
|
| |