|
Mehnat resursiarining shakllanish xususiyatlari
|
bet | 7/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 72,34 Kb. | | #138869 |
Bog'liq Kurs ishi. Toshpo\'lato\'va MMehnat resursiarining shakllanish xususiyatlari.
Mehnat resurslarining qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha - mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan kichik va mehnatga layoqatli yoshdan katta kishilami, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga. uning o ‘zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari hamda aholining tabiiy va mexanik o'zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarni ko’rib chiqishimiz lozim. Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan 25 katta kishilar, ishlovchi pensionerlar vaam alda “nol” vazifasini bajaruvchi shaxslar, mehnatga layoqatli yoshdan kichik ishlovchi o ‘smirlar mehnat resursiarining salmog‘ida u darajada sezilarli rol o'ynamaydi. Mehnat resurslari tarkibiga I va II guruhdagi ishlamaydigan nogironlar kirmasligini esda tutgan holda, dastlab biz mehnat qilishga layoqatli yoshdagi aholini, so‘ngra uning mehnat qilishga qobiliyatli qismini qarab chiqamiz. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga milliy statistika bo'yicha 16 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan erkaklar. 16 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan ayollar kiradi. Mazkur aholi guruhining soni demografik omil ta‘- sirida o'zgarib turadi. Ularning qancha bo'lishi tegishli yoshlardagi o'iim darajasiga bog'liq. Bu shuningdek, mehnat qilish yoshiga yetgan yoshlar bilan pensiya yoshiga yetgan fuqorolar soni o'rtasidagi nisbatga ham bog'liq. O’lim qanchalik kam bo'lsa va mehnat qilish yoshiga yetgan fuqorolar bu yoshdan chiqqan kishilar o'rtasidagi farq qanchalik yuqori bo'lsa, mehnat qilish qobiliyatiga yetgan kishilar soni shunchalik ko'p bo’ladi yoki aksincha. Iqtisodiyotda hamisha pensiya yoshidagi kishilar mehnatidan foydalanish "nuqta”lari bo'ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan faoliyat turiari ham bo'ladiki. ular insondan yuqori malaka va muayyan amaliy tajribani talab qiladi. Ko'pgina maktab o'qituvchilari. oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'qituvchilari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va boshqa yuqori aqliy faoliyat turiari vakillari borki, ular pensiya marrasidan o'tgandan keyin ham muvaffaqiyatli mehnat qilib kelmoqdalar. Pensiya yoshining dastlabki besh > illigida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida faollik seziladi. Mehnat resurslari sonining o'zgarishi bilan butun aholi sonining o 'zgarishi o'rtasida bog'liqlik mavjud. Masalan, tug'ilishdagi farqlar darhol aholi sonining oshishiga ta'sir qiladi. mehnat resurslarida esa faqat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga yetishi faqat mehnat pesurslariga ta’sir qiladi, butun aholi soniga daxldor bo’lmavdi. Mehnat resursiarining aksariyat qismini mehnat qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resursiarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko'proq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan bog'liq. Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita bog'liqligini e’tirof etgan holda, mehnat resurslari dinami kasining m a’lum darajada nisbiy ''mustaqilligi”ga e ’tiborni qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shu m a’noda "mehnat resurslari” ijtimoiy va demografik rivojlanishni tahlil qilish va asoslab berishning o'ziga xos metodologik vositasi bo’lib maydonga chiqadi.
|
| |