|
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
|
bet | 10/19 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 356,5 Kb. | | #254331 |
Bog'liq sug\'urtalar kurs ishi. shoxcha94-modda. Aktuariy
Aktuariy quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir:
sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sug‘urta majmui bo‘yicha zarar yetkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari og‘irligi darajasini belgilash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) zarur sug‘urta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
sug‘urtalovchining investitsiyalar sifatida to‘plangan badallardan foydalanishida kapital qo‘yilma normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga ko‘maklashadigan tarzda aniqlash;
sug‘urta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sug‘urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish;
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) daromadlarini sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish.
Aktuariy sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq faqat aktuar xizmatlari ko‘rsatadi.
Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo‘lsa yoki aktuar tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilgan taqdirda, aktuar xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilishi mumkin.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko‘rsatganlik, tijorat yoki boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilot zarar ko‘rishiga olib kelgan o‘zga xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar bo‘ladi.
Aktuar xizmatlari ko‘rsatish uchun aktuariy maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart.
Yuridik shaxs bo‘lgan aktuariy o‘z shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bitta aktuariyga ega bo‘lishi kerak.
Aktuariy:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Aktuariy faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Aktuariy hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
|
| |