Mehnat resurslarini boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati




Download 72,34 Kb.
bet3/8
Sana16.01.2024
Hajmi72,34 Kb.
#138869
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi. Toshpo\'lato\'va M

Mehnat resurslarini boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Har qanday jamiyat boyligining manbayi, insoniyat tomonidan moddiy va m a’naviy boylik yaratishning asosiy omili mehnatdir.
Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday boiishidan qat’iy nazar, mehnat moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat bo" lib qolaveradi. Bu yerda mehnatning iqtisodiy mohiyati hamda uning iqtisodiy kategoriya ekanligi namoyon boiadi. Kishilar mehnat faoliyatlari doirasini kengaytirib, ishlab chiqarish jarayonini to'xtovsiz mukammallashtirib boradilar. chunki iqtisodiy rivojlanishning barcha muammolari o ‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun cheklangan resurslarni tejamli sarf qilish bilan bog‘liq bo‘lib, mehnat jamiyat iqtisodiy rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Inson mehnat jarayonida muayyan jismoniy va ruhiy-asabiy quvvat sarflaydi, natijada uning organizmida funksional o'zgarishlar ro‘y berib, bu o‘zgarishlar mehnatning biologik jihati bilan izohlanadi. Biologik nuqtayi nazardan, mehnat - organizmdagi energiya yordamida asab va mushaklar harakati hamda oqsil moddalaridagi o'zgarishlar jarayonidir. Insonning mehnat qilishga bo'lgan zaruriy ehtiyoji avvalo uning yashash zaruriyati ehtiyoj lari bilan bog'liq. Bundan tashqari, mehnat qilishga sabab bo'ladigan ichki undovchi kuchlarga ehtiyojlar va qiziqishlar, istak va intilishlar, qadriyatlar va ideallarlarni misol qilib keltirish mumkin. Inson va jamiyatning rivojlanishida mehnatning roli shunda namoyon bo‘ ladiki, mehnat jarayonida nafaqat inson ehtiyojlarini qondirish uchun m o'ljallangan moddiy va m a’naviy boyliklar yaratiladi, balki ishchixodimlarning o'zlari ham rivojlanadilar, yangi ko'nikm alar hosil qiladilar, o'zlarining qobiliyatlarini namoyon qiladilar, bilimlarini oshiradilar va boyitadilar. Shuningdek, mehnat aholini va mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda. mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga bo'lgan talabning shakllanishida ham o'z ta’sirini o'tkazadi. Mehnat natijasida ro'y beradigan o'zgarishlar oqibatida yangi sifatdagi mehnat hosil bo'ladi, ya’ni yangi mehnat sharoitlarida serunum mehnat vositalari bilan qurollangan jismoniy va m a’naviy jihatdan ancha yetuk xodimlar mehnat qiladilar va ular mehnatining mahsuli ilgarigi natijalarga nisbatan ancha yuqori ko'rsatkichlarga ega boiadi. Bu doiraviy aylanish hamisha davom etadi va mehnatning yangi qirralari, uning yangi natijalari kashf qilinadi. Barcha iqtisodiy tizimlar uchun xos bo'lgan «Nima?», «Qandav?» va «Kim uchun?» savollari mehnat uchun ham xos bo'lib, nima ishlab chiqarish mehnatning maqsadga muvofiq, ongli, qanday ishlab chiqarish mehnatning foydali, kim uchun ishlab chiqarish mehnatning ijtimoiy faoliyat ekanligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatning ijtimoiy foydali xususiyati oshib boradi chunki inson o'zi yoki oilasi uchun mehnat qilar ekan, u boshqalar ehtiyojini qondirishga va o'z faoliyati ko'proq foydali bo'lishiga harakat qilib boshqalarning ehtiyojini tnukammal qondirishga harakat qiladi va iste’molchilarning yangi ehtiyojlarini aniqlab, ularni ham qondirish yo'llarini izlaydi. Mehnatning yana bir xususiyati inson uchun shifobaxshligidir. Mehnat bilan davolash bemorning ruhiyatiga ta ’sir ko'rsatish usullaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Mehnatga oid munosabatlarning o'rganilishi, tadqiq etilishi hamda alohida fan sifatida shakllanishida Sharq tafakkuri va ta’limotining hissasi beqiyosdir. Chunki, yozma manbalarda va havotiy muomalada mehnat munosabatlarining iik paydo bo'lishini aynan Sharq madanivati yodgorliklari va mutafakkirlarining asarlari bilan bevosita bog'lash mumkin. Eng qadimiy hisoblangan va islom dini kirib kelguncha Osiy o, xususan O 'rta Osiyo hududida keng tarqalgan Zardushtiylik dini ta ’limotida inson va uning mehnatiga alohida urg' u berilgan. Ushbu dinning muqaddas kitobi sanalgan “Avesto” da mehnatga oid munosabatlarning ilk talqini o'ziga. xos tarzda ifoda etilgan. Shuningdek. iqtisodiy va mehnatga oid g'oyalar shakllanishida qadimgi Xitoy (Konfutsiy ta ’limoti) va Hindiston (“Manu qonunlari” va "Artxashastra” yodgorliklari) tafakkurlari ham alohida o'ringa egadir. Mehnatga oida ilmiy qarashlarning mukammallashib, rivoj topib borishida Islom ta’limotining paydo bo'lishi va taraqqiy etishi o'ziga xos ahamiyat kasb etdi. Islom ta'lim otining bosh qomusi «Q ur’oni Karim»da iqtisodiy masalalarga, shu jum ladan mehnatga oid munosabatlarga ham alohida urg'u berilgan. Islom ta'lim otida mehnat munosabatlarining alohida ravishda talqin qilinishi va e’tirof etilishi sharq mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalarida mehnat omiliga vangicha yondashuvning paydo bo'lishiga sabab bo'ldi.


    1. Download 72,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 72,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat resurslarini boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Download 72,34 Kb.