|
Iqtisodiyot: tarmoqlar va sohalar kafedrasi Iqtisodiyot fanidan
|
bet | 2/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 72,34 Kb. | | #138869 |
Bog'liq Kurs ishi. Toshpo\'lato\'va M
KIRISH
Ishlab chiqarish korxonalarida inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish sohasida strategik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun inson resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash va kadrlar tizimini rejalashtirish hamda tahlil qilishning ilmiy asoslangan bazasida takomillashtirish, o‘sish rezervlaridan to‘liq foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish birinchi darajali ahamiyatga egadir. Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida Prezident Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash ” muhimdir. Ishlab chiqarish korxonalarida yaxlit holda inson resurslari faoliyatini tashkil etish samaradorligining yuqori sur’atlari personalni boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi kompleks omillardan ilmiy asoslangan holda foydalanishni ta’minlaydi. Bu hozirgi kunda ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Chunki, respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko‘pchilik firmalar katta xarajatlarni talab etmaydigan resurslar hisobiga ularni yashab qolishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishi alohida muhim hisoblanadi. Biroq zamonaviy boshqaruv nazariyasi va amaliyotida mazkur mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy ishlanmalar etarlicha emas. Bu shunga olib keladiki, hozirgi vaqtda turli xil omillar ta’sirini baholash masalalari yoki iqtisodiy holatning real holatini hisobga olmagan holda yoki turli o‘xshash ko‘rsatkichlar haqida umumlashgan taqdimot, sog‘lom fikr nuqtai nazaridan hal qilinmoqda. Inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish omillarining to‘g‘ri tasniflanishi masalasi muhim ahamiyatga ega. Bunday tasniflashning tuzilishida ta’kidlash kerakki, bu omillar alohida emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq holda ta’sir ko‘rsatadi. Inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish omillari tasnifining nazariy ahamiyati shundan iboratki, u korxona faoliyatining muayyan yo‘nalishlarini hisobga olgan holda samaradorlikning mohiyatini to‘liq ochib berish, omillar o‘rtasidagi nisbatni aniqlash, alohida omillar ta’sirining xususiyatlarini yoritib berish imkonini beradi. Bunday tasnifdan foydalanish takrorlanish hisobini oldini olish asosida har bir omilning alohida ta’sirini aniqlash hamda yaxlit holda inson resurslaridan foydalanish samaradorligi o‘sishini to‘g‘ri aniqlash va foydalanish imkonini beruvchi omillarning natijadorligini hisobga olish imkonini beradi
“MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISH” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
|
| |