Ichki audit xizmati
— vazirlik va idoralarda ichki audit faoliyatini amalga
oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy bo‘linmadir.
Ichki audit faoliyati
— vazirlik va idoralarda budjet intizomini
mustahkamlash, budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini
olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan
boshqa manbalardan foydalanish samaradorligini baholashga qaratilgan mustaqil
faoliyatdir.
211
Ichki audit obyekti
bo’lib, ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda
tutilgan vazirlik va idoralar hisoblanadi.
Ichki audit tadbiri
— ichki audit obyektlarida ichki audit xizmati
maqsadlariga erishishga qaratilgan ichki audit xizmati xodimi tomonidan amalga
oshiriladigan jarayondir.
Ichki auditorlik xizmati vazirlik va idoralarning ichki audit faoliyatini
amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi, lekin vazirlik va idoralar faoliyatining
natijasi uchun javob bermaydi, fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali
aniqlangan obyektlarda ichki audit tadbirlarini o‘tkazadi, natijalarini
rasmiylashtiradi, hamda taklif va tavsiyalar tayyorlaydi.
Ichki auditorlar yillik rejasi tuzilib, ushbu reja asosida audit o‘tkaziladi.
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati xodimlari tomonidan ichki audit
tadbirlari ichki auditning milliy standartlari va ichki audit tadbirlarini o‘tkazish
qo‘llanmasi asosida o‘tkaziladi.
Ichki audit xizmatining xodimi lavozimiga ichki audit bo‘yicha milliy
malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. Malaka sertifikatiga ega
bo‘lmagan shaxslarning ichki audit xizmatining xodimi lavozimiga ishga qabul
qilishga, hamda ularning ushbu tizimlarda faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ichki audit xizmati xodimiga quyidagi hollarda ichki audit tadbirlarida
ishtirok etishga yoki ushbu tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi:
1)ichki audit tadbirini o‘tkazish nazarda tutilgan ichki audit obyektida
shaxsiy yoki mulkiy manfaatlari bo‘lsa;
2)ichki audit obyektida ishlagan davri shu obyektda o‘tkazilishi
rejalashtirilgan ichki audit tadbirlari bilan qamrab olingan bo‘lsa;
3)manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka sabab
bo‘ladigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Ichki audit xizmatining asosiy maqsadi-vazirlik va idoralarda budjet
intizomini mustahkamlash va budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining
buzilish holatlarini profilaktika qilish, budjet xarajatlarining samaradorligi va
212
natijadorligini baholash, hamda ichki audit faoliyati sohasidagi hujjatlar ijrosini
ta’minlashdan iborat.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1)budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va
baholash,
budjet
hisobining
yuritilishi
hamda
moliyaviy
hisobotlar
shakllantirilishini o‘rganish orqali budjet intizomini mustahkamlash;
2)masofaviy auditni qo‘llagan holda, budjet mablag‘laridan maqsadsiz va
samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga
imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali budjet
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga
oshirish;
3)rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish va
baholash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish orqali budjet xarajatlarining
samaradorligi va natijadorligini oshirish;
4)vazirlik va idoralarni moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari
tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganish va
rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ichki audit xizmatlari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga
oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1)ichki audit faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va
ma’lumotlarni elektron, og‘zaki va yozma shaklda so‘rash va olish;
2)o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda, faqat qonunchilik hujjatlariga
bo‘ysungan holda amalga oshirish;
3)o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida
davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasidan foydalanish;
4)ichki audit obyekti mansabdor shaxsi hamda ichki audit tadbiri
o‘tkazilayotgan sohaga mas’ul bo‘lgan shaxslardan yuzaga kelayotgan masalalar
bo‘yicha tushuntirish olish;
5)ichki audit obyektlarining tegishli xodimlaridan ichki audit tadbirlari
natijalari bo‘yicha hujjatlarni imzolashni so‘rash;
213
6)davlat moliyaviy nazorat organlari bilan ichki audit obyekti faoliyatiga
doir ma’lumotlarni almashish;
7)ichki audit faoliyatini amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab
etadigan masalalarni ko‘rib chiqish uchun vazirlik va idoralarning tuzilmasidagi
mutaxassislarni jalb etish;
8)ichki audit tadbirlarini o‘tkazish maqsadida qonunchilik hujjatlari bilan
taqiqlanmagan hollarda, ichki audit obyektining barcha binolariga, shuningdek,
elektron va qog‘oz arxivlari hamda dasturiy majmualariga kirish va ulardan
foydalanish;
9)vazirlik yoki idoralar tomonidan chaqiriladigan moliyaviy-iqtisodiy
masalalarga tegishli yig‘ilishlarda ishtirok etish;
jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda, kassa va kassa binolari, omborlar,
arxivlar va boshqa binolarni muhrlash, qalbakilashtirish, soxtalashtirish va
boshqa suiste’molliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, ichki audit obyektidan
tegishli hujjatlarni olib qo‘yish, shuningdek, vazirlik va idoralarning mansabdor
shaxslaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-
kitoblar xatlovdan o‘tkazilishini talab qilish;
10)ichki audit faoliyati natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan,
shu jumladan, audio-foto va video qayd etish vositalaridan foydalanish;
11)ichki audit xizmatining xodimi bilan ichki audit tadbirlarini o‘tkazishga
yo‘l qo‘yilmaydigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ichki audit tadbirini
o‘tkazishni rad etish, to‘xtatish;
12)vazirlik va idoralar tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha
tuzilmalar bilan hamkorlikda xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga
qaratilgan uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
13)ichki audit faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ichki idoraviy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun vazirlik va idoralar rahbarlariga
kiritish.
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo‘lishi mumkin.
214
Vazirlik va idoralar tomonidan Moliya vazirligiga ichki audit xizmati
faoliyati natijalari yuzasidan hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasigacha
choraklik hisobot hamda hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvariga gacha
yillik hisobot taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga o‘z faoliyati yuzasidan so‘ralgan boshqa ma’lumotlarni
taqdim etish bo‘yicha majburiyatlarga ega.
Ichki
audit
xizmati
qonunchilik
hujjatlariga
muvofiq
boshqa
majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ichki audit nafaqat xo’jalik
yurituvchi sub’yektlarda, tijorat banklarda, balkim vazirlik va irodalarda ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ichki auditning muhim ekanligiga yuqoridagi
faktlar asos bo’lib xizmat qiladi.
|