MEHNAT RESURSLARINING TAKROR BARPO BO’LISHI




Download 72,34 Kb.
bet6/8
Sana16.01.2024
Hajmi72,34 Kb.
#138869
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi. Toshpo\'lato\'va M

2.MEHNAT RESURSLARINING TAKROR BARPO BO’LISHI.

    1. Aholining takror barpo bolishi - mehnat resurslarining shakllanishi.

Aholining takror barpo bo'lishi jamiyatning mavjudligini, aholi sonining o'sib borishini ta’minlovchi biologikjarayon bo'lib, inson aviodining muntazam yangilanib turishidir. Aholining takror barpo bo‘lishi deganda, aholining miqdori va tarkibini doimo tabiiy tarzda yangi avlodlar tomonidan keksa avlodlar o'rni to"ldirishi orqali yangilanishi tushuniladi. "Aholining takror barpo bo'lishi” tushunchasining mohiyatini keng va tor m a’nolarda ochish mumkin. Keng m a’noda, ‘'aholining takror barpo b o iish i” tushunchasi o'z ichigayoshi, jinsi, ijtimoiy guruhlari, millati. oilaviy holati, ta’ lim darajasi, kasbiy tarkibi bo'yicha aholi tarkibining rivojlanishi va yangilanishini qamrab oladi. Tor m a’noda, aholining takror barpo bo'lishi — bu inson aviodining tug'ilish va o'lim natijasida yangilanishidir. Shunday qilib, har bir insonning hayoti chegaralanganligiga qaramay aholi o'zining miqdori va tarkibini o'zgartirib yoki saqlagan holda mavjud bo'lishda davom etadi. Aholi takror barpo bo'lishining quyidagi uch turi farqlanadi: 1. Qisqargan takror barpo bo‘lish - bunda yashayotgan aholi o 'zining o'rnini to'ldiruvchilarni takror barpo qilmaydi. O'tayotgan avlodlarning soni hayotga qadam qo'yayotgan avlodlarning miqdoridan ortiq bo'ladi. 2. Oddiy takror barpo bo‘lish. Aholi takror barpo bo'lishining mazkur turida hayotga qadam qo'yayotgan avlod bilan keksa avlod miqdori teng bo'ladi va aholining statsionar turi vujudga keladi. 3. Kengaygan takror barpo bo‘lish. Bu turda hayotga qadam qo'yayotgan har bir avlod ketayotgan avlod miqdoriga nisbatan ko'pligi bilan tavsiflanadi. Aholida yosh-jinsiy tarkibining progressiv turi vujudga keladi, uning mutloq miqdori esa o 'sa boradi. Qisqargan, oddiy va kengaygan takror barpo bo'lishlarni ikki nuqtayi nazar bo'yicha qarab chiqish mumkin: - kogortlar bo'yicha avlodlar almashinuvi. ya’ni muayyan bir yilda tug'ilgan, o ’z hayotining mahsuldorlik davridagi erkak yoki avolning ketayotgan kogorti o'zidan keyin o'rniga qancha miqdordagi avlodni qoldirib ketayotganligi; - aholini ro‘vxadan o'tkazishning keskin davridagi zamondoshlarning ketayotgan har bir jamlanmasi avlodlar o'lim darajasini hisobga olgan holda o'zidan keyin hayotga qadam qo'yayotganlarning qancha miqdorini qoldirib ketayotganligi bo'yicha. Shunday qilib. aholining takror barpo boiishi inson avlodining muntazam vangilanib turishi bo'lib. uning toraygan, oddiy va kengaygan turlari bir-biridan farqlanadi. Mehnat resurslari mamlakat aholisining o‘z psixofiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qismidan iboratdir. Mehnat resurslari deb, o'zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatii kishilar yig'indisiga aytiladi. Bu ta'rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari o'ziga iqtisodiyotda mehnat bilan band bo'lgan kishilarni ham, mehnat bilan band boMmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo‘lgan kishilarni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda. mehnat resurslari haqiqiy (real) va potensial xodimlardir. Ma’lumki, jismoniy va ma'naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog'liq. Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi hamda rivojlanib boradi. qarilik chog'ida esa, tabiiy ravishda birmuncha kamayib boradi. Yosh chegarasi erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga yetgandan so'ng pensiya olish huquqi bilan belgilanadi. Biroq, bu qoidadan istisno ham bor. Organizmga yuksak ruhiy fiziologik bosimlar bilan bog1 liq kasb faoliyatining ayrim turiari uchun pensiyaga chiqish chegarasi sezlarli ravishda 5-10 yilga pastroq. ba'zan undan ham ko‘proq. Mazkur holatlarda imtiyozli shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun pensiya yoshi odatdagi xalqaro tajriba darajasida bo‘lsada, hamma joyda erkaklarning o ‘rtacha umr ko'rishi ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir. Bu holat aksariyat hollarda noqulay o g'ir mehnat sharoitlari bilan izohlanadi. Shuningdek, bu narsa zarur bo’ladigan "mehnat shakli”ni saqlash imkoni yillar o'tishi bilan yo'qolib boradigan kasblar bilan shug‘ullanish uchun ham taalluqlidir.



    1. Download 72,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 72,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MEHNAT RESURSLARINING TAKROR BARPO BO’LISHI

Download 72,34 Kb.